Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
289
dan ham qiyin paytlarda yoki birorta sudxo‘r 
kutilmaganda pul talab qolganida yo soliqlar-
ni to‘lashga pul yetmay qolganida yana ham 
rahm dil bo‘lib ketishardi. Ular deraza oldida bir 
muddat shivirlashib turardilar-da, so‘ng Lu-
ganovich yonimga yaqin kelib, jiddiy qiyofada: 
– Pavel Konstantinovich, ayni damda pulga 
zoriqqan bo‘lsangiz, tortinmasdan bizdan yor-
dam so‘rashingiz mumkin, – derdi. 
U hayajonlanganidan qulog‘igacha qizarib 
ketardi. Shunday paytlar bo‘lardi-ki, u Anna 
Alekseyevna bilan deraza oldida shivirlashib 
olayotganida ham qulog‘igacha qizarib, yonim-
ga yaqinlashardi-da, qo‘limga o‘rog‘liq qog‘ozni 
tutqazardi. 
– Men va xotinim sizdan ana bu sovg‘ani qa-
bul qilishingizni so‘raymiz, – deb aytardi. 
Men bu himmatga javoban ularga qishloq-
dan yovvoyi o‘rdak, saryog‘ va gul yuborardim. 
Aytgancha, er-xotinning ikkisi ham badavlat 
oiladan chiqqan edi. Ilgarilari men tez-tez qarz 
olib turardim, oqibatini surishtirmay, to‘g‘ri 
kelgan joydan pul topardim, biroq dunyodagi 
hech qanday kuch meni Luganovichlardan pul 
qarz olishga majbur qilolmasdi. Bu haqda ga-
pirishga ham hojat yo‘q. 
Men baxtsiz edim. Men dalada, pichan-
xonada, uyda faqat u haqda o‘ylardim. Nega 
unga o‘xshagan go‘zal, yosh, aqlli ayol qanday 
qilib,  shunday  eskicha  fikrlaydigan,  zerikarli, 
deyarli cholga aylanib qolgan (eri qirq yosh-
dan oshgandi) kishiga turmushga chiqqani 
va undan farzandlar ko‘rgani sirini topishga 


Anton Chexov
290
harakat qilardim. Raqs kechalarida, yig‘ilish-
larda obro‘li odamlar qatorida xuddi uni sotish-
ga olib kelishganidek ruhan siniq, hech kimga 
keraksizdek jim o‘tiradigan, oddiy, qo‘li ochiq, 
zerikarli, insonga qanday qilib taqdir shu yosh 
go‘zal ayolni uchratganini tushunishni istar-
dim. Nima uchun shunday bo‘lishi kerak edi? 
Nega bizning hayotimizda bu qadar katta xato 
sodir bo‘lgan ekan? 
Shaharga kelganimda uning ko‘zlariga bo-
qib, meni intiqlik bilan kutganligini sezardim. 
Uning o‘zi ham erta tongdan uyqudan turi-
shi bilan bugun kelishimni oldindan his qil-
ganini tan olardi. Biz uzoq suhbatlashardik, 
sukut saqlab turardik, biroq sevgimiz haqida 
og‘iz ochmasdik, uni ustalik va rashk bilan 
yashirardik. Biz o‘z-o‘zimizga sirimizni bilin-
tirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan har narsadan 
qo‘rqardik. Muhabbatim nozik, kuchli edi, le-
kin ikkimizda ham sevgimiz uchun kurashish-
ga kuch topilsa, oqibati nimalarga olib kelishi 
haqida chuqur mushohada qilardim. Mening 
jim va ma’yus muhabbatim birdaniga suyuk-
li ayolimning eri hamda bolalarining shirin
baxtli hayotini qo‘pol tarzda izdan chiqarishi 
mumkinligiga ishonish qiyin edi. Axir bu uyda 
meni yaxshi ko‘rishadi, hurmat qilishadi va is-
honishadi. Shu adolatdanmi? U menga ergash-
gan bo‘lardi, ammo qayerga? Men uni qayerga 
ham olib borardim? Mening chiroyli, qiziqarli 
hayotim yoki, masalan, Vatan ozodligi uchun 
kurashgan qahramon yo mashhur olim, artist, 
bo‘lganimda boshqa gap edi. Kambag‘allarga 


Buqalamun
291
xos oddiy hayot tarziga uning ko‘nikishi qiyin 
edi. Bunday sharoitda baxtimiz qachongacha 
davom etishi mumkin edi? Betob bo‘lib qolsam 
yo vafot etsam yoki shunchaki bir-birimizdan 
ko‘nglimiz qolsa, uning qismati qanday kechi-
shi mumkinligi haqida o‘ylardim. 
U  ham  o‘z  o‘rnida  xuddi  shunday  fikrlardi, 
nazarimda. U farzandlari, eri va erini o‘z o‘g‘li 
kabi yaxshi ko‘radigan onasi haqida o‘ylardi. 
Agar u tuyg‘ulariga quloq solganida, bir umr 
yolg‘on so‘zlashiga yoki to‘g‘risini aytishiga 
to‘g‘ri kelardi, biroq unga o‘xshagan obro‘li ayol 
uchun bu nihoyatda og‘ir edi. Uning muhab-
bati shundoq ham og‘ir, baxtsizliklarga to‘la 
hayotimga chindanam baxt olib kirarmikan 
yoki butunlay chigallashtirib yubormasmikan, 
degan savol qiynardi. Anna Alekseyevna yan-
gi hayot boshlash va men bilan birga yashash 
uchun o‘zini qarib qolgandek his etar, yetarli-
cha mehnatsevar va ruhan tetik emasdek tuyil-
gani bois ham menga o‘zini munosib deb hi-
soblamasdi. U eriga bot-bot meni yaxshi beka 
va yordamchi bo‘la oladigan aqlli, munosib 
qizga uylantirish kerakligini ta’kidlardi va shu 
onning o‘zida bunday qizni shahardan topish 
amri maholligini ham qo‘shib qo‘yardi. 
Yillar o‘tib borardi. Anna Alekseyevna ikki 
farzandli bo‘ldi. Luganovichlarnikiga kel-
ganimda oqsoch mayin tabassum bilan kutib 
olar, bolalar esa, Pavel Konstantinovich keldi, 
deya bo‘ynimga osilib olishardi, barcha xur-
sand bo‘lardi. Ular qalbimda kechayotganlari-
dan bexabar meni ham bundan xursand deb 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish