Budjet hisobi


partiyalarni moliyalashtirish



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/128
Sana20.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#124523
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Bog'liq
budjet tasnifi unlocked (1)


partiyalarni moliyalashtirish
 xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlat 
ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to‘lash; 
 davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va 
yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar;  
 mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, bojxona 
organlariga ajratiladigan mablag‘lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar 


 
80 
organlarida, bojxona organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar hamda ularning 
oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, shuningdek qonun 
hujjatlariga muvofiq faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika 
budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga 
ajratiladigan mablag‘lar; 
 qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar.  
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan: 
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy  budjetlariga subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va 
dotatsiyalar;  
 davlat maqsadli jamg‘armalariga budjet ssudalari va dotatsiyalar; 
 yuridik shaxslarga budjet  ssudalari va kredit liniyalari hamda chet 
davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi 
Budjet kodeksining 71-moddasi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning 
viloyat  budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar 
amalga oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu 
jumladan: 
 umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan 
tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa 
yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari
 bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun 
hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, 
viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va 
maqsadli tadbirlar xarajatlari;  


 
81 
 Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va 
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va 
dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish 
va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati 
va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi 
instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi 
boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab 
turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
respublika  budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining 
shahar  budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash 
xarajatlari; 
 qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;  
 hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi 
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek 
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish 
xarajatlari;  
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;  
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-
uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish 
markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini 
ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
 shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni 
cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni 
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini 
qoplash xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 


 
82 
 qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu 
jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga 
haq to‘lash, shuningdek yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;  
 uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;  
 suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish
 aholi punktlarini obodonlashtirish;  
 shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo 
qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar 
xarajatlari;  
 qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish 
xarajatlari; 
 3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan 
investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 
 4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: 
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab 
turish xarajatlari; 
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini 
shakllantirish xarajatlari; 
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi 
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini 
qoplash xarajatlari; 
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari  hisobidan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat  budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va 


 
83 
shaharlar  budjetlariga  budjet  ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib 
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish