12
va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan
markazlashtirilgan pul jamg‘armasi;
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida
paydo bo‘lgan bo‘lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot
sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir
. Har bir davr
ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy
belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi
sifatidagi
mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda davlat budjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini
ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot
(milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat
taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, fan,
madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga
yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
O‘zining mohiyatiga ko‘ra, davlat budjeti mamlakat moliya tizimining
tarkibiy qismidan iborat bo‘lib, shunga mos ravishda u
moliya tizimiga tegishli
bo‘lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha
funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat budjeti faqat o‘ziga xos
bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat
budjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda
markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan
biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir
mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi
bo‘lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning
moddiy va moliyaviy
resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan
namoyon bo‘ladi.
Davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo‘g‘ini, qayta taqsimlash
munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet orqali milliy daromad qayta
taqsimlanadi. Budjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa
bo‘g‘inlariga nisbatan katta miqdorni tashkil etadi. Budjet orqali qayta taqsimlash
13
davlat moliyasi tarkibida markaziy o‘rinda.
Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli o‘laroq,
ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud:
1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;
2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - ijtimoiy takror ishlab
chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan YaIM va milliy
daromadning taqsimlanishi
jarayonida davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun
zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
bilan bog‘liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir.
Huquqiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - davlat pul mablag‘larining
(shu jumladan,
davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining)
markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan
tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun
ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Moddiy ma’noda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat
idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul
mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni
budjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda budjetning
aynan ana shu
moddiy ma’nosi ko‘zda tutiladi.
Budjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- YaIMni qayta taqsimlash;
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish;
- budjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash va davlatning
ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: