GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI
Ona tili (5-sinf)
Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil vazifada keladigan so‘zlarga uyushiq bo‘laklar deyiladi. Masalan: Dadam, oyim va men (kim) hayvonot bog‘iga bordik.
Sanash ohangi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi.
Sanalayotgan bo‘laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so‘zga umumlashtiruvchi so‘z deyiladi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘z bilan uyushiq bo‘laklar o‘rtasiga ikki nuqta (:) qo‘yiladi. Masalan: Bog‘imizda mevalar: olma, o‘rik, shaftolilar bor. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, uyushiq bo‘lak va umumlashtiruvchi so‘z o‘rtasiga tire (-) qo‘yiladi. Masalan: Kutubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Usmon Azimov –barcha taniqli shoirlarning asarlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |