Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий- назарий ва амалий масалалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/132
Sana22.04.2023
Hajmi2,52 Mb.
#931061
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   132
Bog'liq
2727 1 8FAAC8D54443D577FE4AE489E38E20EFBF56A0FD

Адабиётлар
1. Аль-Фараби. Большая книга о музыке 
2. Аль-Фараби. Трактаты о музыке и поэзии. -
3. Жолмухамедова Н. В поисках прекрасного Аль-Фараби и Ибн Сина. – Алматы, 
2014. 
4. Исҳоқ Ражабов. Мақомлар масаласига доир. - Тошкент, 1963.
5. Исҳоқ Ражабов. Мақомлар масаласига доир. - Тошкент, 2006. 
6. Матякубов О. Фараби об основах музыки. – Ташкент, 1986. 
7. Музыкальный энциклопедический словарь. – М., 1990. 
8. Отаназар Матёқубов. Мақомот. – Тошкент, 2004. 
9. Шадманов К.Б. Английская духовность и язык: взаимообусловленность 
лингвофилософского диалога Запад-Восток. – Дюссельдорф, Германия, 2015. 
10. Фитрат. Ўзбек классик мусиқаси ва унинг тарихи. – Тошкент: Фан,1993. 
11. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.9. – Тошкент, 2005. 
12. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.12. – Тошкент,1979. 
13. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.13. – Тошкент, 1979. 
14. Хайруллаева М.М. Абу Наср ал-Фараби. – Ташкент, 1982. 
DIRIJYORLIK SAN’ATI TARAQQIYOTI XUSUSIDA 
Qurbonov Qo’ldosh Yo’ldoshevich 
Qarshi DU, Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi 
 
San’at nima? Albatta, biz san’at - deganda badiiy ijodni tushunamiz, har bir san’at 
asari o‘z janr xususiyatlariga ko‘ra hayot manzarasini ifodalaydi. San’atsiz hayot nursiz, 
jilosiz, mantiqsiz va zerikarli bo‘lib qolardi. Inson olam hodisalarini yorqin badiiy obraz 
orqali yoki tasvirini musiqa orqali ifodalashga erishadi. Musiqa insonning ma’naviy 
kamolotida faol ishtirok etadi, go‘zallik, did haqidagi tasavvurlarining shakllanishiga 
samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Necha ming yillardan beyon insoniyat musiqaga, uning go‘zal ohanglariga maftun 
bo‘lib keladi, ustoz-shogird an’analari orqali ijrochilik mahoratlarini egallash borasida 
izlanishlar olib boradi.
Bunda musiqaviy meros asarlarining ma’naviy tarbiya vositasi sifatida o‘rgatish 
katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, musiqiy asarlarni xor yoki orkestr xonanda va 
sozandalariga o’rgatishda dirijyorning o’rni kattadir.
Shu o’rinda Dirijor so’zining lo’g’aviy ma’nosi haqida fikr yuritsak, dirijyor -fransuzcha—


156 
“Diriger” va lotincha “Durigo” so‘zlaridan olingan bo‘lib — «
boshqaruvchi, yo‘lga soluvchi
», 
musiqiy asar ijrosida qatnashuvchilarning barchasiga, ya’ni yakkaxon, xor, jo‘r bo‘luvchilar va 
boshaqalarga rahbarlik qiluvchi san’atkordir.
Dirijyorlik sant’ai uzoq tarixga ega bo’lib odamlar birgalikda kuylay 
boshlaganlaridan beri ularda umumiy ritm va sur’atga rioya qilish zaruriyati paydo 
bо‘lgan. Ibtidoiy xalqlarning raqs va qо‘shiqlarida ritmni qarsak chalib berib turganlar, 
shuningdek, oyoq bilan yer tepib yoki dо‘mbira chertib urib turganlar. Qadimgi 
Gretsiyada xor rahbarlari bо‘lib, ular oyoqlarini dо‘pirlatib, ritm belgilab berganlar. Yana 
shu ham ma’lumki, Rim qо‘shiq maktabida xorni boshqarib turish uchun ma’lum qо‘l 
harakatlaridan foydalanishgan.
Dirijorlikning mazkur ikki usuli orkestr boshqaruviga asos soldi, birgalikdagi aniq 
ijroni yо‘lga qо‘yish uchun dirijyor taktni oyog‘i bilan urib, tayoqcha bilan pult yoki 
polni taqillatib, yana shuningdek, karnay qilib о‘ralgan nota daftari bilan pultni urib 
kо‘rsatib turgan. Xullas, taktni oyoq bilan urib kо‘rsatish uzoq vaqt davom etgan. 
Dirijorlik tayoqchasi esa u paytda turli uzunlikda yasalar edi. Ba’zan, uning uzunligi 180 
smga yetardi va u «
Qirollik jezli — hassasi
» deb yuritilardi, hamda uni yerga urib, takt 
belgilangan.
 
Opera teatrida, konsert zalida, cherkovda polga urilgan zarb tovushi naqadar katta 
shovqin chiqarishini tasavvur qilish qiyin emas. Orkestr boshqarishning bunday usuli 
ayniqsa Fransiya, xususan Parij shahrida keng tarqalgan edi. U Lyulli degan kompozitor 
tomonidan olib kirilgan va tarqalgan. Bir kuni, u musiqaga berilib ketib, dirijorlik 
qilayotgan paytda «xassa» tayog‘ining о‘tkir uchi bilan oyog‘i jarohatlangan. Bu jarohat 
esa uning о‘limiga sabab bо‘lgan. Biroq ushbu fojea ham allaqachon nihoyatda chuqur 
ildiz otib ketgan bu an’anaga soya solmagan. Bir sо‘z bilan aytganda, XVII va XVIII 
asrlarda Dirijorlik vazifasini asosan klavesin, organ cholg’ularni chaluvchi 
kompozitorlar, ba’zida esa bugun biz orkestr konsertmeysteri deb atab kelayotgan asosiy 
skripkachi bajarardi. Ular asosan о‘zlarining, ba’zida esa о‘zgalarning asarlarini orkestr 
jо‘rligida ijro etishardi. Musiqa san’ati jadallik bilan rivojlana boshlagan davrlarga 
kelib, ilk bor ahamiyatga molik bо‘lgan operalar paydo bо‘lgan. Kompozitorlar turli 
ansambl hamda ovozlar uchun musiqa yoza boshladilar. Ana shunday guruhlarijrosidagi 
sur’atning yagona bо‘lishiga erishish uchun jamoani boshqarishga ehtiyoj tug’ildi.
Yaratilgan musiqiy asarlar murakkablashgani sari, qо‘shiqchilarni va orkestrni 
boshqarishga bо‘lgan ehtiyoj yanada kuchaya bordi. Ijroda yakdillik va sur’atga rioya 
qilish zaruriyati bu muhim vazifani eng mas’ul va malakali musiqachilar zimmalariga 
yuklashni talab etar edi. Bundaylar esa orkestrning birinchi skripkachisi yoki orkestrda 
uyg‘unlikni ta’minlovchi chembalo partiyasini ijro etuvchi sozandalar bо‘lgan. Ba’zan bu 
vazifani ularning har ikkalasi birgalashib bajarganlar. Yа’ni chembalachi yakkaxonlar va 
xorni boshqarsa, birinchi skripkachi esa orkestrni boshqarardi. Bu tarzdagi boshqaruv 
ham dirijorlik edi, biroq unda bu ish hozirgi ahamiyati va shakliga ega emasdi. 
XVIII asrda shoh saroyida birinchi opera truppalari (jamoalari) tashkil etilib, unda 
chet el kompozitorlari bilan bir qatorda rus kompozitorlari ham faoliyat yuritdilar. Ular 
qatorida Ye.Fomin, V.Pashkevich, S.Degtyarov va boshqalar bor edilar. Dirijyorlik 
san’ati tarixida asosiy о‘rin Peterburgdagi imperator teatri kapelmeysteri K.A.Kafosu 
(1775-1840)ga yashab ijod etgan. Birinchi rus milliy operasi M.I.Glinkaning “Ivan 
Susanin” operasining sahnaga qо‘yilishi uning nomi bilan bog‘liq. Rus dirijyorlik 
san’atining shakllanishiga buyuk dirijor va kompozitor E.F.Napravnik (1839-1916) katta 


157 
hissa qо‘shdi, Peterburgdagi Marininsk teatri rahbari sifatida hamda dirijyorlar guruhini 
tarbiyalashda uning xizmati salmoqli bо‘ldi. Moskva Katta teatri dirijyorlik san’atining 
rivojiga ulkan hissa qо‘shdi, mohir va tajribali I.K.Altani (1846-1919) va xormeyster 
U.I.Avraneka (1853-1937) kabi san’atkorkatta hissa qo’shganlar. 30-40 yillar musiqali 
hayot keng quloch yoydi, simfonik orkestrlar qatorida kо‘plab professional xor jamoalari 
tashkil topdi. Bunda iste’dodli musiqachi-xormeysterlar, Dirijyorlik san’ati arboblari 
M.K.Klimov, G.A.Dmitriyevskiy boshqardilar. Peterburg xor (qo’shiqchilik) kapellasi 
bilan N.M.Danilin, V.G.Sokolov, K.B.Ptitsa va boshqalarning rahbarlik faoliyatlari 
taxsinga loyiq. 
Shuning uchun ham XX asr о‘zbek Dirijyorlik san’atining taraqqiyoti, bevosita 
yangi jamiyatning rivojlanish tarixi yuz berayotgan voqelikni, ya’ni xalq hayotini yorqin 
aks etiliishi bilan ta’riflanadi va uning goyat muhim tarbiyaviy-ma’naviy salohiyati, faol 
ta’sirchan vositaligi ham ana shundadir.
Oʻzbek davlat filarmoniyasi, A.Navoiy nomidagi 
opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik 
orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. 
Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. 
Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va boshqa
dirijyorlar yetishib chiqdilar. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. 
Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. 
Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-yillardan kamer orkestridirijyorligi 
ham rivoj topdi. Oʻzbekistan davlat konservatoriyasida operasimfonik orkestri va oʻzbek 
xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi ochilib hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda. 
Dirijyorlikda qo'llaridan tashqari uning ko'zlari, yuz ifodasi, tana holati ham alohida 
ma’no bildirishda yordam beradi. Ba’zan musiqada mavjud bo'lgan quvonch yoki qayg'u, 
g'azab yoki xotirjamlik kabi tuyg'ularni bildirish uchun dirijyorning birgina nigohi kifoya 
bo'ladi.
Demak, dirijyorlik kasbi — og'ir jismoniy mehnat hamdir. Har bir repetitsiya, 
ayniqsa, konsert dirijyordan ulkan jismoniy va ruhiy kuch hamda matonat talab etadi. 
Shu bois dirijyor sportchi yoki balet artisti kabi mustahkam salomatlik, jismoniy quvat, 
iroda kuchi, o'zini tuta bilish qobiliyati va o'z tanasini mukammal boshqara olish 
xususiyatiga ega bo'lishi lozim. Haqiqiv san'atkor, aval o'zi ijro etgan asarlarni 
boshqatdan ijro etganida undagi badiiy obrazga yangi bo'yoqlar baxsh etuvchi qirralar 
olib kiradi. Shu o'rinda buyuk Artur Nikishning quyidagi so'zlarini keltirish joiz: «Agar 
siz bitta asarni bir yil davomida har kuni repetitsiya qilsangiz ham, uning har bir ijrosi 
katta improvizatsiya bo'lishi kerakligini unutmang». Shu bois har bir dirijyor o'z musiqiy 
faoliyati davomida musiqiy adabiyotlarni chuqur o’rganib borishi kerak. Shaxsan o'ziga 
nima yoqishidan qat’iy nazar, dirijyor har qanday millatga, uslubga, davrga mos musiqiy 
adabiyotni, ayniqsa, zamonaviy musiqiy adabiyotni yaxshi bilishi lozim. Konsertlar
opera teatrlariga borib turish va tanishish, dirijyorlarning ijro mahoratini tahlil qilish — 
musiqiy dunyoqarashni kengaytirishga san’at sohasini yanada yaxshiroq tushunishga
xizmat qiladi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish