Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan



Download 2,11 Mb.
bet89/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birikmalari barqaror birikmalar (turg‘un birikmalar) deyiladi.
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: I. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. 2. Ma’no butunligi. 3.Tuzilishi va tarkibining barqarorligi.
Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi.
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lotincha parema «barqaror», «logos» ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema - barqaror, grofho «yozmoq») sanaladi.
Barqaror birikmalar so‘z birikmasiga, so‘z qo‘shilmasiga, gapga o‘xshab ketadi. Ammo bu birliklar erkin bog‘lanish asosida yuzaga kelib, ularning bog‘lanishni o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan: Kitobning varag‘i (so‘z birikmasi) – kitobimning varag‘i.
Barqaror birikmani “buzish” – unga so‘z kiritish, almashtirish, olib tashlash mumkin emas.
Barqaror birikmalar tasnifi
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: l. Frazeologizmlar. 2. Maqol va matallar. 3. Aforizmlar.
Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko‘pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko‘chma ma’noda ishlatiladi.
Masalan, qulog‘i ding bo‘lmoq — hushyor bo‘lmoq, qovog‘i osilmoq - xafa bo‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq — quvonmoq kabi.
Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma’nosi bir so‘zga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi so‘zlar birikmasi yoki gaplarga frazeologizmlar (iboralar) deyiladi.
Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so‘zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo‘laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.
Masalan, Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yеtadi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish