Budjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti


Kapital qo’yilmalar auditini rejalashtirish



Download 75,06 Kb.
bet6/8
Sana10.06.2022
Hajmi75,06 Kb.
#650240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Audit kurs ishi

Kapital qo’yilmalar auditini rejalashtirish

Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi.
Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 “Auditni rejalashtirish” nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvini o’tkazish mumkin emas. Amalda, kapital qo’yilmalar auditini rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi subyekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi.
Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi mablag’lar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi.
Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymato (xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  • Kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqiqiy mehnat xarajatlari;

  • Muhimlik darajasi

  • Auditorlarni ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

  • Auditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirsh;

  • Auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;

  • Auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.

Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz faoliyatini 100% tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur.
Standartga muvofiq, auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit daturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarning batafsil ro’yhati bayon qilinishi zarur.
Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limlarini tekshirish, shuningdek, ichki nazorat tizmini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha xatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim.
Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (molyaviy) hisobotlarini moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini hamda ular buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkazish imkoni bo’lsin.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  1. Buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish;

  2. Bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash.

Auditni rejalashtirish kutilgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:

  • Audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;

  • Bajariladigan ishlar hajmi;

  • Auditor qo’llaydigan usullar va amallar.

Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va hodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo:

  • Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;

  • O’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;

  • Maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;

  • Tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi;

  • Tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi;

  • Ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi;

  • Korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi;

  • Ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlashi lozim.

Auditorlik tekshiruvi chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Auditor tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy xarajatlardan bo’lib hisoblangan ish hujjatlarini tuzishi lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim.
Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga tanlab) yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yhati; amaldagi qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tavsiyalar.
Shuningdek, ish hujjatlarida mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorati tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ko’rsatgan holda), o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirishi zarur.
Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonchliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatdan ham aynan shunday auditorlik xulosasini tuzish uchun yetarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlar tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Ish hujjatlarida aks ettirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuziladi. Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisoblanadi.
Audit yakunlanganidan so’ng ish hujjatlari himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish hujjatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin.
Auditor tashkilotning ish faoliyatini umumiy rejalahtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor korxonadan olinadigan ma’lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid ishlari hujjatlashtirilishi lozim.
Shuning uchun rejalashtirishning birinchi bosqichida auditor tekshiradigan korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlarni tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va tashkiliy tuzilishining bayoni, boshqaruv tizimining bayoni, tekshirilayotgan korxona moliyaviy hisobining qisqacha tahlili.
Bunda auditor korxona to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlarni to’playdi. Ayni paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muhim ma’lumotlar va hujjatlar nusxalaridan iborat doimiy hujjatlar to’plamini shakllantiradi.
Ushbu to’plam hozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo’lib qolar ekan, kelgusidagi barcha tekshiruvlarda foydalanilaveradi.
Har bir auditorlik tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli darajada o’zgarmagan bo’lsa, qaytadan o’rganib chiqishga ehtiyoj qolmaydi. Shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o’tkazganida ham ushbu doimiy to’plamdan foydalanib, zarurat bo’lganda uni yangilab boradi.
Rejalashtirish audit o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, audit o’tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallar va muddatlarni ko’rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan, shuningdek, auditorlik tashiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zarur bo’lgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Auditni rejalshtirish auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishning umumiy qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o’tkazishi kerak, ya’ni:

  • Rejalashtirishning kompleksliligi;

  • Rejalashtirishning uzluksizligi;

  • Rejalshtirishning maqbulligi.

Auditni rejalashtirishning kompleksigi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalshtirishning barcha bosqichlarining o’zaro bog’langan va uyg’un bo’lishi ta’minlanishini taqozo etadi. Auditni rejalashtirishning uzluksizligi qoidasi auditorlar guruhiga o’zaro bog’langan topshiriqlarni belgilash va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda xo’jalik yurituvchi turdosh subyektlar bo’yicha balansda o’z ifodasini topadi. Audit uzoq vaqt davriga rejalshtirilganda xo’jalik yurituvchi subyektning auditorlik kuzatuvi bir yil davomida amalga oshirilsa, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi subyektning moliya-xo’jalik faoliaytidagi o’zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o’tkazish reja dasturlariga o’z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo’ladi.
Auditni rejalashtirishning maqbulligi qoidasi shundan iboratki, rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkilotining o’zi belgilagan mezonlar asosida audit umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyati uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.
Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkilot quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:

  1. Dastlabki rejalashtirish;

  2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;

  3. Audit dasturini tayyorlash va tuzish.

Auditni samarali rejalshtirish uchun auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bo’yicha asosiy tashkily masalalarni kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo’jalik yurituvchi subyektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to’g’risida axborotga ega bo’lishi shart:

  • Xo’jalik yurituvchi subyektning xojalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, umuman, mamlakatdagi va iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar haqidagi;

  • Xo’jalik yurituvchi subyektning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan , uning individual xususiyatlari bilan bog’langan ichki omillar haqidagi.

Shu bilan birgalikda, auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:

  • Xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;

  • Ishlab chiqarish faoliyatining turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ro’yhati;

  • Kapital tuzilamsi va aksiyalar kursi;

  • Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xosligi;

  • Rentabellik darajasi;

  • Xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va mahsulot yetkazib beruvchilar;

  • Tashkilot ixtiyorida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;

  • Mavjud sho’ba va tobe korxonalar;

  • Xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan nazorat tizmi;

  • Xodimlarga ish haqi to’lashni shakllantirishning tamoyillari.

Auditor xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatini audit qilishda muayyan axborotlarni olishi kerak. Xo’jalik yurituvchi subyekt to’g’risida axborot manbalari quyidagilardir:

  • Korxonaning Nizomi;

  • Korxona ro’yhatdan o’tkazilganligi to’g’risida hujjatlar;

  • Korxonaning kuzatuv va ijro organlari majlislari, aksiyadorlar yoki shunga o’xshash boshqa boshqaruv organlari yig’ilishlarining bayonlari;

  • Korxonaning hisob yuritish siyosatini tartibga soluvchi hujjatlar va unga kiritilgan o’zgartirishlar;

  • Buxgalteriya hisoboti

  • Statistika hisobotlari

  • Korxona faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);

  • Korxonaning kontraktlari, shartnomalri, bitimlari;

  • Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;

  • Ichki firma yo’riqnomalari

  • Soliq tekshiruvlari materialllari;

  • Sud da’volari materiallari;

  • Xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va sho’ba jamiyatlari ro’yhati;

  • Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlar bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar;

  • Xo’jalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini ko’zdan kechirishda olingan axborot.

Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Audit guruhiga kiradigan mutaxasislar tarkibini rejalahtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:

  • Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi ish vaqti budjetini;

  • Guruh ishining tahmin qilinayotgan muddatlarini;

  • Guruhning miqdoriy tarkibini;

  • Guruh a’zolarining mansab darajasini;

  • Guruh hodimlarining vorisligini;

  • Guruh a’zolarining malaka darajasini.

Audit umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirisharkan, auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi subyekt to’g’risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, o’tkazilgan tahliliy rusum-qoidalarning natijalariga asoslanishi kerak.
Tahliliy rusum-qoidalar o’tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli bo’lgan sohalarni aniqlashi kerak.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash paytida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan jiddiylik va auditorlik xatarining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak.
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzarkan, auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berish darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik rusun-qoidalarining hajmi va tusini aniqroq belgilash imkonini beradi.
Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini qayta ko’rish uchun asoslar paydo bo’lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan o’zgartirishlarni, shuningdek, o’zgartirishlar sabablarini auditor batafsil hujjatlashtirishi kerak.
Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so’ng audit rejasi va dasturi hujjatni rasmiylashtirlishi va ularga belgilangan tartibda viza qo’yilishi kerak.




  1. Download 75,06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish