Anton Chexov
6
bir narsagagina tushunolmay turaman. Bu it
seni qanday qilib qopa oldi ekan, – deb Ochu-
melov Xryukinga qaraydi. – Qanday qilib bu it-
ning bo‘yi sening barmoqlaringg‘a yetdi ekan.
Aqlim yetmaydi. It bo‘lsa nozik. Sen bo‘lsang
ho‘kuzdek, bo‘yingga qara! Balki barmog‘ing-
g‘a mix-pix kirgan bo‘lsa haligi mixni tortib ol-
gansan, qonab ketkan, undan so‘ng boshing-
ga... ha de... Men siz xalqning miringdan-si-
ringni bilaman! Siz xaloyiq juda ham bema’ni
odamlarsiz!
– Oliy nasab janoblari, balki uning o‘zi kulgi
uchun itning burniga papiros tiqqan bo‘lsa,
shundan so‘ng it barmog‘ini tishlab olgan...
Bu o‘zi juda ham bema’ni odam, oliy nasab ja-
noblari.
– Yolg‘on so‘zlaysan, ko‘r! Ko‘zing bilan
ko‘rmaganingdan keyin yolg‘on so‘zlashning
nima hojati bor. Oliy nasab janoblari juda
ham aqlli odam, kim yolg‘on so‘zlaydi, kim rost,
bu kishi o‘zi tirnog‘ining yuzidek biladi. Nahot-
ki, men yolg‘on aytsam. Xo‘p, sud tekshirsin.
Zakonda hammasi ham ko‘rsatilgan. Bo‘lmasa
menga bari bir... Mening o‘z akam jandarmada
xizmat qiladi. Agar bilmakchi bo‘lsangiz...
– Vaysay berma!
– Yo‘q, bu generalning iti bo‘lmasa ke rak...–
deydi chuqur o‘ylab olgan gorodovoy – gene-
ralning bunday iti yo‘q edi. Uning iti chipor
rangl i edi...
– Sen buni aniq bilasanmi?
– Aniq bilaman, oliy nasab janoblari!
Buqalamun
7
– Mening o‘zim ham bilaman. General ning
itlari zotlik qimmat baho narsalar edi. Bu
bo‘lsa egasiz, daydi itga o‘xshaydi. Epaqalik
yungi ham yo‘q. Ko‘rinishi ham xunuk.... Qis-
qasi bir bedavodan iborat. Shunday bema’ni
itni saqlaydimi kishi. Senlarda aql bormi. Agar
shu xilda bir it Peterburg yoki Maskovga kirib
qolsa bormi, darrov zakonni ham bir tomon-
ga yig‘ishtirib qo‘yib urib o‘ldirar edilar. Sen,
Xryukin, bu ishni shunday qoldirib ketma,
ta’zirini berib qo‘yish kerak! Fursatni qo‘ldan
chiqarish yaramaydi!
– Balki generalning itidir... – dedi o‘ylanib
turgan gorodovoy, – men tunov kun general-
ning hovlisida shunga o‘xshash bir itni ko‘rgan-
dek bo‘lgan edim.
– To‘g‘ri, bu it generalniki! – deydi xalq ichi-
dan allakim.
– Him!.. Birodar yeldirin, mening paltomni
kiy dirib
qo‘y-chi... shamollab qolaturg‘ang‘a
o‘xshayman... Ichimdan titroq kelyapti... sen
bu itni generalnikiga olib bor va o‘sha yerdan
so‘rab bil. Ularga mening ushlab yuborgan-
ligimni aytarsan... Ko‘chaga bo‘sh qo‘yib yubo-
rilmasin degin... Balki o‘zi qimmatbaho zotlik
itdir, har bir cho‘chqaga o‘xshagan ahmoqlar
uning burniga papiros tiqa bersalar buzulib
qolishi ham turgan gap. It deganing juda ham
nozik maxluq... Sen ahmoq qo‘lingni pastga
tushir! Jinniga o‘xshab qo‘lingni yuqori ko‘tarib
turma! Ayb o‘zingda!
Anton Chexov
8
– Generalning oshpazi kelyapti, undan
so‘raymiz... Hay Proxor, qani bu yoqqa kel-chi,
uka! Manavi itni ko‘r, siznikimi?
– Topibsan. Umrda bunaqa itimiz bo‘lmagan.
– Endi uzoq so‘rashib o‘lturishning hojati
yuq, – dedi Ochumelov, – bu albatta egasiz day-
di it! Uzoq muhokama qilib o‘tirish nima hojat.
Men axir daydi it demadimmi, mana endi day-
diligi ham ma’lum bo‘ldi. Buni urib o‘ldirishdan
boshqa ish yo‘q, vassalom!
– Bu bizning itimiz emas, – deb davom etdi
Proxor. – Bu it generalning ukasining iti. O‘zi
yaqinda keldi. Bizning itimiz ov iti emas. Ja-
nobning ukalari ovchiliqg‘a...
– Ha-ha, hali bu janobning ukalari kelgan
ekanlar-da. Vladimir Ivanovich-a, – deb so‘ra-
di Ochumelov va yuziga tabassum, shodlik tusi
kira boradi. Voy, Xudo! Men hech bir eshitmab-
man-da. Mehmonga kelgandirlar.
– Ha, mehmon bo‘lib kelibdilar...
– Akalarini sog‘ing‘an bo‘lsalar kerak... Men
bo‘lsa o‘limdan xabarim bor, u zotning kel-
ganlaridan xabarim yo‘q! Demak, bu it ularni-
ki ekan-da. Juda xursand bo‘ldim... Itni olib
ket... Yaxshigina it ko‘rinadi... O‘lguncha yu-
gurdak bo‘lsa kerak. Ol buni, barmog‘ini tishla!
Ha, ha, ha... Xo‘sh, nega titraysan. Viss, viss...
serzarda mug‘ombir... o‘z oti bilan it-da...
Proxor itni chaqirib olib o‘tin omboridan chiqib
ketadi. Ham Xryukinni mazax qilib kuladi!
– Sen hali qarab tur! – deb Ochumelov Xryu-
kinni yanadi va shineliga o‘ralib olib guzar
maydonchasi bo‘ylab yo‘liga davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |