Kirish
|
Asosiy qism
|
Xulosa
|
10-15%
|
70-80%
|
10-15%
|
Foiz nuqtayi nazaridan inshodagi qismlar o‘rtasida nomuvofiqliklar uchrasa, xususan, kirish va xulosa qismi kengaytirib yuborilgan bo‘lsa-yu, asosiy qism o‘ta tor bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu narsa inshoning mazmuniga jiddiy darajada putur yetkazishi mumkin.
Inshoni baholayotganda, quyidagilar, albatta, hisobga olinishi lozim:
1. Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzudan kelib chiqqan holda insho rejasi tuziladi. Tuziladigan reja insho mazmunini o‘zida to‘la-to‘kis ravishda namoyon qilib turmog‘i, u izchillik asosida mavzudan chetga chiqmagan holda tuzilmog‘i lozim. Insho rejasi tuzib olingandan so‘ng mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so‘z (epigraf) tanlab olinadi.
2. Insho boshqalarga xalaqit bermasdan, umumiy tartib-intizomga qattiq rioya qilgan holda yoziladi.
3. Tayyor yozilgan, trafaret usulidagi insholardan foydalanishga sira ham harakat qilmang. Ular sizni adashtiradi, fikrlaringizdan chalg‘itadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |