Buxgalteriya
kartochkalar i -
bir-birlari
bilan
birlashtirilmagan
maxsus ustunlar chizilgan qog'ozdan yoki yupqa kartondan tayyorlangan
alohida-alohida jadvallardir.
Kartochkalar (asosiy vositalar bo'yieha kartochkalardan tashqari)
har bir birinchi tartibli schyotga (sintetik schyotga) alohida-alohida
olib boriladigan «Kartochkalar rcestri»da (179-shakl) ro'yxatga olinadi.
Asosiy vositalar hisobini olib borishga tayinlangan kartochkalar «Asosiy
vositalar hisobi b o ‘yicha inventar kartochkalaming ro‘yxati»da (AV-10-
shakl) ro‘yxatga olinadi.
Buxgalteriya
vedbmasi/an'-kartochkalarda
yuritiladigan
hisob
registrlarining bir turidir. Buxgalteriya hisobi registrlarida yozuvlar
siyoh bilan, sharikli ruchka pastasi bilan yoki kompyuter yordamida
boshlang‘ich hujjatlar asosida, ular kelib tushgandan keyingi kundan
kechikmasdan, amalga oshiriladi.
Buxgalteriya registlarining saqlanishini, ularni rasmiylashtirilishini
va arxivga topshirilishini bosh buxgalter ta ’minlaydi. Buxgalteriya
registrlari, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki
yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning
javobgarligida saqlanishi kerak. Tashkilotning buxgalteriya arxivida
buxgalteriya registrlari belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Buxgalteriya registrlarining tashkilot buxgalteriya xizmatining arxi
vida saqlash muddati tugagandan so ‘ng belgilangan tartibda tegishli
davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya registrlarining arxivga
topshirilganligiga dalil bo'ladigan hujjatlar buxgalteriyada doimiy
saqlanadi. Har oy tugagandan keyin analitik hisob registrlarida aylan-
malaming jami hisoblanadi va yozuvlar b o ‘yicha qoldiq chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik schyotlar b o ‘yicha
buxgalteriya registrlarida yil boshiga qoldiq summalari, o ‘tgan yilgi
yakunlovchi balansga va hisob registrlariga to ‘la binoan yoziladi. Agar
yillik hisobot yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanayotganda yoki moliya
organi tomonidan qabul qilinayotganda, yillik hisobot ko ‘rsatkichlariga
tuzatishlar kiritilsa, u holda tegishli yozma k o‘rsatmaga asosan bu
tuzatishlar o ‘tgan yilgi registrlarga ham (to‘g ‘rilash buxgalteriya
yozuvlarini o ‘zgartirib yozish yo‘li bilan), joriy yil registrlariga ham (yil
boshidagi qoldiqlami o ‘zgartirish yo ‘li bilan) kiritib qo‘yiladi.
5. B U D JE T T A S H K IL O T L A R I X A R A J A T L A R S M E T A L A R I
I J R O S I G A D O IR BA L A N SN IN G X U SU SIY A TLA R1
Mablag‘laming tarkibi va ulaming manbalari to‘g ‘risidagi umum-
lashtirilgan m a’lumotlar buxgalteriya balansida keltiriladi. Balansda
m a’lum sanaga b o ‘lgan budjet tashkilotining hamma m ablag‘lari va
ulaming tashkil topish manbalari qayd qilinadi.
9
- Z a k . 2 1 1
129
Budjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi b o ‘yicha balansi bir
tomonli yoki ikki tomonli shakldagi jadval k o ‘rinishida taqdim etilishi
mumkin. Jadvalning bir qismida mablag‘laming turlari yoki joylanishi
va foydalanish bo ‘yicha qayd qilinsa, boshqa qismida esa budjet
tashkilotining m ablag‘lari ulaming tashkil etilish manbalari bo ‘yicha
qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi mablag‘larining turlari, joylanishi va
foydalanish bo‘yicha qayd qilinadigan qismi buxgalteriya balansining
aktivi deb ataladi. M ablag‘lar, ulaming tashkil topish manbalari bo'yicha
qayd qilinadigan balansning boshqa qismi buxgalteriya balansining
passivi deb ataladi.
Budjet tashkiloti balansining tuzilishi xo ‘jalik yurituvchi subyektning
balansi tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Budjet tashkilotlari o ‘z
faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli mablagMami budjetdan
oladi, shuning uchun ham ular o ‘zlarining aylanma mablag‘lariga ega
b o ‘lmaydi va bankdan ssudalar ololmaydi.
Budjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo ‘q.
Balansning aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi m a’lumotlarga
balansning passividagi «Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vosita-
laming eskirishi» subschyotlaridagi m a’lumotlarga to‘g ‘ri keladi,
balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar»
subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi
buyumlardagi fond» subschyotidagi m a’lumotlarga to ‘g ‘ri keladi. Barcha
moddiy qiymatliklar, pul m ablag‘lari va hisob-kitoblardagi mablag‘lar
balans passividagi umumiy qoida b o ‘yicha budjetdan moliyalashtirish va
maxsus mablag*laming daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari
bilan qoplanadi.
Budjet tashkilotining buxgalteriya balansining xususiyatlari
x o ‘ja lik yurituvchi subyektlarga nisbatan shulardan iboratdir. Budjet
tashkilotining buxgalteriya balansi budjetdan m oliyalashtiriladigan
xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus m ablag'larning smetalari ijrosi
va boshqa budjetdan tashqari m ablag‘lar bilan operatsiyalarni qayd
qiladi.
Budjettashkilotiningxarajatlarsmetalarini ijrosi bo ‘yicha buxgalteriya
balansining aktivi va passivi quyidagi b o‘limlardan iboratdir:
Aktiv:
I. Asosiy vositalar.
II. Material zaxiralari.
III. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar.
IV. Ishlab chiqarishga va boshqa maqsadlarga qilingan xarajatlar.
V. Pul m ablag‘lari.
VI. Hisob-kitoblar.
VII. Xarajatlar.
VIII. Zararlar.
IX. Kapital qo‘yilmalarga qilingan xarajatlar.
Passiv:
I. Moliyalashtirish.
II. Maqsadli yo‘nalishlar bo'yicha m ablag‘lar va fondlar.
III. Hisob-kitoblar.
IV. Daromadlar va sotish.
V. Kapital qurilishni moliyalashtirish.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha balansini
aktivida: budjet tashkilotiga tegishli boMgan asosiy vositalar, shu jumladan,
ijaraga berilganlari ham; moddiy zaxiralar (omborga kelib tushganlari ham,
yo‘lda bo'lganlari ham); budjet tashkilotining bankdagi hisobvaraqlaridagi
va kassadagi pul mablag'lari; hisobdor shaxslar va debitorlar bilan hisob-
kitoblar; budjet tashkilotini saqlashga qilingan xarajatlar; budjet tashkiloti
tarkibiga kiruvchi nizomga ega bo‘lmagan xo‘jaliklaming ishlab ehiqarish
xarajatlari va zararlari va boshqalar haqidagi m a’lumotlar keltiriladi.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi b o ‘yicha balansini
passivida: budjetdan moliyalashtirish; maxsus daromadlar; asosiy
vositalardagi fond; kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond;
ish haqi bo‘yicha ishchi va xizmatchilar bilan tugallanmagan hisob-
kitoblar; kreditorlar bilan hisob-kitoblar; budjet tashkiloti tarkibiga
kiruvchi nizomga ega bo'lmagan yordamchi x o ‘jaliklaming daromadlari
va foydalari va boshqalar haqidagi m a’lumotlar keltiriladi.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo'yicha balansi
shunday tuzish kerakki, m a’lum sanaga xarajatlar smetasining ijrosi
jarayoni holati k o‘rinib turadigan b o ‘lsin. U budjet tashkilotining mavjud
pul mablag'larini, moddiy zaxiralarini, xarajatlarini va hisob-kitoblarini
va bu m ablag‘laming manbalarini, y a ’ni, budjetdan moliyalashtirish
miqdorini va boshqa manbalami, to‘la qayd qiladi.
6. B U D JE T T A S H K I L O T L A R I X A R A JA T L A R S M E T A L A R I IJ R O S I
J O R I Y H IS O B IN IN G S C H Y O T L A R R E J A S I ( R O ‘Y X A TI)
Budjet tashkilotining operatsiyalarini joriy buxgalteriya hisobi
0 ‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan
schyotlar rejasi (ro‘yxati) belgilangan tizimi b o ‘yicha olib boriladi.
Operatsiyalar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi, keyin hujjatlardagi
yozuvlar subschyotlar bo ‘yicha tarqatiladi va buxgalteriya balansida
umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |