Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari bo‘yicha akkreditivlar, yo‘ldagi pul mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag‘lari hisobi yuritiladi
Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari bo‘yicha akkreditivlar, yo‘ldagi pul mablag‘lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan. Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu xujjatni mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot etkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib qo‘yiladi. Akkreditiv asosan mol etkazib beruvchining taldabiga muvofiq ochilishi mumkin. Mol etkazib beruvchi nomiga akkreditiv ochilganda etkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar uchun to‘lov kafolatlanishi ta’minlanadi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan);
- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan.
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to‘lovchi bilan mahsulot etkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur:
• emitent bank nomi;
• akkreditiv turi va uni ijro etish usuli;
• akkreditiv ochilgani to‘g‘risida mahsulot etkazib beruvchiga xabar qilish usuli;
• akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot etkazib beruvchi taqdim etadigan xujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi:
• tovar jo‘natilgandan keyin xujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni rasmiylashtirishga doir talablar;
• boshqa zarur xujjatlar va shartlar.
Akkreditiv ochmoqchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada to‘lovchi quyidagilarni ko‘rsatishi shart:
• akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami;
• akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va oy);
• mahsulot etkazib beruvchining nomi;
• akkreditivni ijro etuvchi bank nomi;
• akkreditiv ijro etiladigan joy;
• akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar o‘tjazilishiga asos bo‘ladigan xujjatlarning to‘liq va aniq nomi, ularni taqdim etish muddati va rasmiylashtirish tartibi (to‘liq batafsil ro‘yxat arizaga ilova qilinishi mumkin);
• akkreditiv turi va unga doir zarur ma’lumotlar;
• akkreditiv qanday tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun ochilayotgani, tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) muddati;
• akkreditiv summasi;
• akkreditivni amalga oshirish usuli.