Adabiy va adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar
Sizga birinchi sinfdan tanish bo‘lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni asl insho deb bo‘lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o‘quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo‘ladi.
Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi.
Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o‘quvchi o‘z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bu insho turining adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: |