Bog'liq “Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”
Ortostatik sinov: Test yotgan vat inch turgan holatda tomir urish surati orasidagi farqni o’rganishga
farqni o’rganishga asoslanadi. Sportchi ertalab yotgan holatda va bir daqiqadan so’ng tik turgan holatda tomir
urishini o’lchaydi. Yotgan holatdan tik turgan holatga o’tishda tomir urishini daqiqasiga 6-12 zarbaga
tezlanishi vegetativ asab tizimining me’yorida qo’zg’aluvchanligini ko’rsatadi. Ushbu xolda istalgan
yo’nalishdagi va shiddatdagi mashg’ulotni bajarish mumkin. Agar tomir urishi daqiqasiga 13-20 zarbaga
tezlansa, yuklama shiddati 70% dan yuqori bo’lmasligi kerak. Agar 20 zarbadan ko’proq bo’lsa, unda
mashg’ulotlarni tomir urishi daqiqasiga 140 dan yuqori bo’lmagan holda o’tkazish zarur. Kam foiz sportchilar
o’zlarining individual xususiyatlari borligi tufayli bu chegaralarga to’g’ri kelmasliklari mumkin. Nafas olganda
va chiqarishda nafasni tutib turish. Ushbu test asosini chuqqur nafas olish balandligida nafasni tutib qolish
paytida hamda tinch holatgacha nafas chiqarilganda olingan axborot tashkil etadi. Bu usulda gipoksiya
jarayonlarida organizm zahirasini oshirish uchun mashq qildiruvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin.
Test quyidagicha o’tkaziladi 4-5 marta chuqur nafas olib chiqarilgandan so’ng chuqur nafas olish balandligida
nafas tutib turiladi. Bunda nafasni tutib turish davomiyligi ko’p jihatdan irodaviy fazilatlarga bog’liq. Oddiy
sog’lom kishilar nafas olganda 40-50 soniya davomida nafasni tutib turishadi. Sportchilar qanday sport
formasida turganliklariga qarab, 2-3 daqiqagacha nafas ushlab turishlari mumkin. Odatda, nafasni tutib turish 3
daqiqa 15 soniya atrofida yoki ko’proq bo’lsa, organizm to’liq tiklangan bo’ladi va turli yo’nalishlardagi ishni
bajarish yoki musoobaqalarda qatnashishga tayyor turish mumkin. Agar bu vaqt 2,5 - 3 daqiqani tashkil etdi,
unda tiklanish 70% darajasida bo’lishi kerak. Bu testni o’tkazishda ko’krak ichi bosmi oshadi, bu o’pka orqali
qon aylanishining qiyinlashishiga olib keladi. Yurakning chap qorinchasiga qon oqib kelishi kamayadi, bunda
o’ng qorincha oshib ketgan ko’krak ichi bosimini yengib o’tishi bilan bog’liq katta ishni bajaradi. Bu test,
asosan, yurakning o’ng bo’limi uchun yuklama hisoblanadi. Shuning uchun nafasni tutib turishni 4 - 5 marta
chuqur nafas olib - chiqarilganda qo’llash kerak. Bunda yuklama yurakning chap bo’limlariga boradi. Yaxshi
mashqlangaanlik holatida sportchilarda nafas olganda nafasni tutib turish davomiyligi bir daqiqa atrofida
bo’ladi. O’z tayyorgarligida nafasni tutib turishdan muntazam foydalanib turilsa, tiklanish jarayoni ancha
tezroq bo’ladi. Bundan kelib chiqib sport formasi haqida xulosa chiqarish mumkin.