Bug’ va gaz qurilmalari


Ko'p pog'onali o'qli kompressorlarning xarakteristikalari va ish rejimlari



Download 6,06 Mb.
bet72/85
Sana30.12.2021
Hajmi6,06 Mb.
#94374
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
bug gaz qurilma MMT

2. Ko'p pog'onali o'qli kompressorlarning xarakteristikalari va ish rejimlari.

Energetik GTQlarning ko'p pog'onali o'qli kompressorlari ish jismi sarfini va uni siqish darajalarini keng o'zgarishlar diapazonida ishlaydi. Ishga tushirish va to'xtatish jarayonlarida kompressor aylanishlar chastotasini hisobiy ko'rsatkichlaridan kichik qiymatlariga teng ko'rsatkich hosil qiladi, kompressorga kirishdagi gaz yoki havoning parametrlari uzluksiz o'zgaruvchan bo'lishi mumkin.

Kompressorlarni loyihalash va uning FIK, gaz sarfi, bosimni ko'tarilish darajasini aniqlash hisobiy ish rejimlari uchun Xalqaro standartlash tashkiloti (ISO) normalariga muvofiq (2314 hujjat) amalga oshiriladi. Unga ko'ra havoning parametrlari: harorat Тt.h = 15 °S, bosim pt.h = 0,1013 MPa, namlik dt.h = 60 % va yuklama nominal. Bu rejimda pog'onaning oqim qismini o'tish kesimining yuzasi, kurak moslamasini geometrik o'lchamlari vaboshqa parametrlari aniqlanadi.

Kompressorning boshqa ishlash rejimlari o'zgaruvchan bo'lib, ular tashqi havoning harorati va qurilma yuklamalaridan kelib chiqib o'zgarib turadi. Kompressorning ish rejimlarini ish jismining asosiy parametrlariga ta'sirini aniqlash uchun bosimning ko'tarilish darajasi va FIKni havoning sarfiga bog'liqligidan foydalaniladi (47–rasm). Qo'llanilayotgan analitik bog'liqliklar jarayonga o'z ta'sirini ko'rsatuvchi ko'plab faktorlar ta'sirida aniq emas. Shuning uchun ham kompressorning xarakteristikalarini sinovlar asosida, zamonaviy uch o'lchamli hisoblash algoritmlar yordamida tuziladigan matematik modellar va mavjud analoglarni tahlil qilish asosida quriladi.muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan kompressor konstruksiyasi firma tomonidan ko'p karrali takomillashtiriladi, pog'onalarining gabarit o'lchamlari masshtablari kattalashtiriladi, boshlang'ich va qo'shimcha pog'onalar qo'shiladi va h.k.

Absolyut parametr ko'rsatkichlari bo'yicha kompressor xarakteristikalarini qurish mumkin. Bunda asosiy parametrlar kompressor rotorining aylanishlar chastotasining fizik ko'rsatkichlari nφ = n1, n2, … n6 qatorini hajmiy bog'liqligi Vk yoki Gh sanaladi (47,a – rasm). Energetik tizimda ishlatilayotgan energetik GTQlarning o'qli kompressori uchun nφ = const va ish jarayoni uchun bir xil aylanishlar chastotasi etarli bo'ladi. Ishga tushirish va to'xtatish jarayonlarida bu ko'rsatkich o'zgaradi nφ > n. nφ = const chizig'ida yuklama va gazlar haroratiga bog'liq ravishda energetik GTQning ish rejimi nuqtalari yotadi. Har bir rejim uchun FIK ko'rsatkichiga mos keluvchi o'zining bosim ko'tarilish darajasi va havoning hajmiy sarfi mavjud bo'ladi. Bu xarakteristikalar tashqi havoning turli parametrlarida o'zgaradi va shuning uchun ham ularning qiymatini ISO normalariga moslashtirish talab etiladi. Ushbu maqsad uchun kompressorning universal xarakteristikasi deb nomlanadigan tavsifdan foydalaniladi (2,b –rasm).bu xarakteristikalarning argumentlari gidrodinamik o'xshashliklar nazariyasiga ko'ra aniqlanadi. Hammasidan ham keltirilgan parametrlar deb nomlanuvchi kattaliklardan foydalanish maqsadga muvofiq:

47 – rasm. Kompressorning asosiy parametrlarini uning ish rejimiga, parametrlarning absolyut ko'rsatkichi bo'yicha (a) va universal parametrlar bo'yicha qurilishiga bog'liqligi.

a) nisbiy keltirilgan aylanishlar chastotasi:

, (23)

bu yerda = 15 °C (ISO bo'yicha); - kompressorning qaralayotgan ish rejimida tashqi havo harorati, °C. Rasmda tasvirlangan egri chiziqlar izodromalar deb ataladi. Hisobiy rejimlar uchun = 1, keltirilgan aylanishlar chastotasida esa quyidagicha aniqlanadi:

nпр = nφ; (24)

b) havoning keltirilgan nisbiy sarfi:



, (25)

Download 6,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish