Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
219 
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARIGA QO’YILADIGAN PEDAGOGIK 
TALABLAR 
Do’stov B.A., 
katta o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh. 
 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisining faoliyati har doim pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog’liq. 
Pedagogik vazifalarning hal etilishi bir necha bosqichlardan iborat: pedagogik vaziyatni tahlil qilish
o’qituvchi oldidagi vazifalarni hal etishning mumkin bo’lgan yo’llari haqidagi farazlarni ilgari surish; nazarda 
tutilgan yo’llarni oldindan baholash va mavjud sharoitlar uchun ulardan eng muvofig’ini tanlash; qabul 
qilingan qarorni amalga oshirish hamda uning amalga oshirilishi qanday borayotgani to’g’risidagi axborotni 
joriy tahlil qilish, zarur bo’lganda esa o’zgartirish; natijalar olingach, erishilgan natijani retrospektiv tahlil 
qilish va uni rejalashtirilgan natija bilan taqqoslash. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisida darsdagi pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish malakasini 
shakllantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan darsni mustaqil ravishda psixologik tahlil qilish tizimini qo’llash 
tavsiya etiladi. Mazkur tizim pedagogika va psixologiya uchun umumiy bo’lgan rivojlantiruvchi va 
tarbiyalovchi o’qitish tamoyillariga muvofiq bo’lib, shartli ravishda uning yo’nalishiga taqsimlanadi: 
1) tarbiyaviy: o’quvchining shaxsini rivojlantirish, uning dunyoqarashini, ma’naviyatini shakllantirish; 
2) usuliy: dars tahlili (o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi, aqliy rivojlanishi, yosh va alohida 
xususiyatlariga mos ravishda darsning maqsadlari, mazmuni va tashkil qilinishini asoslash); 
3) muammoli: darsga zamonaviy qarashlarni aks ettiradi, ya’ni guruhdagi ikki tomon – o’quvchi 
(mazkur dars unga nutq-fikrlash faoliyati, kommunikativ qobiliyatlari, alohida va psixologik sifatlarini 
rivojlantirish nuqtai nazaridan nima beradi) hamda o’qituvchining (dars uning uchun o’z pedagogik bilimlari, 
shaxsiy sifatlari, kommunikativ qobiliyatlari, nutq-fikrlash faoliyati, o’z-o’zini anglash layoqatini 
takomillashtirish vositasi) hamkorlikdagi faoliyatini nazarda tutadi. 
Darsda o’qituvchi muloqotning ham verbal (og’zaki), ham noverbal vositalari, masalan ifodali 
harakatlardan (imo-ishoralar, pantomima) rag’batlantiruvchi axborot sifatida foydalanadi. Ularning nisbati 
ob’yektiv sharoitlar, muloqot jarayoni yuz berayotgan muayyan faoliyat vaziyatlariga bog’liq. Ta’lim 
jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabatlar o’qituvchi beradigan axborotlar asosida 
o’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikmalar shakllanishini nazarda tutadi, shuning uchun o’qituvchi yaxshi 
jismoniy holatda, har tomonlama rivojlangan bo’lishi va doimo o’z-o’zini takomillashtirib borishi lozim. 
O’ziga xos ish sharoitidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya o’qituvchisi yaxshi sog’liqqa ega bo’lishi, 
o’zini formada ushlab turishi kerak. Unda aqliy, estetik, hissiy, tashkilotchilik va, ayniqsa, kommunikativ 
qobiliyatlar bo’lishi zarur. Bizningcha, jismoniy tarbiya o’qituvchisining o’ziga xos xususiyatlari: 
kuzatuvchanlik, sabr-bardosh, kechirimlilik, yumor hissi, mehribonlik, yig’inchoqlik, kelajakka ishonch, 
mustaqillik, mas’ullik, kirishimlilik, xayrixohlik kabilar hisoblanadi. O’quvchilarning kayfiyatini sezish, 
ularning alohida va yosh qobiliyatlarini e’tiborga ola bilish juda muhim. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisining darsdagi faoliyati tuzilishida amaliy, tashkilotchilik, kommunikativ va 
gnostik tarkibiy qismlarni ajratib ko’rsatish mumkin. 
O’qituvchining amaliy (konstruktiv) faoliyati
bu uzoq vaqtga, ertangi kun talablaridan kelib chiqib 
pirovard natijaga qaratilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni loyihalashtirish, shuningdek, o’quvchilarning 
shaxsiy sifatlarini shakllantirish bo’yicha fikrlash faoliyatidir. Uning mazmuni dastur talablari va mashg’ulot 
o’tkazish uchun aniq moddiy sharoitlarga, shuningdek, shu sinf o’quvchilarining xususiyatlariga muvofiq 
o’quv materiallarini, o’quvchilar va o’qituvchi xatti-harakatlarini saralab, loyihalashtirishdan iborat. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisining 
gnostik faoliyati
– bu eng avvalo, ta’lim jarayonining mazmuni va uni 
amalga oshirish yo’llarini tahlil qilish; uning ishtirokchilarini (ularning imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini), 
yosh, jins bilan bog’liq va alohida xususiyatlarini, faoliyat natijalarini (uning fazilatlari ham nuqsonlarini) 
o’rganish; darsni tashkil etish, ta’lim va tarbiya, harakat sifatlarini rivojlantirish usullari samaradorligini 
tekshirish, ya’ni faoliyatga tahrir kiritish uchun o’z mehnati natijalari hamda jarayonga xos xususiyatlar 
to’g’risidagi axborotlarni yig’ish demakdir. 
Gnostik faoliyat quyidagilarni nazarda tutadi: 
1.Jismoniy tarbiya, sport mashg’ulotlari nazariyasi va usuliyati, shifokor nazorati bo’yicha darsliklar, 
eng yangi ishlarni, usuliy qo’llanmalar, dasturlarni shaxsiy ishlarda foydalanish maqsadida o’rganish (tanqidiy 
qayta ishlash va joriy etish bilan). 
2.Boshqa o’qituvchilarning tajribasini o’rganish. 
3.O’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishidagi qiyinchiliklarni va ularni yengish yo’llarini 
aniqlash. 
4.Bolalarning yosh va anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olib, harakat ko’nikmalari va 
sifatlarini o’zaro rivojlantirishni rejalashtirish. 
5.Muayyan harakat ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan jihozlar hamda asbob-
anjomlar (nostandart snaryadlar, ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnik vositalari) tanlash. 
6.O’qitish jarayonini rejalashtirish uchun bilim, ko’nikma, malakalar hamda harakat sifatlarining 
rivojlanish darajasini aniqlash. 



Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish