To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini
yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.
Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me’yoriy
boshqaruvining ana shu to‘rt darajali tizimini jahon andozalari talablari
darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.
Ma’lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizimini yetarli darajada qayta qurish
mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng
avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va
registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va
baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan
kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar,
maqsad va talablarni belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun
buxgalteriya hisobini yuritishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
huquqi, burchi va mas’uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni
topshirish va chop etish bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonundan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi
54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda buxgalteriya hisobining
milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini
isloh qilish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o‘zgar-
tirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga,
birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o‘rtasida
munosib muomala tili bo‘lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining
rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o‘rganish va ularni
mamlakatimiz amaliyotida keng qo‘llanish zarurligi sabab bo‘layotir.
Shu boisdan ham buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab
chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda.
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini amalga kiritish zarurati,
asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini
tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u
yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respub-
likasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonu-
nining ko‘rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy
andozalarida (BHMA) o‘z rivojini topdi. Hozirgi kunga qadar quyidagi
BHMA lar tasdiqlandi:
1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot.
2. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar.
3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot.
4. Tovar-moddiy zaxiralar.
5. Asosiy vositalar.
6. Lizing hisobi.
7. Nomoddiy aktivlar.
8. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jami-
yatlariga qo‘yilgan investitsiyalar hisobi.
9. Pul oqimi to‘g‘risida hisobot.
10. Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash.
11. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan
xarajatlar.
12. Moliyaviy investitsiyalar hisobi.
13. Aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda.
14. Qo‘shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda
aks ettirish.
15. Buxgalteriya balansi.
16. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa
va xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan voqealar.
17. Kapital qurilish bo‘yicha pudrat shartnomalari.
18. Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish.
19. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan
hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to‘g‘risida.
20. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya
hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar
rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil
etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan
foydalanish.
2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash-
tirilgan buxgalteriya bo‘limiga yuklash.
3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish.
Rahbar quydagilarni ta’minlashi shart.
1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini.
2. Xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini.
3. Buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini.
4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini.
5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni.
6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini.
7. Hisob-kitoblar o‘z vaqtda amalga oshirilishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |