Anton Chexov
10
bazmlar bo‘lardi. Mana bu uch xonali uyga
kelsak, uning hamma yog‘ini bakteriya va bat-
sil kabi kasallik qurtlari boskan. Yaramaydi
bu joy. Bu yerda ko‘p odamlar bemahal o‘lib
ketishdi, men sizni ishontirib ayta olamanki,
bu uyga bir zamon bir bechoraning qarg‘ishi
tekkan, shu uchun muning ichida yashagan
odam allaqanday noma’lum
bir maxluq bilan
hamma vaqt birga yashaydi. Men, ayniqsa bir
oilani sira esimdan chiqara olmayman. O‘zin-
giz tasavvur qilingiz; boshqalardan hech bir or-
tiqligi yo‘q oddiy bir odam; onasi, xotini, to‘rtta
bolasi bor. Uning familiyasi Putoxin bo‘lib, o‘zi
notariusnikida oyiga o‘ttiz besh so‘m olib mir-
zalik qilardi. O‘zi ichkilik ichmayturgan dindor
va jiddiy odam edi. Uy ijarasini to‘lagali mening
yonimga kirganida, hamma vaqt «tuzuk-quruq
kiyinib kelolmadim», deb
uzr aytardi; «uy ijara-
si besh kun kechikib ketdi», deb ham uzr aytar,
pulni olganligim xususida tilxat yozib bersam
oqko‘ngil bilan kulib turib, «muning nima kera-
gi bor, yomon ko‘raman men tilxat degan nar-
sani!» derdi. O‘zi bechorahol bo‘lsa qam ozo-
dagina yashardi. O‘rtadagi bir xonada to‘rtta
bola bilan birga
ularning katta onalari yotardi;
ovqatlari ham shunda pishar, shunda yotib ux-
lar, shunda mehmon kuzatar va hatto shunda
uyin-kulgi qilardilar. Mana bu xonada Putoxin-
ning o‘zi yashardi; uning bir yozuv stoli bo‘lib,
ba’zi bir xil xususiy buyurtmalarni: rollar,
ma’ruzalar va hokazolar ko‘chirishni shunda
o‘tirib bajarardi. Mana bu – o‘ng qo‘ldagi xona-
ga qo‘shnini o‘tqizgan; qo‘shnisi Yegorich degan
Buqalamun
11
bir chilangar bo‘lib, o‘zi tuzukkina,
lekin ich-
kilikka mubtalo bir odam edi; u hamma vaqt
issiqdan qiynalar, shu uchun doim ustida bitta
kaltacha, yalangoyoq yurardi. Bu odam qulf,
to‘pponcha, yosh bola tepki aravalarini tuzatar,
arzon baho devor soatlarini tuzatishdan ham
qochmas, tanga miri olib bolalarga siyg‘ang‘ich
qilib berardi, lekin bu ishni jini sevmas, u o‘zini
musiqiy asboblari tuzatuvchi usta deb bilardi.
Uning
stoli ustida, tashlandiq po‘lat va temir
parchalar orasida, qopqosh ko‘chgan garmon
yoki bukulgan egri karnaylar ko‘rinardi. O‘tir-
gan uyi uchun Putoxinga ikki yarim so‘m be-
rar, hamma vaqt uyida – o‘z dastgohi boshida
o‘tirar, uydan chiqsa, faqat, tunuka lappaklar-
ni pechkada qizitmoq uchungina chiqardi.
Men, ba’zi-ba’zida kech fasllari shu uyga
kirib qarardim, shunda, har kirganimda mana
bunday bir ko‘rinishga duch kelardim: Pugo-
xin o‘z stulida o‘tirib allanarsalarni ko‘chirib
yozmoqda: uning onasi bilan horg‘in chehrali
po‘rdoq xotin, chiroq issig‘ida chok tikib o‘ti-
rardilar; Yegorich egovni chiyqirtmoqda. Hali
o‘chib yetmagan issiq pechka esa harorat va
dim purkamoqda; og‘ir havodan shchi (karam
sho‘rva), yo‘rgak, Yegorich hidi kelmoqda. Qan-
cha yo‘qsul va tiqin bo‘lsa ham,
har holda, bu
uyga pechka oldiga yoyilgan yosh bola ishton-
chalari, Yegorichning temir lappakchalaridan
jimlik, yumshoqliq, mamnunlik shamollari ke-
lardi... Eshik ketida, shundakkina yo‘lakchada
sochlari chiroyli qilib taralgan, quvnoq bolalar
yugurishib o‘ynashar, ularning chuqur e’tiqod-