Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at, ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”(Moskva, “Русский язык” nashriyoti, 1981 – yil, 2-jild) dan namuna:
Vatan [a] 1. Kishi tug‘ilib o‘sgan va uning fuqarosi hisoblangan mamlakat, ona-yurt: Ona-Vatan, Ulug‘ Vatan.
2. Kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri yoki qishlog‘i, yurt, diyor: Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni.
3. Turar joy, boshpana, maskan, uy: o‘ziga vatan qurmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |