NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBDAN CHIQARISHNI HISOBGA OLISH HAMDA NOMODDIY AKTIVLAR XOLATI VA XARAKATI BO‘YICHA HISOBOTLARNI TUZISH
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
Kirish Bugungi kunda bozor munosabatlari sharoitida hisob ob’ektlarini yangi ko‘rinishlari yuzaga kelishi barcha xo‘jalik sub’ektlari bo‘lgani kabi budjet tashkilotlarida ham bo‘lmoqda. Shular jumlasidan moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari bo‘lgan nomoddiy aktivlarni keltirish mumkin.
Ma’lumki nomoddiy aktivlar moddiy ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan mablag‘larning bir turi bo‘lib xo‘jalik sub’ekti faoliyatida asosiy vazifalarni bajaradi. Shuning uchun budjet tashkilotlarida ham nomoddiy aktivlar hisobi alohida yuritiladi va ular bo‘yicha tegishli buxgalteriya axborotlari shakllantiriladi. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ob’ektlari hisobini yuritishning uslubiy asoslari shu jumladan nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirilmoqda.
Xalqoro standartlar talablaridan kelib chiqib qabul qilingan “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” yo‘riqnomani qabul qilinishi nomoddiy aktivlar xisobini tashkil etish va yuritishda yangi tartib o‘rnatilishiga asos bo‘ldi. O’rnatilgan yangi tartibga muvofiq nomoddiy aktivlar hisobini nazariy va amaliy jihatlarni ilmiy tadqiq etishni talab etmoqda. Shu jixatdan referat mavzusi bugungi kunda dolzarb masalardan biri sifatida qaralmoqda.
Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi tufayli korxona mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini, shuningdek, ularning harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lgan va tegishli nazorat o‘rnatilishini talab etuvchi xo‘jalik mablag‘larining yangi turlari paydo bo‘ldi.