2. Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil qilishnini me’yoriy xuquqiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish borasida xuquqiy asoslarni shakllanishini ta’minlab berdi. Ushbu qonun asosida hisob ob’ektlari bo‘yicha bir necha nizomlar qoidalar qabul qilindi (1.2.1-rasmga qarang). Shular jumlasidan nomoddiy aktivlar hisobini aloxida qayd etish lozim.
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ni (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 22 dekabr 2010 yilda 2169-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) 2011 yil 1 yanvardan kuchga kirishi buxgalteriya ob’ektlarini shu jumladan nomoddiy aktivlar hisobini xalqoro standartlar talablari darajasida hisobini tashkil etish imkoniyati yuzaga keldi.
Nazorat funksiyasida - byudjet mablagiaridan maqsadli foydalanish mulklami saqlanishi, tayinlanishi bo‘yicha sarflanishi tizimi yoiga qo‘yiladi. Byudjet hisobida nazoratni uchta turi qo‘llaniladi: dastlabki nazorat, joriy nazorat, keyingi nazorat. Dastlabki nazorat - smetalami tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishining oldi olinadi. Joriy nazorat - byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir boigan muomalalarini qonuniyligi, pul mablagiarini oqilona sarflanishi, hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Nazorat funksiyasida - byudjet mablagiaridan maqsadli foydalanish mulklami saqlanishi, tayinlanishi bo‘yicha sarflanishi tizimi yoiga qo‘yiladi. Byudjet hisobida nazoratni uchta turi qo‘llaniladi: dastlabki nazorat, joriy nazorat, keyingi nazorat.
manba:2 “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi cab.uz
1.2.1 – rasm. Nomoddiy aktivlar hisobini me’yoriy-xuquqiy asoslari.
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ga asosan budjet tashkilotalarida nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etishning tashkiliy, texnik, uslubiy jixatlari belgilandi. Bunda ushubu yo‘riqnomaga asosan nomoddiy aktivlarni xisobda aks ettirish talablari qo‘llaniladigan buxgalteriya xujjatlari, schet hamda hisob registrlarini yuritilishi ko‘rsatildi. Ushbu yo‘riqnomada Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari ekanligi qayd etildi.
Yo‘riqnomada nomoddiy aktivlar hisobini 030 schyoti yuritilishi va tegishli buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartiblari belgilangan.
Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uslubiy tavsiyalari berilishi mumkin. Budjet tashkilotlari tomonidan hisob siyosatida nomoddiy aktivlar bo‘yicha qo‘llaniladigan ishchi schyotlar, xujjatlar aylanish grafiklari tasdiqlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan me’yoriy xuquqiy asoslar bevosita nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, bilvosita nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etishni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarga qator qonuniy xujjatlarni keltirish mumkin.
2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi hamda 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunlari ham budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish, xarajatlar smetasi ijrosini olib borish va uni nazorat qilish, shuningdek budjet ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tuzish, taqdim qilish va boshqa bir qator asosiy qonunchilik normalari aytib o‘tish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar, jumladan, 1999 yil 3 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori ham nomoddiy aktivlar hisobini tashkil qilish jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning hisoblanadi.Chunki budjet moliyalashtirishning 4gurux xarajatalri tarkibida nomoddiy aktivlarni yaratish yoki sotib olish masalalari nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |