Masalan, do‘ppi so‘zi adabiy me’yor, kallapo‘sh, qalpoq, takya so‘zlari esa shevaga xos so‘zlardir.
Toshkentda - dovuchcha, Farg‘onada - g‘o‘ra; adabiy tilda chumoli, Samarqand, Buxoroda - mo‘rcha, Xorazmda - qarindja; adabiy tilda - tuxum, qipchoq shevalarida – mayak, Xorazmda - yumirta. (Sh. Shoabdurahmonov)
Xorazmda: uchak - tom, ay - oy, go‘rmak - ko‘rmoq; Buxoroda: inak – sigir, o’jak, go’sala – buzoq; qipchoq shevasida uy – sigir; Farg‘onada: shoti - narvon.
Andijonda – shoti, Toshkentda – narvon, Xorazmda – yop(kanal), xonim yoki o‘rama (taom) shevada huvnon deb atashadi.
Ona tili (6-sinf)
Qo‘qonda – “aqa-baqa”, Toshkentda – “votti-votti”, pichoq – pakki, tomchi – chakki, valish – so‘ri, qashqir – bo‘ri va b.
AL va KHK darsligidan:
So‘zlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan va chegaralangan so‘zlarga bo‘linadi.
Umumxalq tilida keng qo‘llaniladigan va shu tilda so‘zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarga qo‘llanish doirasi chegaralanmagan so‘zlar deyiladi. Ular neytral leksika atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan, non, un, bug‘doy, daftar, qor, bulut va boshqalar.
Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar chegaralangan so‘zlar sanaladi.
Bunday so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Hududiy chegaralangan so‘zlar (dialektizmlar)
2. Sotsial chegaralangan so‘zlar (argo va jargonlar)
Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib boshqa hududda yashovchi o‘zbek tili vakillari uchun xos bo‘lmagan so‘zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so‘zlar yoki dialektizmlar deyiladi. Masalan, eshik «hovli», «uy» (Andijon), shoti «narvon» (Andijon, Farg‘ona, Namangan), takya “do‘ppi” (Xorazm) va boshqalar.
Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlarga sotsial chegaralangan so‘zlar deyiladi. Masalan, “otarchi”lar doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: yakan “pul”, danap “qiz bola”; temir yo‘l kuzatuvchilari doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: qaychi “taftishchi”, kolxoz “chiptasiz yo‘lovchi”.
Bunday so‘zlar argolar deb yuritiladi.
Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi, bunday vaqtda bu so‘zlar umumtildagiga nisbatan boshqa ma’noda qo‘llaniladi. Masalan: kolxoz – umumtil leksikasida eskirgan bo‘lib jamoa xo‘jaligini ifodalagan bo‘lsa, temir yo‘l kuzatuvchilari tilida boshqa ma’noni ifodalaydi.
Shuningdek, ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan leksemalar ham uchrab turadi, bular jargonlar deyiladi. Masalan, olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq va hokazo
Nomshunoslik
Siz yashab turgan joydagi ko‘chalar, maydonlar shahar va qishloqlar, daryo, ko‘l, tepalik, qabristonlar, ma’lum nom bilan yuritiladi. Masalan, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi.
Turli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan holat hisobga olinadi. Yoki shaxsga katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |