26 – jadval
Mavzuga doir buxgalteriya o‘tkazmalari:
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi xujjat
|
1
|
Kassadan naqt pul mablag‘lari hisobvaraqlarga o‘tkazish uchun inkossatorlarga topshirilganda (xali shaxsiy hisobvaraqlarga pul mablag‘i etib kelmagan)
|
131
|
120
|
Kassa chiqim orderi, kassir hisoboti
|
2
|
Kassadan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazish uchun inkossatorlarga topshirilgan naqt pul mablag‘lari hisobvaraqalarda ko‘ringanda
|
11 schyotning tegishli subschyotlari
|
131
|
Hisobvaraqlardan ko‘chirma
|
Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
132 “Pul ekvivalentlari” subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobga olinadi.
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan alohida holda yuritiladi. Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushumi, kredit tomonida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |