Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,1 Mb.
bet185/413
Sana07.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#167841
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   413
Bog'liq
HO'AT(20)

AL va KHK darsligidan:

Fe’ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi.

Zamon turini belgilashda so‘zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi. Ana shunga ko‘ra uch zamonga bo‘linadi: 1) o‘tgan zamon, 2) hozirgi zamon, 3) kelasi zamon.

Fe’ldan anglashilgan harakatning nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bo‘lib o‘tganligini bildirgan shakllar o‘tgan zamon shakllari sanaladi. O‘tgan zamon shakllariga quyidagi shakllar kiradi: -di, -gan, -ib, (-man, -san, -di) kabi. Masalan, keldi, kelgan, kelibman, kelibsan va boshqalar.

Bu shakllar garchi “o‘tgan zamon” umumiy ma’nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma’lum ma’nosiga ko‘ra farq qiladi: -gan shakli –di ga nisbatan harakatning nutq so‘zlangan vaqtdan ancha oldin ro‘y berganini bildiradi.

-ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so‘zlovchi nutq momentidan oldin ro‘y bergan harakatni boshqa shaxsdan eshitganligini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi. Masalan, O‘g‘rini eshakka teskari mindiribdi. (Ertakdan)

-di shakli, umuman, harakatning nutq momentidan oldin bajarilganligini bildiradi.

Solishtiring:

Keldi

Kelgan

Kelgan edi

Kelibdi

Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so‘zlanayotgan vaqtda ro‘y berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma’nosi –yapti, -yotir, -moqda singari qo‘shimchalar qo‘shish orqali ifodalanadi. Masalan, yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan –yapti, -moqda fe’l asoslariga, -yotir esa fe’lning ravishdosh shakliga qo‘shiladi.

Hozirgi zamon shakllari ma’lum uslubga xoslangani bilan o‘zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf shakl bo‘lsa, -yotir, -moqda yozma nutq uslubiga xosdir.

Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so‘zlanayotgan vaqtdan so‘ng ro‘y berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi.

Kelasi zamon ma’nosi fe’lning –a ravishdosh shakliga –di, -jak; fe’l asoslariga –ar, -ur, -gusi qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Masalan, keladi, kelajak, kelar (ur), kelgusi kabi.

Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo‘lsa, -jak, -gay, -ur, -gusi shakllari badiiy va publisistik uslubga xosdir.

Uslubiy betaraflik belgisiga ko‘ra –adi va ­–ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma’nosini bildirish-bildirmasligiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma’noga betaraf bo‘lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma’nosiga ega.

Solishtiring: keladi – kelar.

Ba’zan turli zamonga mansub bo‘lgan shakllar o‘zaro almashinishi mumkin. Masalan, Tanklar, zambaraklar ag‘anab yotibdi. Bir jangchining peshanasi bog‘langan, bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda. (Shuhrat)

O‘tgan zamonda bo‘lib o‘tgan voqealarga tinglovchini olib kirish, ularni uning ko‘z oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatilgan.




Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish