Bug'doy morfologiyasi va turlari


Sudan o‘ti afrika qo‘nog‘ini - yetishtirish texnologiyasi



Download 59,77 Kb.
bet14/15
Sana09.06.2022
Hajmi59,77 Kb.
#646835
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O\'simlikshunos -6 mavuz

Navlari. Chimboy yubileynisi. Shirokolistnaya-2. Odessa-25.

Sudan o‘ti afrika qo‘nog‘ini - yetishtirish texnologiyasi


Almashlab ekishdagi o‘rni. O‘zbekistonda sudan o‘ti asosansug‘oriladigan yerlarda o‘stiriladi. U qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsada,sug‘orishlarga juda ta’sirchan. Almashlab ekishlarda sudan o‘ti dukkaklidon ekinlari, g‘o‘za, makkajo‘xori, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar, kuzgi donekinlaridan keyin joylashtiriladi.
Sudan o‘tidan keyin turli qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishmumkin. Ammo ekinlarni sudan o‘tidan keyin joylashtirishda uninghosili bilan juda ko‘p oziqa elementlarini ayniqsa, azotnio‘zlashtirishini hisobga olish lozim, aks holda hosildorlik kamayadi.
Qo‘noq dalani o‘zidan keyin begona o‘tlardan toza qoldiradigan, qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin ekiladi.
Tuproqni ishlash, o‘g‘itlash. Sudan o‘ti uchun tuproq bahori donekinlariniki singari tayyorlanadi. Yerni kuzgi shudgor qilishdan oldinorganik va ma’danli o‘g‘itlar solinadi. Chirigan go‘ngni qo‘llash (18-20 t/ga)pichan hosilini 23-26% oshiradi.
Sudan o‘ti o‘g‘itlarga ayniqsa azotli o‘g‘itlarga juda ta’sirchan.Ma’danli o‘g‘itlarning o‘rtacha yillik me’yori quyidagicha: azot –150-200 kg,kaliy 20-40 kg, fosfor 50-100 kg/ga. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlarningyillik me’yori haydash oldidan, azotli o‘g‘itlarning 100-120 kg ekishdanoldin, 50-70 kg birinchi o‘rimdan keyin beriladi. Sho‘r tuproqli yerlarda,sho‘r yuvilgandan keyin fosforli, kaliyli va organik o‘g‘itlar solinadi.
Kuzgi shudgor optimal muddatda, PN-3-35 yoki PD- 3-35 pluglaribilan sifatli qilib o‘tkaziladi. Keyin GN-4 (GN-2,6) greyderlari bilanjo‘yaklar, notekis joylar tekislanadi.
Erta bahorda sho‘ri yuvilgan, kuzgi shudgor qilingan maydonlardatuproqning yetilishi bilan, begona o‘tlarni yo‘q qilish, dalani tekislash,namni saqlash maqsadida BZTS-1,0 boronalari bilan ikki izli qilib,zanjirli traktorlar bilan boronalash o‘tkaziladi. Dalani ekish oldidantekislash ishlari o‘tkaziladi. Tekislash ishlari VP-8 yoki MV-6,0tekislagichlari yordamida bajariladi.
Sho‘ri yuvilgan dalalar ChKU-4 chizel kultivatori bilan ishlanadi vabir yo‘la fosforli, kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Shamol ko‘p bo‘ladiganmintaqalarda chizellash boronalash bilan bir paytda o‘tkaziladi. Ildizpoyali ko‘p yillik begona o‘tlar bilan ifloslangan dalalarda chizellash,diskali boronalash bilan o‘tkaziladi (BDT-3), keyin tekislash ishlario‘tkaziladi.
Qo‘noqqa tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berish sudan o‘ti kabidir. Urug‘ni ekishga tayyorlash. Ekish uchun 1 va II sinf talabalarigajavob beradigan, sifatli urug‘lardan foydalaniladi. Ekishdan 20-24 kunoldin 1 ts urug‘ 2 kg panoktin yoki 1,5 kg raksil bilan ishlanadi. G‘umayurug‘larini bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik talab etiladi.
Qo‘noq urug‘lari konditsiya talablariga javob beradigan urug‘lar ekiladi.
Qo‘noqni 10 sm chuqurlikdagi harorat 10 S ga yetganda ekish kerak. Ko‘k o‘t, pichan uchun yoppasiga qatorlab, urug‘ uchun esa keng qatorlab (45-60 sm) ekiladi. Ekish muddati. Sudan o‘tidan yuqori hosil olishda eng maqbul ekishmuddatlarini aniqlash juda muhim. Ekish muddatlarini aniqlashda agroiqlim sharoit, navning biologik xususiyatlari hisobga olinadi.Urug‘lar ekiladigan chuqurlikda, urug‘larning unishi uchun zarur bo‘lganharorat bo‘lganda ekish boshlanadi. Ekish muddatlarini belgilashdaxo‘jalik uchun mahsulot qaysi davrda kerakligi ham hisobga olinadi.Shuning uchun bahorda eng maqbul ekish muddatini belgilash bilan birqatorda ang‘iz va takroriy ekish muddatlari ham aniqlanadi.Sudan o‘ti morfologik belgi va xususiyatlariga, mahsuldorligiga,rivojlanishiga ekish muddatlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simlikning bo‘yi va barglar soni erta ekilishdan kech ekilishiga tomon50100 sm kamayishi mumkin. Urug‘larning ekish unib chiqish davri 5-
19kunga, unib chiqish, tuplanish davri 14-20 kunga, ro‘vaklashi 29-31 kunga,gullashi 4-15 kunga o‘zgarishi mumkin. Harorat ko‘tarilishi bilan fazalarning o‘tishi tezlashadi. Kech ekilganda ham rivojlanish fazalariningo‘tishi tezlashadi.
Sudan o‘ti erta ekilganda bir necha o‘rib olinadi. Kechki muddatdasudan o‘tini ang‘izga va takroriy ekish yaxshi natija beradi. Ang‘izda avgustoyida ekilganda ham 100-200 ts/ga yashil massa hosilini olish mumkin.Erta ekilganda tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorati 10-12 0Sqiziganda ekishga kirishiladi.
Sudan o‘tidan yashil konveyer tashkil qilishda ham foydalaniladi.Eng yuqori hosil erta muddatda ekilganda olinadi.

Download 59,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish