Buhgalteriya hisobi va audit



Download 2,76 Mb.
bet178/374
Sana07.01.2022
Hajmi2,76 Mb.
#328834
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   374
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi — копия

10.1-jadval

O’zbekiston Respublikasidagi korxonalarning asosiy va aylanma kapitallari tarkibi dinamikasi, foizda (byudjet va sug’urta tashkilotlari, banklar, kichik korxonalar va mikrofirmalar, dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari)

Ko’rsatkichlar

2002

yil


2003

yil


2004

yil


2005

yil


2006

yil


2006 yilda 2002 yilga nisbatan o’zgarishi (+,-)

Asosiy kapital

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

-

shu jumladan:



















-binolar

18,3

16,6

15,2

14,0

13,6

-4,7

-inshootlar

15,7

15,3

15,7

17,6

19,3

+3,6

-uzatish qurilmalari

11,3

12,1

13,3

14,6

15,5

+4,2

-mashina va uskunalar

40,0

38,5

37,7

36,5

35,9

-4,1

-transport vositalari

10,3

14,0

14,6

14,4

13,7

+3,4

-ish qurollari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari

1,6

1,4

1,4

1,2

1,0

-0,6

-boshqa asosiy vositalar

2,8

2,2

2,1

1,7

1,0

-1,8

Aylanma kapital


100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

-

shu jumladan:



















-tovar-moddiy zaxiralari

24,7

25,7

24,7

24,9

26,8

+2,1

-debitorlik qarzlari

54,8

49,0

43,4

44,3

41,7

-13,1

-pul mablag’lari

3,0

4,2

4,8

5,4

7,5

+4,5

-boshqa aylanma mablag’lar

17,5

21,1

27,0

25,5

24,0

+6,5

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko’rinadiki, 2002-2006 yillar davomida asosiy kapital tarkibida inshootlar (19,3%), uzatish qurilmalari (15,5%) hamda transport vositalarining (13,7%) salmog’i sezilarli darajada oshgan. Aksincha, binolarning solishtirma salmog’i 4,7 foiz punktiga, mashina va uskunalar – 4,1, ish qurollari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlarining solishtirma salmog’i 0,6 foiz punktiga pasaygan. Bu davrda aylanma kapital tarkibida pul mablag’lari solishtirma salmog’ining 4,5, tovar-moddiy zaxiralari – 2,1 foiz punktiga oshganligi, debitorlik qarzlari salmog’ining 13,1 foiz punktiga pasayganligini ijobiy holat sifatida baholash mumkin.

Respublika bo’yicha asosiy kapitalni ko’paytirish manbalari tuzilmasining tahlili hamon davlat byudjeti mablag’lari hissasining yuqoriligini (2006 yilda 10,7%), bank kreditlari, chet el investitsiyalari va kreditlari, byudjetdan tashqari fondlarning hissasi esa pastligini ko’rsatmoqda (10.2-jadval).



10.2-jadval

O’zbekiston Respublikasida asosiy kapitalni moliyalashtirish manbalari tarkibiy tuzilmasi, foizda

Moliyalashtirish manbalari

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

SHu jumladan:




























- byudjet mablag’lari

30,3

21,5

25,0

17,7

14,9

12,8

10,7

9,0

9,0

- korxona va aholi mablag’lari

39,1


41,3

52,0

52,9

55,6

60,3

60,0

59,0

53,9

- bank kreditlari

7,5

8,1

1,6

1,9

2,3

2,9

3,4

3,1

5,0

- chet el investitsiya-

lari va kreditlari



21,7


28,0

20,4

26,3

24,5

19,2

19,0

22,8

25,9

- nobyudjet fondlar va boshqa qarz mablag’lari

1,4

1,1

1,0

1,2

2,7

4,8

6,9

6,1

6,3

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Korxonalar va aholining o’z mablag’lari hissasi dastlab, 1994 yildagi 58,4% dan 2000 yilga kelib 39,1% ga qadar pasaygan. CHunki bu davrda korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasi ancha past edi. 2008 yilga kelib bu ko’rsatkich 53,9% ni tashkil etishi ularning moliyaviy mustaqilligi oshib borayotganligini ko’rsatadi.

Keyingi yillarda kapitalni ko’paytirish manbalarida qarz mablag’lari ishtirokining roli keskin oshsada, lekin kreditning solishtirma hissasi ko’tarilmayapti. 2000-2008 yillarda qarz mablag’larining hissasi 30,6% dan 37,2% gacha tebranib turgan bo’lsa, bank kreditining hissasi 7,5% dan 5,0% gacha pasayib bordi. Buning sababi – 2002 yildan boshlab markazlashgan kreditlarning to’xtatilib, kreditlashning faqat tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishidir. Biroq, bu tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolining ortib borayotganligini anglatmaydi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000 yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar ko’paydi. Aholining omonat qo’yilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablag’larining tushumlari – 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari – 5 baravar ko’paydi. SHu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yo’q, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda o’z kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablag’lar to’siqsiz va to’liq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda49.

Tahlillar ko’rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko’paytirish manbalarida qarz mablag’lari rolining oshishi asosan xorijiy kreditlarning ko’payishi hisobiga yuz bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo’yicha kafolatlarning yuqori darajasi va tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan izohlanadi.

Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko’paytirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo’shma korxonalarni rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. 2008 yilda iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,7 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etib, bu 2007 yilga nisbatan 46 foiz ko’p. Mazkur investitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etadi. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o’zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el investitsiyalarini olib kirish faollashib, kapital qo’yilmalarning umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada o’zgardi. Agar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 1992 yilda 120 taga yaqin bo’lgan bo’lsa, 2007 yil boshiga bu miqdor 2919 taga yetdi, ya’ni 24 baravar ortdi. CHet el investitsiyalari uchun yoqilg’i-energetika kompleksi, avtomobilsozlik va maishiy elektronika, oltin qazib olish asosiy tarmoqlarga aylandi50.

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o’zaro bog’langan ichki jarayonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.

Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanish jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish.

Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yukotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo’qotishni bildiradi. Bu yo’qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo’ladi.

Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo’lib, u bir-biridan farq qiladi.

Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo’ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo’lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo’lgan mehnat vositalarining keng qo’llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo’qoladi.

Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o’rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko’riladigan zararning oldini olishning asosiy yo’li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.

Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg’arish jarayonidan iborat.

Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo’ladi: bir qismi asosiy kapitalni to’la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo’ljallanadi.


Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish