Budjet hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Buxgalteriya 
kartochkalar i -
bir-birlari 
bilan 
birlashtirilmagan 
maxsus ustunlar chizilgan qog'ozdan yoki yupqa kartondan tayyorlangan 
alohida-alohida jadvallardir.
Kartochkalar (asosiy vositalar bo'yieha kartochkalardan tashqari) 
har bir birinchi tartibli schyotga (sintetik schyotga) alohida-alohida 
olib boriladigan «Kartochkalar rcestri»da (179-shakl) ro'yxatga olinadi. 
Asosiy vositalar hisobini olib borishga tayinlangan kartochkalar «Asosiy


vositalar hisobi b o ‘yicha inventar kartochkalaming ro‘yxati»da (AV-10- 
shakl) ro‘yxatga olinadi.
Buxgalteriya
vedbmasi/an'-kartochkalarda 
yuritiladigan 
hisob 
registrlarining bir turidir. Buxgalteriya hisobi registrlarida yozuvlar 
siyoh bilan, sharikli ruchka pastasi bilan yoki kompyuter yordamida 
boshlang‘ich hujjatlar asosida, ular kelib tushgandan keyingi kundan 
kechikmasdan, amalga oshiriladi.
Buxgalteriya registlarining saqlanishini, ularni rasmiylashtirilishini 
va arxivga topshirilishini bosh buxgalter ta ’minlaydi. Buxgalteriya 
registrlari, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki 
yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning 
javobgarligida saqlanishi kerak. Tashkilotning buxgalteriya arxivida 
buxgalteriya registrlari belgilangan muddat davomida saqlanadi. 
Buxgalteriya registrlarining tashkilot buxgalteriya xizmatining arxi­
vida saqlash muddati tugagandan so ‘ng belgilangan tartibda tegishli 
davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya registrlarining arxivga 
topshirilganligiga dalil bo'ladigan hujjatlar buxgalteriyada doimiy 
saqlanadi. Har oy tugagandan keyin analitik hisob registrlarida aylan- 
malaming jami hisoblanadi va yozuvlar b o ‘yicha qoldiq chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik schyotlar b o ‘yicha 
buxgalteriya registrlarida yil boshiga qoldiq summalari, o ‘tgan yilgi 
yakunlovchi balansga va hisob registrlariga to ‘la binoan yoziladi. Agar 
yillik hisobot yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanayotganda yoki moliya 
organi tomonidan qabul qilinayotganda, yillik hisobot ko ‘rsatkichlariga 
tuzatishlar kiritilsa, u holda tegishli yozma k o‘rsatmaga asosan bu 
tuzatishlar o ‘tgan yilgi registrlarga ham (to‘g ‘rilash buxgalteriya 
yozuvlarini o ‘zgartirib yozish yo‘li bilan), joriy yil registrlariga ham (yil 
boshidagi qoldiqlami o ‘zgartirish yo ‘li bilan) kiritib qo‘yiladi.
5. B U D JE T T A S H K IL O T L A R I X A R A J A T L A R S M E T A L A R I 
I J R O S I G A D O IR BA L A N SN IN G X U SU SIY A TLA R1
Mablag‘laming tarkibi va ulaming manbalari to‘g ‘risidagi umum- 
lashtirilgan m a’lumotlar buxgalteriya balansida keltiriladi. Balansda 
m a’lum sanaga b o ‘lgan budjet tashkilotining hamma m ablag‘lari va 
ulaming tashkil topish manbalari qayd qilinadi.

- Z a k . 2 1 1
129


Budjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi b o ‘yicha balansi bir 
tomonli yoki ikki tomonli shakldagi jadval k o ‘rinishida taqdim etilishi 
mumkin. Jadvalning bir qismida mablag‘laming turlari yoki joylanishi 
va foydalanish bo ‘yicha qayd qilinsa, boshqa qismida esa budjet 
tashkilotining m ablag‘lari ulaming tashkil etilish manbalari bo ‘yicha 
qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi mablag‘larining turlari, joylanishi va 
foydalanish bo‘yicha qayd qilinadigan qismi buxgalteriya balansining 
aktivi deb ataladi. M ablag‘lar, ulaming tashkil topish manbalari bo'yicha 
qayd qilinadigan balansning boshqa qismi buxgalteriya balansining 
passivi deb ataladi.
Budjet tashkiloti balansining tuzilishi xo ‘jalik yurituvchi subyektning 
balansi tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Budjet tashkilotlari o ‘z 
faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli mablagMami budjetdan 
oladi, shuning uchun ham ular o ‘zlarining aylanma mablag‘lariga ega 
b o ‘lmaydi va bankdan ssudalar ololmaydi.
Budjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo ‘q. 
Balansning aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi m a’lumotlarga 
balansning passividagi «Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vosita- 
laming eskirishi» subschyotlaridagi m a’lumotlarga to‘g ‘ri keladi, 
balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» 
subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlardagi fond» subschyotidagi m a’lumotlarga to ‘g ‘ri keladi. Barcha 
moddiy qiymatliklar, pul m ablag‘lari va hisob-kitoblardagi mablag‘lar 
balans passividagi umumiy qoida b o ‘yicha budjetdan moliyalashtirish va 
maxsus mablag*laming daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari 
bilan qoplanadi.
Budjet tashkilotining buxgalteriya balansining xususiyatlari 
x o ‘ja lik yurituvchi subyektlarga nisbatan shulardan iboratdir. Budjet 
tashkilotining buxgalteriya balansi budjetdan m oliyalashtiriladigan 
xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus m ablag'larning smetalari ijrosi 
va boshqa budjetdan tashqari m ablag‘lar bilan operatsiyalarni qayd 
qiladi.
Budjettashkilotiningxarajatlarsmetalarini ijrosi bo ‘yicha buxgalteriya 
balansining aktivi va passivi quyidagi b o‘limlardan iboratdir:


Aktiv:
I. Asosiy vositalar.
II. Material zaxiralari.
III. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar.
IV. Ishlab chiqarishga va boshqa maqsadlarga qilingan xarajatlar.
V. Pul m ablag‘lari.
VI. Hisob-kitoblar.
VII. Xarajatlar.
VIII. Zararlar.
IX. Kapital qo‘yilmalarga qilingan xarajatlar.
Passiv:
I. Moliyalashtirish.
II. Maqsadli yo‘nalishlar bo'yicha m ablag‘lar va fondlar.
III. Hisob-kitoblar.
IV. Daromadlar va sotish.
V. Kapital qurilishni moliyalashtirish.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha balansini 
aktivida: budjet tashkilotiga tegishli boMgan asosiy vositalar, shu jumladan, 
ijaraga berilganlari ham; moddiy zaxiralar (omborga kelib tushganlari ham, 
yo‘lda bo'lganlari ham); budjet tashkilotining bankdagi hisobvaraqlaridagi 
va kassadagi pul mablag'lari; hisobdor shaxslar va debitorlar bilan hisob- 
kitoblar; budjet tashkilotini saqlashga qilingan xarajatlar; budjet tashkiloti 
tarkibiga kiruvchi nizomga ega bo‘lmagan xo‘jaliklaming ishlab ehiqarish 
xarajatlari va zararlari va boshqalar haqidagi m a’lumotlar keltiriladi.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi b o ‘yicha balansini 
passivida: budjetdan moliyalashtirish; maxsus daromadlar; asosiy 
vositalardagi fond; kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond; 
ish haqi bo‘yicha ishchi va xizmatchilar bilan tugallanmagan hisob- 
kitoblar; kreditorlar bilan hisob-kitoblar; budjet tashkiloti tarkibiga 
kiruvchi nizomga ega bo'lmagan yordamchi x o ‘jaliklaming daromadlari 
va foydalari va boshqalar haqidagi m a’lumotlar keltiriladi.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo'yicha balansi 
shunday tuzish kerakki, m a’lum sanaga xarajatlar smetasining ijrosi


jarayoni holati k o‘rinib turadigan b o ‘lsin. U budjet tashkilotining mavjud 
pul mablag'larini, moddiy zaxiralarini, xarajatlarini va hisob-kitoblarini 
va bu m ablag‘laming manbalarini, y a ’ni, budjetdan moliyalashtirish 
miqdorini va boshqa manbalami, to‘la qayd qiladi.
6. B U D JE T T A S H K I L O T L A R I X A R A JA T L A R S M E T A L A R I IJ R O S I 
J O R I Y H IS O B IN IN G S C H Y O T L A R R E J A S I ( R O ‘Y X A TI)
Budjet tashkilotining operatsiyalarini joriy buxgalteriya hisobi 
0 ‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
schyotlar rejasi (ro‘yxati) belgilangan tizimi b o ‘yicha olib boriladi. 
Operatsiyalar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi, keyin hujjatlardagi 
yozuvlar subschyotlar bo ‘yicha tarqatiladi va buxgalteriya balansida 
umumlashtiriladi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish