Bugalteriya hisobi schotlari rejasi reja: Bugalteriya hisobi Schotlar rejasi Schyotlar



Download 21,72 Kb.
bet9/9
Sana28.09.2021
Hajmi21,72 Kb.
#188219
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bugalteriya hisobi schotlari rejasi

Kredit oborot - bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi.


  • Oxirgi qoldiq - bu schyot bo‘yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «oxirgi saldo» ham deb ataydilar.

    Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi foydalanuvchilami boshqaruvga oid xo‘jalik qarorlarini qabul qilishlari uchun zarur bo‘lgan to‘- liq, ishonarli moliyaviy axborot va hisobot bilan o‘z vaqtida ta'minlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi obyektlari bo‘lib korxona, tashkilot va muassasalaming barcha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning siljishi bilan bog‘liq barcha xo‘jalik operatsiyalari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi obyektlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: xo‘jalik vositalari, ulaming manbalari va xo‘jalik jarayonlari. Har bir korxona xo‘jalik vositalariga ega bo‘ladi. Xo‘jalik vositalariga korxonadagi mavjud bo‘lgan jami mol-mulk kiradi. Mazkur mablag‘lar aktivlar deb nomlanadi. Aktivlar korxonaning mulkchiligida bo‘lib, ma’lum qiymatga ega holda kelajakda iqtisodiy naf keltirish manbayi hisoblanadi. Korxona aktivlari turlari bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: uzoq muddatli va aylanma Goriy) aktivlar. Uzoq muddatli aktivlarga korxonada uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan vositalar kiritiladi. Aylanma mablag‘lar bir ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiladigan va o ‘z qiymatini mahsulot narxiga bir davrning o‘zida o ‘tkazadigan aktivlar kiradi. Aylanma mablag‘larga xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i, tugallanmagan ishlab chiqarish va hokazolar kiradi. Asosiy vositalarga ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladigan, foydalanish jarayonida asta-sekin eskiradigan va o ‘z qiymatini mahsulot qiymatiga eskirish miqdorida qo‘shib boradigan mehnat vositalari kiradi. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, jihozlar, hisoblash texnikasi va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar deb tabiiy-moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, uzoq muddat ishlab chiqarishda yoki korxonani boshqarishda foydalaniladigan, shuningdek qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatini yaratuvchi vositalarga aytiladi. Bularga tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, patent, litsenziyalar, savdo belgisidan foydalanish huquqi va hokazolar kiradi. Kapital qo‘yilmalarga asosiy vositalar foydalanishga topshirilgunga qadar ularni sotib olish uchun korxonaning sarf-xarajatlari kiradi. Moliyaviy qo‘yilmalar deb uzoq muddatli yoki qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar: aksiya, obligatsiyalarni sotib olish uchun sarflangan qiymatlarga aytiladi. Ishlab chiqarish zaxiralariga ishlab chiqarish yoki ish bajarish, xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, idish, ehtiyot qismlar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar zaxiralariga kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish deb barcha ishlov bosqichlaridan. Ushbu korxonada joriy etilgan sinovlardan o‘tmagan, butlanmagan hamda texnik nazorat yoki buyurmachi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotga aytiladi. T aw or mahsulot deb korxonada barcha ishlov bosqichlaridan o‘tgan, standartlar va texnik shartlar talabiga javob beradigan, texnik shartlar talabiga javob beradigan, texnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul qilingan va tayyor mahsulot omboriga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Pul mablag‘lariga kassadagi naqd pul, talab qilinadigan depozitlar hamda hisob-kitob, valyuta yoki bankdagi boshqa hisobvaraqlardagi m ablagiar kiradi. Debitorlik qarzlari deb ushbu korxonadagi qarzini to‘lamagan, ya’- ni qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslaming qarziga aytiladi
    Download 21,72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish