Budjet hisobi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/128
Sana20.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#124523
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
budjet tasnifi unlocked (1)

 
 


 
14 
2. Budjet tasnifining mohiyati, zarurligi va ahamiyati  
Budjet daromadlari va xarajatlarining tushish manbalarining turli 
tumanligi, moliya-budjet munosabatlarining murakkabligi sharoitida davlat 
moliyasini boshqarishni pul oqimlarini xarakatining qonuniy tasdiqlangan 
yagona tizimisiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu maqsadda, tarkibiy bir-biriga 
yaqin budjet ko‘rsatkichlarni umumlashtrish yo‘llaridan biri bo‘lib 
hisoblanadigan muxsus budjet tasnifi xizmat qiladi. Budjet tasnifi o‘z vazifa va 
funksiyalarni bajarish uchun mablag‘larni qanday sarflashni ko‘rsatib beradi. 
Budjet tasnifi smetalarni va budjetlarni umumiy jamlanmaga birlashtirish 
uchun sharoit yaratadi, ularni ko‘rib chiqishni soddalashtiradi va iqtisodiy tahlil 
qilish imkoniyatini yaratadi, budjet ijrosi nazorati va mablag‘larni o‘z vaqtida 
to‘liq jamlanishini soddalashtiradi, hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi 
ustidan nazoratni osonlashtiradi. Budjet tasnifi budjet ijrosi bo‘yicha 
hisobotlardagi daromadlar va xarajatlarni solishtirish va budjdet mablag‘lari 
sarflanishida moliyaviy intizomga rioya etilishini kuzatish imkoniyatini yaratadi. 
Davlat moliyasi aniqrog‘i, davlat budjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, 
bu o‘z navbatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan budjet jarayonining hamma 
bosqichlarini  bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday 
tizimlardan biri bu budjet tasnifidir. 
Iqtisodiy adabiyotlarda budjet tasnifining umumiy tamoyillariga, davlat va 
mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni 
guruhlashtirish  va budjet tasnifidan optimal ravishda foylanishga qaratilgan 
muhim fikrlar berilgan. Shuningdek, davlat va mahalliy budjetlar jarayonida 
tasnifning iqtisodiy mohiyati va uning roli to‘g‘risida ham ko‘p ta’kidlab 
o‘tiladi. Bunda budjet daromadlari va xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy 
hayotidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, 
tasnifni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish, iqtisodiyotning tarmoqlari 
bo‘yicha mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi.  
Budjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, budjet daromadlari 
va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uni 


 
15 
boshqarishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va budjet 
sarflarining yo‘nalishini aniqlab olish, bu budjet jarayonining samarali 
ishlashiga sharoit yaratadi.  
Shuningdek, budjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib 
guruhlash nafaqat bir qancha o‘xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish 
imkoniyatini beradi, balki iqtisodiyotda moliyaviy  nazoratni mustahkamlashni 
va budjet intizomiga rioya etilishini ham ta’minlaydi. Davlat moliyasi tizimida 
budjet tasnifi budjet holati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtiradi va hisob-kitob 
ma’lumotlarini ham ta’minlab beradi. Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, 
ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini 
tizimga solish uchun foydalaniladi. Budjet tasnifi budjet ma’lumotlarini xalqaro 
tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi. 
Budjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim bu budjet tasnifi bo‘lib, turli 
darajadagi budjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni, 
budjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.  
Xalqaro tasniflash asosida davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini 
milliy tasniflashni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Ushbu tasniflar davlat moliyasi 
hisobini yuritish va uni boshqarishni yaxshilash imkonini beradi. Turli 
darajadagi budjetlarning barcha daromad manbalari va xarajat yo‘nalishlari 
belgilanadi.  Budjet tasnifining yana boshqa ahamiyatlarini quyidagi rasmda 
ko‘rishimiz mumkin (Rasm-1). 
Ma’lumki,  budjet qurilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini, 
uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi budjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, 
budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi budjetlar faoliyatining 
huquqiy asoslarini, budjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar 
va boshqalarni belgilab beradi.  
 


 
16 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish