8.3-rasm. Shtativ
Shovun. Shovun teodolitni nuqtaga markazlashtirish, ya`ni uning aylanish o’qini joydagi nuqta markaziga to’g’rilash uchun kerak bo’ladi. Shovunning oddiy va optic turlari bor. Oddiy shovun og’irligi 100-150- g keladigan o’tkir uchli metal
qadoqtoshdan iboray; teodolitni nuqtaga to’g’rilash paytida shovun ipi teodolit tagligining ilgagiga osiladi.
Taglik. Taglik (8.4-rasm) teodolitning ish qismini shtativga birlashtiradi. U teodolitga qo’shib yasalgan yoki bo’lak bo’lishi
mumkin. Taglik kallak 1, uchta ko’tarish vinti 2 va treger 3 dan iborat bo’lib, shtativga o’rnatish vinti
yordamida biriktiriladi; bu vint taglik tregerining
taglikning o’rta qismidagi vtulka 4 ga teodolitning vertikal aylanish o’qi o’rnatiladi.
Aylanish o’qi taglikka maxsus vint 5 bilan mahkamlanadi. Teodolitning aylanish o’qini vertikal vaziyatga keltirishda ko’tarish vintlaridan foydalaniladi.
Adilak. Adilak geodezik asboblarning o’qlarini gorizontal yoki vertikal vaziyatga keltirish hamda ish paytida asbobning holatini kuzatish uchun xizmat qiladi. Aniq adilak yordamida kichik qiyalik burchaklarini ham o’lchash mumkin. Silindrik va doiraviy adilaklar bo’ladi. Silindrik adilak (55-rasm a,b,c) matall g’ilof 2 ichidagi shisha naycha 1 dan iborat. Shisha naychaga etil, efir yoki etil spirti yohud metil spirti to’ldirilgan bo’ladi. Naychaning uchi
kavsharlangan. Naycha ichidagi havo pufakchasi 3
8.5-rasm. Adilak
adilak pufakchasi deb ataladi. Adilak pufakchasi har
doim naychaning eng baland joyida turadi. Naycha o’rtasidagi O nuqtaga- adilak nol punkti, bu nuqtaga urinma chiziq L 1L 2 ga adilak o’qi deyiladi. Silindrik adilak naychasining sirtiga nol punktdan ikki tomonga 2 mm dan shtrixlar chizilgan. Adilak pufakchasining vaziyatini shu shtrixlardan bilish mumkin. Adilak pufakchasi nol nuqtada bo’lganda uning og’irlik markazi (OC)chizig’ida nol nuqtada bo’lganda uning og’irlik markazi (OC) chizig’ida joylashadi. Shunda adilak o’qi (L 1L 2 yoy
AOB) ning (O) nuqtasiga tegib o’tib gorizontal holatini egallaydi. Geodezik asboblarning asosiy o’qlarini gorizontal va vertikal holatga keltirishda adilakning shu hususiyatidan foydalaniladi.
Adilak shkalasi bir bo’lagining burchak qiymati (2 mm) adilak bo’lak qiymati deb ataladi. Adilak bo’lak qiymati geodezik asboblarda asosan 1’ dan 2” gacha bo’ladi. Adilak bo’lak qiymati r” quyidagi formula yordamida topiladi:
r" =
lρ"
R
2mm206265"
=
Rmm
(8.1)
bu yerda: l- adilak shkala bo’lagining chiziq uzunligi; R-adilak naychasi yoyining radiusi; ρ”-burchakning radian qiymati.Adilak bo’lak qiymati ma`lum bo’lsa, uning o’qi gorizontalga nisbatan qancha og’ishganligini bilish qiyin bo’lmaydi. Masalan, bo’lak qiymati 30” bo’lgan adilak pufakchasi nol punktdan ikki bo’lakka qochsa, adilak o’qi gorizontalga nisbatan 2×30”=60” og’ishgan bo’ladi va h.k.
Adilak bo’lak qiymati adilakning sezgirlik darajasini ko’rsatadi. Adilak sezgirligi, ya`ni pufakchaning eng baland joyi tezda va aniq egallashi naycha ichki yuzasining silliqligiga, naycha ichidagi suyuqlikning hususiyatiga, pufakchaning uzunligiga, temperatura va
boshqalarga bog’liq. Pufakchaning normal uzunligi odatda shkala uzunligining 0.3-0.5 qismiga teng bo’lishi lozim.
Adilak pufakchasiga temperatura
katta ta`sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |