Bugungi kunda global internet tarmoqlar insonlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berishi bilan birgalikda, jamiyatda muayyan g‘oyaviy-axloqiy me’yorlarga ta’sir etmoqda



Download 160,73 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi160,73 Kb.
#390024
Bog'liq
virtual


Bugungi kunda global internet tarmoqlar insonlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berishi bilan birgalikda, jamiyatda muayyan g‘oyaviy-axloqiy me’yorlarga ta’sir etmoqda. Ilgari bu tarmoqlardan xavfsirash nisbatan kamroq edi, endilikda esa ikki jihatdan xavf ortgan. Birinchisi, hajm va qamrov jihatdan bo‘lib, internet izmatidan foydalanish arzonlashdi va kompyuteri mavjud bo‘lgan deyarli ko‘p xonadonlarda kuzatish mumkin. Kompyuter ilgarigidek tasavvurdagi biror moddiy mulk belgisi sifatida emas, balki oddiy ish quroli sifatida ko‘rinmoqda. Shuningdek, unga ega bo‘lish xuddi televizor sotib olishdek bo‘lib qoldi. Qolaversa, internet xizmatlaridan foydalanish nafaqat kompyuterda, balki qandaydir chegirmalar bilan mobil aloqa vositalarida ham kechmoqda. Demak, hajm va qamrov juda tezlikda o‘smoqda. Ikkinchisi, internet tarmog‘ida o‘ziga jalb etuvchi qiziqishni, moyillikni oshiruvchi vositalar o‘ylab topilib, taklif etilishidir. Masalan, ba’zi kompyuter o‘yinlarining yutug‘iga pul qo‘yilgan bo‘lib, ular ko‘proq sovrinli musobaqani emas, balki haqiqiy ma’noda qimorni eslatadi. Bu esa bolalar va yoshlar ongu shuurini egallash borasida internet tarmog‘i boshqa vositalarga qaraganda, yetakchi ekanligini ko‘rsatadi. Nielsen/Net Ratings kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi ilmiy-tekshiruv ishining natijasiga ko‘ra, butun dunyo tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda: birgina 2019-yilda Yevropada yosh avlod vakillarining 33 foizi onlayn tizimidan foydalangani kuzatilgan. 2012-yilda jahon axborot tarmog‘idan 13 million bola foydalangan bo‘lsa, 2020-yilda ularning soni allaqachon 75 milliondan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich kundan-kunga ko‘paymoqda. O‘z hayot mazmunini bunday onlayn tizimida ko‘rayotgan yoshlarning katta qismi — 4,5 millioni Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saytlardan ma’lumot izlaydi va chat (global tarmoqdagi suhbatxona)lar orqali muloqotda bo‘ladilar. Germaniyada hozircha 3 million va Fransiyada esa 1,5 million bola o‘z vaqtini, asosan, onlayn tizimida o‘tkazadi.

Kanadada 17 yoshgacha bo‘lgan 6 ming nafar bola o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, internetdan faqat axborot olish maqsadida foydalanilmas ekan. So‘rovda ishtirok etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning har 8/10 nafari uyda ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirgan. Kanada yoshlarining yarmidan ko‘pi internet va kompyuter texnologiyalarini ota-onalaridan yaxshiroq bilishlarini aytganlar. Ularning 80 foizi mustaqil ravishda internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bo‘lgan filtrlash dasturini o‘rnatib qo‘ymagani va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan oldilar. Umuman olganda, aksariyat ota-onalar, aniqrog‘i, ularning 65 foizi farzandlari internetdan faqat uy vazifasini tayyorlash uchun foydalanadi, degan fikrdalar. Kun tartibidagi mashg‘ulotlarni darajaga bo‘lsak, bunda yoshlar ilm olishni eng oxirgi o‘ringa qo‘yar ekan. Ular asosan, internet orqali musiqa tinglaydi, elektron manzilni tekshiradi, xullas, faqatgina vaqtichog‘lik qiladi. Yoshlarning uchdan ikki qismi Internetga yangi do‘stlar orttirish va kim bilandir suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 foizi bu munosabatlarni keyinchalik real hayotda davom ettirar ekan(Yuqoridagi manba).

Mamlakatimiz yoshlari va bolalari tomonidan kompyuter o‘yinlarini o‘ynash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra kompyuter o‘yinlariga qancha vaqt sarflaysiz? — savoliga 86% respondent 1–2 soat, deb javob qaytargan, 10% respondent 3–4 soat, 3,3% respondent 7 soat va undan ko‘proq vaqtni kompyuter o‘yinlari o‘ynash bilan o‘tkazishini aytgan. 0,7% respondent 5–6 soat vaqt davomida o‘yin o‘ynayman, deb javob qaytargan. Bir kunda o‘rtacha uzog‘i bilan 2 soatgacha kompyuter oldida o‘tirish mumkinligini hisobga olganda, umuman yomon ko‘rsatkich emas.

1-diagramma. Kompyuter o‘yinlariga qancha vaqt sarflaysiz?

Internet orqali kirib kelayotgan xavflarning yoshlardan ham ko‘ra bolalar ongiga ko‘proq ta’sir qiluvchi usuli — bu kompyuter o‘yinlari. Bugungi kunda kompyuter o‘yinlarining eng ommalashgan janri — bu ekshn (inglizcha action-harakat) bo‘lib, asosan, u jangari sahnalar, ur-yiqitlar, mushtlashuvlar, otishmalarni o‘z ichiga oladi. Ekshn inglizcha shuter (otib tashlamoq), fayting (kurash), shuningdek, vahima, qo‘rquv (survival/horror) so‘zlari bilan uyg‘un holda qo‘llaniladi. Masalan, «Call of duty», «Mortal Kombat», F.E.A.R., «Silent Hill» kabilardir (O‘sha manba. — B.92.). Ommalashgan kompyuter o‘yinlari bo‘yicha matereyting.ru sayti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinlar reytingi quyidagicha baholangan:

1. «Minecraft»

2. «Portal-2»

3. «The Elder Scrolls-5: Skyrim»

4. «Yalmog‘iz-2: qirolni o‘ldirish»

5. «Deus Ex Human Revolution»

6. «FIFA-12»

7. «Shogun-2 Total War»

8. «Dead Space-2»

9. «Battlefield» (www.matereyting.ru)

Yuqoridagi o‘yinlarning orasidan faqatgina bittasi futbol o‘yiniga asoslangan — «FIFA-2012»ni bolalarning axloqiy tarbiyasiga zid kelmasligini ta’kidlash mumkin. Qolganlari bolalar ma’naviy ongini zaharlashga, ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan o‘yinlardir. Masalan, ular orasida shunday mazmundagi o‘yinlar bor: o‘yin qahramoni o‘rni kelganida boshqa begona chorasiz «qahramonlar» bilan uyushib harakat qilishiga ham to‘g‘ri keladi. Qiyin vaziyatdan chiqib olgach esa, ular bir-biriga qarshi urishadi. Chunki «sen o‘ldirmasang, seni o‘ldiradilar» aqidasi o‘yinning qoidasidir. Boyagina bir-biriga «yordam» bergan hamkorlar bir-birini «o‘ldiradi». Ushbu jarayon bolani faqat dushmanlik ruhida tarbiyalab, maqsadsiz bo‘lib, voyaga yetishiga turtki bo‘ladi. Internet o‘yinlari orqali «ommaviy madaniyat» tahdidlarining kirib kelishi, aynan, mazkur holatlarda kuzatiladi. Shu yerda yana bir narsaga e’tibor qaratsak. Bolani ongida kechayotgan virtual olamdagi zo‘ravonlik, sotqinlik, behayolik, o‘g‘irlik, buzuqlik ertaga real hayotga ko‘chmaydi deb, hech kim kafolat berolmaydi. Aynan «ommaviy madaniyat» tahdidlarining mana shu jihatlari mamlakatimizda yosh avlodning barkamol bo‘lib, voyaga yetishida to‘siq bo‘ladi.

Shu o‘rinda mamlakatimizda yoshlar orasida kompyuter o‘yinlarini o‘ynashga oid o‘tkazilgan so‘rovnomalardan «Siz qanday kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni yoqtirasiz?» — degan savolga respondentlarning 29% sport o‘yinlarini (FIFA va boshqalar) deb, javob qaytarganlar. 21% respondent harbiy (Counter Strike, Call of Duty, WORLD AT WAR va boshqalar), 20% respondent avtopoygalarni (Speed Under Ground, Raced River GRID va boshqalar) deb, javob berganlar. 11% respondent strategik (Age of Empires III va boshqalar), 10% fantastik (Crisis, Devil may cry va boshqalar), 9% respondent rolli, dizayn bo‘yicha o‘yinlarni (Sims 3 va boshqalar) o‘ynashlarini aytib o‘tganlar.


2-diagrammа. Siz qanday kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni yoqtirasiz?

Yuqoridagi diagrammadan ham ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz yoshlari xorij yoshlariga nisbatan kompyuter o‘yinlarining asl maqsadalarini anglab yetgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo bular orasida mavjudlarining oldini olish bugungi davr nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Shu yerda «BBC News» ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, «Germaniyadagi mutasaddilar mamlakatdagi internet tarmog‘ida ishlovchi 12 ming kishini bolalar pornografiyasiga oid material almashuv tarmog‘i a’zosi deb gumon qilgan. UPI agentligining qayd etishicha, ulardan 1700 nafariga ayblov e’lon qilingan. 2008-yilning yoz faslida boshlangan global reyd Saksoniya-Anxalt federal hududida 300 nafar gumondorning xatti-harakatini tekshirishdan start olib, ushbu tadbir butun dunyoning 70ta mamlakatida davom etib kelayapti. Associated Press axborot agentligining ilk xabariga asoslangan mazkur jinoyatning ochilishida internet-provayderlardan birining axboroti dalil bo‘lgan. Ushbu jinoyatda bolalar pornografiyasini targ‘ib etuvchi portalga kirish bilan bog‘liq juda ko‘p holatlar aniqlangan». Ushbu o‘rinda Yurtboshimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish mumkin: «Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurti-mizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim» (Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008, 15-b.). Shu nuqtai nazardan, ushbu jarayonlarni qanday maqsadga yo‘naltirilganligini anglab yetishda yoshlar hayotida ota-onalarning nazorati qay darajadaligini bilish maqsadida so‘rovnoma savollari orasida «Kompyuter o‘yinlari o‘ynashingizni ota-onangiz nazorat qiladimi?» — degan savolni qo‘ydik. Mazkur savolimizga respondenlarning javoblari quyidagi ko‘rinishda aks etdi: ha, doimo nazorat qiladilar, deb 49% respondent javob qaytargan bo‘lsa, 33% respondent «ha, ba’zan nazorat qiladilar», deb javob berganlar. 18% respondent «yo‘q, men mustaqilman, meni kimdir nazorat qilishi shart emas» — ko‘rinishidagi javobni berganlar.

3-diagrammа. Kompyuter o‘yinlari o‘ynashingizni ota-onangiz nazorat qiladilarmi?

Mavzu doirasida guvohi bo‘lganimizdek, dunyoda sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy sharoitlarda global axborot muhitining shakllanishi, axborot-kommunikatsiya va internet texno-logiyalarining jamiyat va mamlakat hayotining barcha sohalariga kirib borayotgan bir paytda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish muammolari dolzarb tus olmoqda. Bugungi kunda voyaga yetmagan yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan internetda mavjud salbiy ma’lumotlarga zo‘ravonlikni, axloqsizlik, behayolikni, shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi ma’lumotlar, real muloqot ko‘nikmalarini yo‘qolishiga va insonlararo munosabatlar rivojlanishini susaytirishga oid hamda o‘zbek xalqining milliy-madaniy qadriyatlariga zarar yetkazishga olib keladigan axborotlar, tanishuvlar saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloklar, chatlar kabi resurslarni o‘z ichiga olgan xavf-xatarlar kiradi.


Xulosa

Bu borada bajariladigan vazifalarimiz yuza-sidan quyidagi xulosalarni berish mumkin:

Birinchidan, axborot almashinishi, aloqa, yosh avlodni rivojlantirish va tarbiyalash uchun internet muhitni xatarsiz, etik va qulay qilish maqsadida ijtimoiy birlashish yo‘li orqali ko‘rsatmalar ishlab chiqish. Ikkinchidan, Internet va kompyuter o‘yinlarining salbiy ta’siridan o‘smir yoshlarni himoya qilish texnik metodlarni ishlab chiqish va tatbiq etishdan iborat. Bu borada asosiy maqsad davlat hokimiyati organlari ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan jamlanma dasturlar tadbirlari, tadqiqot va ta’lim loyihalari orqali O‘zbekistonda yoshlar internetdan xatarsiz foydalanishlarini ta’minlaydigan texnologik vositalar va metodlarni ishlab chiqish hamda kengroq tashviq etishdan iborat. Bularning barchasi O‘zbekistonda o‘sib kelayotgan avlodni milliy an’analar va xalq ma’naviy qadriyatlarini, Vatanni sevish va mas’uliyatni his etish ruhida tarbiyalashga imkon beradi. Ma'lum bo'lishicha, hamma narsa o'lchov va o'zgaruvchanlik ma'nosida dam oladi. Virtual haqiqat odamning barcha bo'sh vaqtini egallab olmasligi kerak, shuningdek, uni shafqatsizlikka olib, tajovuzkorlik va psixologik kasalliklar rivojlanishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Bu dam olish variantlaridan biri, sport bilan birga, toza havoda yuradi, kitoblarni o'qish, film tomosha qilish, do'stlar bilan uchrashuvlar .

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Islom Кarimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — T.: Ma’naviyat, 2008.

3. Axborot asrida ta’lim-tarbiya / — Т.: Akademnashr, 2012. — Б.108

4. Мaклюэн М. Пoнимaниe мeдиa: внeшниe рaсширeния чeлoвeкa. — М.; Жукoвский, 2003. — С. 80

5. Бaрт Р. Мифoлoгии. — М., 2019. — С. 56

Internet resurslari:



  1. www.Kun.uz

  2. www.Paverakov.ru

  3. www.uz.infocom.uz

Download 160,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish