4. So‘roq olmoshlari
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi.
So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.
So‘roq olmoshlarining nimaga nisbatan so‘roq bildirishini quyidagi jadvaldan bilsa bo‘ladi:
№
|
So‘roq turi
|
Olmoshlar
|
1.
|
Shaxsga so‘roq
|
Kim?
|
2
|
Narsaga so‘roq
|
Nima?(She’riyatda –na, -ne shaklida keladi)
|
3.
|
Belgi-xususiyatga so‘roq
|
Qanday? Qanaqa? Qaysi?
|
4.
|
Miqdorga so‘roq
|
Qancha? Necha? Nechta?
|
5.
|
Tartibga so‘roq
|
Nechanchi?
|
6.
|
Sabab-maqsadga so‘roq
|
Nega? Nimaga ?
|
7.
|
O‘rin-joyga so‘roq
|
Qayerda? Qayda? Qayoqqa?
|
8.
|
Paytga so‘roq
|
Qachon?
|
9.
|
Mavjudlikka so‘roq
|
Qani?
|
10.
|
Harakat – holatga so‘roq
|
Nima qildi? Nima bo‘ldi?
|
5. Belgilash olmoshlari
Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi.
Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydi.
Hamma, barcha bari belgilash olmoshlari bo‘linuvchan butunni yaxlitlab, butun olmoshi esa butunni bo‘linmas butunlik sifatida ifodalaydi. Bari olmoshida ko‘tarinkilik, tantanavorlik bo‘yog‘i mavjud.
Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi.
6. Bo‘lishsizlik olmoshlari
So‘roq olmoshlari va bir, narsa, nima so‘zlari oldidan hech so‘zining qo‘llanishi natijasida bo‘lishsizlik olmoshlari hosil bo‘ladi. Hech kim, hech nima, hech qachon, hech qanday, hech qancha, hech narsa so‘zlari bo‘lishsizlik olmoshlari sanaladi va ular yozuvda ajratib yoziladi.
Bu olmoshlar ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo‘ladi.
7. Gumon olmoshlari
So‘roq olmoshlariga alla- yoki –dir qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi.
Alla – qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan, -dir qo‘shimchasi esa so‘roq olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi.
Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi.
Narsa so‘zi faqat –alla qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olganligi uchun gumon olmoshi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |