Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

 


ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
218 
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
Murodov J.J., 
o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh. 
 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi – o’quvchilarda faqat harakat ko’nikma va malakalarinigina emas, balki 
shaxsni shakllantirib, ularning jismoniy va psixik (ruhiy) sifatlarini rivojlantirishga ko’maklashishdir. Mazkur 
maqsad ta’lim jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy hamda sog’lomlashtiruvchi masalalarni hal etish davomida 
amalga oshiriladi. Bu masalalarning hal etilishi jismoniy tarbiya o’qituvchisining asosiy vazifalarini belgilab 
beradi, ularga: tarbiyaviy, ta’limiy-ma’rifiy, tashkiliy-boshqaruv, loyihalash, ma’muriy-xo’jalik vazifalar 
kiradi. 
Tarbiyaviy vazifalar maktab o’quvchisi shaxsining ma’naviy hamda g’oyaviy qarashlarini 
shakllantirishdan iborat. 
Ta’limiy-ma’rifiy vazifalar o’quvchilarga maxsus bilim va ko’nikmalarni yetkazib berishni o’z ichiga 
oladi. 
Tashkiliy-boshqaruv vazifalariga darslar, sport sektsiyalaridagi mashg’ulotlar, sport musobaqalarini 
tashkil etish hamda o’quvchilarning butun sport faoliyatini boshqarish kiradi. 
Loyihalash vazifalari jismoniy tarbiya tadbirlari, o’quv yuklamalari va o’quvchilar erishishi kerak 
bo’lgan natijalarning istiqbol va joriy rejalashtirilishiga borib taqaladi. Bunda o’quvchilarning chinakam 
rivojlanish sur’atlarini nazorat qilish jarayonida ish rejasiga o’zgarishlarni kiritib berish zarur. Darslarni 
loyihalash (rejalashtirish) alohida ahamiyatga ega. Bu darsning vazifalari, o’quvchilarning yoshi, guruhning 
o’ziga xos jihatlari, o’quvchilarning jinsiy hamda alohida xususiyatlariga muvofiq tarzda o’quv materiallarini 
tanlab olish demak. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisining ma’muriy-xo’jalik vazifalari rang-barangdir. Ular jismoniy tarbiya 
jarayonining moddiy ta’minlanishiga yo’naltirilgan. Bular sport jihozlari va asbob-anjomlarini sotib olish 
hamda ta’mirlash, maktab qoshida sport maydonchalarini yaratish, shuningdek, obodonlashtirish, turistik 
safarlarni uyushtirish va shu kabilar. Boshqa fan o’qituvchilari bilan taqqoslaganda, jismoniy tarbiya 
o’qituvchilari o’ziga xos sharoitlarda ish olib boradi. Jismoniy tarbiya psixologiyasida ularni uch guruhga 
bo’linadi: psixik (ruhiy) zo’riqish sharoiti, jismoniy yuklama sharoiti hamda tashqi muhit omillari bilan bog’liq 
sharoitlar. 
Psixik (ruhiy) zo’riqish sharoiti: 

shug’ullanuvchilarning baqirish shovqini (ayniqsa, kichik yoshdagi maktab o’quvchilari bilan 
ishlaganda), u uzuq-yuluqligi va tonining balandligi tufayli o’qituvchida ruhiy charchoqni paydo qiladi; 

bir yosh guruhidan boshqasiga o’tish zarurati (rollar almashinuvi, turli yoshdagi bolalar psixologiyasi 
e’tiborga olinsa, o’qituvchi har xil sinflarda aktyorlar kabi turlicha rollarni o’ynashiga to’g’ri keladi); 

nuqt apparati va tovush pardalariga jiddiy yuklama berilishi (buyruqlar baland ovozda, aniq, ravon 
tarzda, ko’pincha o’quvchilarning mashqlarni bajarish vaqtida yuzaga keladigan shovqini fonida berilishi 
kerak); 

o’quvchilarning hayoti va salomatligi uchun mas’ullik (jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish 
jarohatlanish xavfining yuqori darajasi bilan ajralib turadi); 

o’qituvchining ruhiy zo’riqishini keltirib chiqaruvchi qo’shimcha omillar shuki, u o’zi bilan 
ziddiyatda bo’lgan sinf bilan mashg’ulotlar o’tkazishi, shuningdek, kuniga 5-7 tadan dars olib borishi mumkin. 
Jismoniy yuklama sharoiti: 

jismoniy mashqlarni ko’rsatib berish zarurati; 

jismoniy harakatlarni o’quvchilar bilan birga amalga oshirish (ayniqsa, safarlarda); 

jismoniy mashq bajarayotgan o’quvchilarini ehtiyotlab turish zarurati. 
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi faoliyatining sharoitlariga xos xususiyat shuki, u jismoniy mashqlarni 
ko’rsatib berishi va o’quvchilar jismoniy mashq bajarayotganda ularni ehtiyotlab turishi, shuningdek, ochiq 
havoda, safarlarda o’quvchilar bilan birga harakatlanishi zarur va h.k. Bular (bir kunda bir nechta dars 
o’tilganda) jismoniy tarbiya o’qituvchisi uchun katta jismoniy yuklama hisoblanadi. Shuni ham e’tiborga olish 
kerakki, u kun bo’yi oyoq ustida, harakatda bo’ladi, bu oyoq va orqaning yozuvchi mushaklari uchun katta 
yuklama beradi. Jismoniy konditsiyalar yosh o’tgan sayin yomonlashuvini e’tiborga olsak, jismoniy tarbiya 
darslarida o’qituvchi bajarayotgan yuklama pedagogik faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi 
omillardan biriga aylanadi. Bu, ayniqsa, ayol o’qituvchilarga taalluqli, chunki ularning jismoniy imkoniyatlari 
erkak o’qituvchilarnikiga qaraganda ancha kam. 
Tashqi muhit omillariga bog’liq sharoitlar: 

ochiq havoda mashg’ulot o’tkazganda iqlimiy va ob-havo sharoitlari; 

sport sinflari, zallarining sanitariya-gigiyena holati. 



Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish