Tranzit schyotlar deganda hisobot davrida korxonaning daromad va harajatlarini hisobga olish uchun qo‘llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa ega bo‘lmaydigan schyotlar tushuniladi.
Balans tomonlarida joylashishiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari aktiv, kontraktiv, passiv, kontrpassiv schyotlarga bo‘linadi.
Aktiv schyotlar – korxona aktivlarini aks ettirishga muljallangan schyotlar.
Passiv schyotlar – korxona aktivlarini tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga muljallangan schyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |