qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi
tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining
yig‘majildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini
118
ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning maqsadi buxgalteriya
hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish vaqtida hisobning
boshlang‘ich hujjatlarining, hisobotlarning va, birinchi navbatda, moddiy
zaxiralar va pul mablag‘lari hisoblarining holatini k o ‘rsatish hamda
hisobni tashkil qilish va moliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur
chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun kerakli bo‘ladigan m a’lumotlarni
yig‘ishdir. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini bosh buxgalterlar
(qabul qiluvchi va topshiruvchilar) tomonidan qabul qilish-topshirish
budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Buyruqda buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-
topshirish muddatlari ko‘rsatiladi.
B uxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini topshirishda yuqo-
ri tashkilotning bosh buxgalterining vakili qatnashishi kerak.
Ammo, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili kelm asa ham
buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini qabul qilish va topshirish
to ‘xtatilmaydi. Agar avvalgi bosh buxgalter vafot etganligi yoki
boshqa buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini topshirishda
qatnashishi mumkin bo'lm agan sabablar bilan lavozim idan ozod
qilingan bo'lsa, u holda yangi tayinlangan bosh buxgalter va
yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tom onidan buxgalteriya
hujjatlarining y ig ‘majildlarini har vaqtdagi kabi tartibda odatdagi
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish
oldidan kassaning holati tekshiriladi. Kassani tekshirish dalolatnomasi
buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan tomonidan
va qabul qilib oluvchi tomonidan hamda yuqori tashkilot bosh
buxgalterining vakili tomonidan imzolanadi va buxgalteriya hujjatlarining
yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi.
Kassani tekshirish dalolatnomasi imzolangandan so‘ng buxgalteriya
hujjatlariningyig‘majildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, buxgalteriya
xizmatiga rahbarlik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o ‘zida yangi
tayinlangan bosh buxgalteming to ‘lov topshiriqlariga, cheklarga va
boshqa bank hujjatlariga imzo chekish huquqi rasmiylashtiriladi. Bu
imzo chekish huquqi rasmiylashtirilgunga qadar bank hujjatlariga
avvalgi bosh buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgalter nazorati ostida
imzo chekaveradi.
Bundan buyon buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul
qilayotgan
bosh buxgalter buxgalteriya hisobi
va hisobotining
holatini tekshirish bilan birga buxgalteriya xizmatining joriy ishiga
rahbarlik qiladi. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish
buxgalteriya xizmati tomonidan oxirgi marta topshirilgan balans asosida
amalga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qaysi sana
holatiga buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish amalga
oshirilganligi ko ‘rsatilgan bo ‘lishi kerak. Buxgalteriya hujjatlarining
yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish jarayonida moddiy zaxiralar
va pul m ablag‘lari hisobi, balansning hisob-kitob moddalarini hamda
budjet tashkilotining hisobotining holati tekshiriladi.
Buxgalteriya hisobining va hisobotining holati tekshirilgandan
so‘ng qabul qiluvchi va topshiruvchi, hamda yuqori tashkilot bosh
buxgalterining vakili tomonidan imzolanadigan buxgalteriya hujjatlari
yig‘majildlarining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hujjatlar bilan asoslangan
b o ‘lishi kerak, ammo buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul
qilish-topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi kerak emas.
Agar buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirish jarayonida
suiste’mol qilish hollari aniqlanilsa, u holda buxgalteriya hujjatlarining
yig‘majildlarini qabul qilib oluvchi shaxs yuqori tashkilotdan hujjatli
taftish tayinlashni talab qilish huquqiga ega b o ‘ladi. Ammo, bu
buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirishni
to‘xtatishga sabab b o ‘lishi mumkin emas.
Topshirayotgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining biror-
bir joylariga rozi b o ‘lmagan hollarda, u qabul qilish-topshirish
dalolatnomasiga imzo ehekishda tegishli dalil-isbotli izohlar qilishga
haqlidir, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili esa mazkur norozilik
hollariga o ‘zining yozma xulosasini berishi kerak. Qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi
budjet tashkilotining rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi
nusxasi yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga yuboriladi, uchinchi
nusxasi esa buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan
shaxsga beriladi.
Buxgalteriya xizmatida ishlovchi har bir xodim o ‘zining vazifa va
m as’uliyatlarini aniq bilishi va ulam ing bajarilishiga javobgar ekanligini
his qilishi uchun bosh buxgalter buxgalteriya xizmatining barcha
xodimlari uchun vazifa va m as’uliyatlarni belgilaydi.
Bosh buxgalter tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan hamma
xo'jalik operatsiyalarining nazoratini va buxgalteriya hisobi schyotlarida
qayd qilinishini, tezkor axborotlar taqdim qilishni va belgilangan
muddatlarda buxgalteriya
hisobotini
tuzishni
ta ’minlaydi.
Bosh
buxgalter tashkilot rahbari bilan birgalikda moddiy qiymatliklami va pul
mablag'larini qabul qilish va berish hamda hisob-kitob va moliyaviy
majburiyatlari va xo‘jalik shartnomalari uchun asos bo‘lib xizmat
qiladigan hujjatlarga imzo chekadi. Bu hujjatlar bosh buxgalteming
imzosisiz haqiqiy emas, deb hisoblanadi va ijro uchun qabul qilinmaydi.
Imzo chekish huquqi bunga vakil qilingan shaxslarga budjet tashkiloti
rahbarining yozma farmoyishi bilan berilishi mumkin.
Bosh buxgalteming buxgalteriya xizmati uchun talab qilinadigan
hujjatlami va m a’lumotlami rasmiylashtirishga va buxgalteriya xiz-
matiga topshirishga doir talablari budjet tashkilotining barcha xodimlari
uchun majburiy hisoblanadi. Budjet tashkilotining bosh buxgalteriga
shartnoma va moliyaviy tartibga to‘g ‘ri kelmaydigan operatsiyalar
bo ‘yicha hujjatlami ijroga va rasmiylashtirishga olish man etiladi. Bunday
hujjatlar haqida bosh buxgalter budjet tashkilot rahbariga yozma axborot
beradi. Budjet tashkiloti rahbaridan yuqorida ko ‘rsatilgan hujjatlami
hisobga qabul qilishga yozma farmoyish yoki hujjatga ikkinchi marotaba
imzo olganda bosh buxgalter uni ijro etadi. Bundan so‘ng qonunga zid
bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun budjet tashkilotining
rahbari javob beradi.
Moddiy javobgar shaxs(kassir, ombor mudiri va boshqa)laming
tayinlanishi, almashtirilishi va bo'shatilishi budjet tashkilotining bosh
buxgalteri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
3. B U D J E T T A S H K I L O T L A R I X A R A J A T L A R S M E T A L A R I IJ R O S IN IN G
H IS O B IG A D O IR B U X G A L T E R IY A H U J J A T L A R I
Hisob rcgistrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi.
X o‘jalik operatsiyalarining araalga oshirilganligini va ularni amalga
oshirishga berilgan fannoyishlami qayd qilgan boshlang'ich hisob
hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Boshlang‘ich hisob
hujjatlari x o ‘jalik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda yoki ular amalga
oshirilgandan so‘ng tuziladi.
Buxgalteriya hisobining tezkorligini va ishonchligini ta’minlash
uchun hujjat m a’lum xo ‘jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli
m a’lumotlarga ega b o ‘lishi kerak. Har bir hujjat o ‘zining tayinlanishiga
to ‘la javob berishi va yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun u m a’lum
minimum k o ‘rsatkich(rekvizit)larga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |