Bugalteriya va audit


FIRMA TUSHUNCHASI VA UNING TURKUMLANISHI



Download 318,85 Kb.
bet3/8
Sana22.07.2021
Hajmi318,85 Kb.
#125813
1   2   3   4   5   6   7   8
FIRMA TUSHUNCHASI VA UNING TURKUMLANISHI

Bozor xo'jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo amaliyotda ko'pincha korxona so'zi ko'p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma so'zlarining terminologik farqlarini korib chiqsak.

  1. Korxona - bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko'rinishdagi tashkilot bo'lib, u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug'ullanadi.

  2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo'lgan va o'ziga qarashli bo'lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo'jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi.

Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Ozbekiston Respublikasining 2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida”gi qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati” tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi.
Firmalarni turli mezonlar bo'yicha turkumlash mumkin (1-rasm):

  1. Huquqiy maqomi bo'yicha:

  • jismоniy shахs;

  • yuridik shахs.

  1. Mulkchilik shakli bo'yicha:

  1. Band bo'lgan xodimlar soni bo'yicha:

  • yakka tаdbirkоr;

  • mikrоfirmа;

  • kichik korxona;

yirik korxona.





1-rasm

4.Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha:

  • yakka tartibdagi tadbirkоrlik;

  • xususiy firma;

  • оilaviy kоrxоna;

  • fermer xo'jaligi;

  • dehqоn xo'jaligi;

  • to'liq shirkat;

  • kommandit shirkat;

  • mas'uliyati cheklangan jamiyat;

  • qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat;

  • aksiyadоrlik jamiyati ;

  • ishlab chiqarish kооperativlari;

  • unitar korxona va bоshq.



  1. Faoliyat yo'nalishi bo'yicha:

  • ishlab chiqarish yo'nalishidagi;

  • xizmat ko'rsatish yo'nalishidagi;

  • tijоrat yo'nalishidagi;

  • mоliyaviy yo'nalishdagi;

  • kоnsalting (maslahat) yo'nalishidagi va bоshq.

  1. Tarmoq tarkibi bo'yicha:

  • sanoat;

  • qishtoq xo'jaligi;

  • savdо va umumiy оvqatlanish;

  • xizmat ko'rsatish;

  • transport va alоqa;

  • uy-joy va kоmmunal xo'jaligi;

  • qurilish;

  • mоliya;

  • ta'lim va fan;

  • bоshqa sоhalardagi.

Amaldagi qonunchilikka kora, tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug'ullanish mumkin. O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek,, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir.



“Fuqarolik Kodeksi”ning 39-moddasiga muvofiq: “o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya'ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.

Mulk shakli bo'yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi:

  • yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari, xususiy firmalar);

  • hamkorlikdagi mulk egaligi (xo'jalik shirkatlari (to'liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qoshimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo'jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.);

  • korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).

Yakka mulk egaligi o'z manfaatlari yo'lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli bo'lib, bo'linmasdir.


Download 318,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish