Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
O‘zaro tobe munosabatida bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchi sanaladi.
Chunki, ya’ni, agar, garchi singari so‘zlar ergashtiruvchi bog‘lovchilardir.
Chunki, negaki bog‘lovchilari sabab bog‘lovchilari hisoblanadi.
Yozuvda bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi.
Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi sanaladi. Yozuvda ya’ni bog‘lovchisidan oldin doimo vergul qo‘yiladi.
Agar, agarda, basharti, garchi singari bog‘lovchilar shart bog‘lovchilari hisoblanadi.
AL va KHK darsligidan:
Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo. Omon so‘zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir – dir qaltirar. (H. Olimjon)
Keltirilgan gaplarning birinchisida ammo yordamchisi o‘zaro zid ma’noli bo‘lgan tinglardim gap bo‘lagi bilan o‘xshashini topmasdim bo‘lagini; ikkinchi gapda va bir paytda ro‘y berayotgan voqea haqida axborot beruvchi ikki gapni o‘zaro bog‘lash uchun qo‘llangan.
Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki gaplarni o‘zaro bog‘lab keluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchilar deyiladi.
Gap bo‘lagi va gaplarni qanday bog‘lashlariga ko‘ra bog‘lovchilar ikki turli bo‘ladi:
teng bog‘lovchilar; b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan gap bo‘laklari, gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar hisoblanadi. Teng bog‘lovchilarga va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yoki, yoxud, yo...yo, goh...goh singari bog‘lovchilar kiradi.
O‘zaro tobe munosabatda bo‘lgan gap bo‘lagi va gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilarga ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi. Bunday bog‘lovchilarga chunki, sababli, tufayli, shuning uchun, shu bois (sabab, sababli), ya’ni, -ki singari so‘zlar kiradi.
Bog‘lovchi turlari
|
T/r
|
Bog‘lovchilarning turlari
|
Vazifasi
|
Bog‘lovchilar
|
Teng bog‘lovchilar
|
1.
|
Biriktiruv bog‘lovchilari:
|
Uyushiq bo‘lak va bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lab, biriktiruv munosabatini ifodalaydi.
|
va, hamda bog‘lovchi vazifasida kelgan bilan ko‘makchisi, ham yuklamasi
|
|
2.
|
Zidlov bog‘lovchilari
|
O‘zaro zid ma’noli uyushiq bo‘laklarni va qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi.
|
ammo, lekin, biroq, lek, vale
|
|
3.
|
Ayiruv bog‘lovchilari
|
Uyushiq bo‘lak va qo‘shma gap qismlarini bog‘lab, ayiruv va galma-gallik munosabatini bildiradi
|
yo, yoki, yoxud, yoinki, yo...yo, goh-goh,dam…dam ba’zan... ba’zan
|
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
|
1.
|
Aniqlov bog‘lovchilari
|
Ajratilgan bo‘laklarni ajratilmish bo‘lakka, ergash gapni bosh gapga bog‘lab aniqlov munosabatini bildiradi.
|
ya’ni, -ki(-kim)
|
|
2.
|
Sabab bog‘lovchilari
|
Sabab ergash gapni bog‘lab, ular o‘rtasidagi sabab-natija munosabatini ifodalaydi.
|
chunki, shuning uchun, shu sabab(dan),shu sababli, shu tufayli
|
|
3.
|
Shart bog‘lovchilari
|
Shart, to‘siqsiz hol hamda ergash gaplarni hokim bo‘lak yoki bosh gaplarga bog‘lab, ular o‘rtasidagi shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalaydi.
|
agar, basharti, mabodo, garchi,
|
|
4.
|
Chog‘ishtiruv bog‘lovchisi
|
Gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro bog‘lab, ular o‘rtasidagi bog‘lanishda qiyoslash ma’nosini ifodalaydi.
|
go‘yo, go‘yoki, xuddi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |