O’ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«BUХGАLTЕRIYA HISОBI VA AUDIT»
KАFЕDRАSI
5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit” bаkаlаvriаt tа’lim yo’nаlishi
4-kurs tаlаbаsi (sirtqi)
Mamatov Suhrob Ilyos o’g’li tоmоnidаn yozilgаn o’quv
ishlаb chiqаrish malakaviy аmаliyoti bo’yichа
H I S О B О T
Amaliyot obyekti: AT Xalq Banki Shayhontohur filiali
Yo‟nаlish: 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit”
Bajardi:_________________________
Tekshirdi:_______________________
_
TOSHKENT – 2022
Mundarija
KIRISH.
ASOSIY QISM:
Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish, uning oldiga qo’yiladigan vazifalar
Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
Materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobi Mehnat va ish haqi hisobi 5. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi 6. Moliyaviy qo’yilmalar hisobi
7. Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini
kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
8. Tayyor mahsulot va ularning sotilishini hisobga olish
9. Xususiy capital va moliyaviy natijalar hisobi
10. Moliyaviy hisobot
11. Banklarda moliyaviy holati tahlili
12. Banklarda moliyaviy natijalarning tahlili
KIRISH
Amaliyot davrida men quyidagilarni bajardim va o’rgandim:
banklarda buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo’yiladigan vazifalarni;
buxgalteriya hisobini yuritishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini;
banklarda buxgalteriya bo’limida qo’llaniladigan dasturiy ta‘minotlar bilan ishlashni;
pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobini;
materiallar, inventarlar va xo’jalik jihozlari hisobini;
xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirishni;
xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi, korxonaning moliyaviy holati tahlilini.
Bundan tashqari, bankda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini hujjatlarda rasmiylashtirdim va hisobga olish tartibi bilan tanishdim; hisobkitob schyotining bank bo’limida ochilganligini aniqladim; hisob- kitob schyotidan ko’chirmaning bir necha kunligini ko’rdim mustaqil 1 nusxadan to’lov topshirig’i, to’lov talabnomasi, hisoblishish cheki va boshqa hujjatlarni to’ldirdim. Hisob - kitob schyotidan naqd pul olish uchun cheklarni bankka taqdim etdim va yozish tartibi bilan tanishdim. Hisob - kitob schyoti bo’yicha ma‘lumotlarni 2 - jurnal order va 2 - qaydnomaga yozilishni o’rgandim.
Kassa muomalalarini hujjatlarda rasmiylashtirdim va hisobga olish tartibi bilan tanishdim; kassa operatsiyalari yuzasidan 1-jurnal-order va 1- qaydnomalarini to’ldirish tartibi bilan tanishdim. Mustaqil ravishda 2 tadan kassa kirim va chiqim orderlarini yozdim, 1-3 kunlik kassa hisobotini tuzib, uni qayta ishlab, so’ngra malumotlarni 1 -jurnal-order va 1 - qaydnomaga yozdim.
Banklardagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lar (akkreditivlar, chek daftarchalari va hokazo) harakati hisobini yuritish tartibini o’rgandim; kassadagi pul o’tkazmalarining hisobi bilan tanishdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |