Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet196/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Qaratqich aniqlovchi
Esda saqlang. Bir predmetning boshqa predmetga qarashlilik belgisini bildirgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi.
Masalan, Mirzacho‘lning shamoli. O‘rik guli kabi.
Juda muhim. Qaratqich aniqlovchi qaratqich, qaratqich aniqlovchi bog‘langan bo‘lak qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish munosabati qaratqichli birikma hisoblanadi.
Qaratqich aniqlovchi qaratqich kelishigi shaklini, qaralmish egalik qo‘shimchasi shaklini olgan bo‘ladi. Ba’zan bu shakllar ifodalanmasligi mumkin. Qaratqich va egalik shakllarining ifodalanishi quyidagicha bo‘ladi:
a) ot+qaratqich-ot+egalik Litseyning ko‘rinishi
b) ot+qaratqich-ot+fe’l Quyoshning nuri
d) ot+fe’l-ot+egalik Shahar ko‘chalari
e) ot+fe’l-ot+fe’l Bozor ko‘cha
Juda muhim. Qaratqichda qaratqich kelishigi doimo tushib qola bermaydi. Agar qaratqich atoqli otlar, olmoshlar, otlashgan so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lsa, albatta, qaratqich kelishigi bilan qo‘llanadi.
Shuningdek, qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa bir so‘z bo‘lsa, qaratqich kelishigi tushib qolmaydi. Masalan, Mirzacho‘l shamoli, Mirzacho‘lhning sovuq shamoli.
Qaratqich bilan qaralmish o‘zaro shaxs-sonda moslashadi. Masalan, Mening daftarim, sening daftaring, uning daftari.
Izohlovchi aniqlovchi
Ayrim otlar, hatto atoqli otlar ham ba’zan bir necha shaxslarni ifodalashi mumkin. Bunday vaqtda qaysi Ahmad, qaysi Karim singari so‘roqlar yordamida gap kim haqida ketayotganligini aniqlashtirib olamiz. Ana shu vaqtlarda izohlovchilarga ehtiyoj tug‘iladi.
Esda saqlang. Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo‘lakka izohlovchi aniqlovchi deyiladi.
Masalan, akademik Habib Abdullayev, Jo‘ra soatsoz, dutorchi qizlar kabi.
Esda saqlang. Izohlovchi bog‘langan hokim bo‘lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlovchili birikma sanaladi.
Izohlovchi-izohlanmish munosabati sifatlovchi-sifatlanmish munosabatiga o‘xshaydi, lekin ular qanday so‘zlar bilan ifodalanishi bilan farq qiladi. Sifatlovchi-sifatlanmish munosabatida sifatlovchi, asosan, sifat va sifatlashgan so‘zlardan ifodalanadi. Sifat+ot ko‘rinishida bo‘ladi. Solishtiring: qizil gul (sifatlovchi-sifatlanmish); professor G‘ozi Olim Yunusov (izohlovchi-izohlanmish).
Izohlovchi taxallus va o‘xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida tire qo‘yiladi. Masalan, erk kuychisi - Abdulhamid Cho‘lpon she’rlarini sevib o‘qiyman.
Hayotning poyonsiz ummoni ichra
Bor shunday g‘ariblar-temirlar hissiz(A.Oripov)

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish