Inventarizatsiya farqlarini tartibga solish va inventarizatsiya
natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Inventarizatsiyada va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatlik-
laming haqiqatda mavjudligining buxgalteriya hisobi m a ’lumotlariga
nisbatan farqlari quyidagi tarzda tartibga solinadi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul
m ablag‘lari va boshqa mol-mulk kirim qilinadi va budjet tashkiloti
moliyalashtirishni ko‘paytirishga hisoblanadi, keyin ortiqcha chiqish
sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
324
Belgilangan m e’yorlar doirasida qiymatliklaming kamayishi budjet
tashkiloti rahbarining farmoyishi bo‘yicha budjet tashkiloti moliya-
lashtirishni kamayishiga hisobdan chiqariladi. Kamayish m e’yorlari
haqiqatda kamomad aniqlangan holatlardagina qo ‘llanishi mumkin
xolos.
Belgilangan m e’yor doirasida qiymatliklaming kamayishi navlarning
aralashuvibo‘yichakamomadlarortiqchalikbilanqoplangandan keyingina
aniqlanadi. Agar belgilangan tartibda navlar almashuvi b o ‘yicha qoplash
o ‘tkazilgandan so‘ng ham qiymatliklaming kamomadi qolsa, u holda
tabiiy kamayish m e’yorlari qiymatliklaming faqat kamomad aniqlangan
nomi b o ‘yicha qo‘llaniladi.
Tasdiqlangan m e’yorlar b o ‘lmagan taqdirda, kamayishi m e’yordan
ortiq kamomad deb qaraladi, qiymatliklaming tabiiy kamayish m e’yo-
ridan ortiq kamomad hamda qiymatliklaming buzilishidan ko‘rilgan
nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga o ‘tkaziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Davlat Soliq qo‘mitasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37,2004-26,
20/1 -sonli qo'shma qarori bilan tasdiqlangan «Inventarizatsiya jarayonida
aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqehasining buxgalteriya hisobi
va soliqqa tortish tartibi to‘g ‘risida»gi Nizom bilan inventarizatsiya
jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya
hisobida aks ettirish va soliqqa tortish tartibi belgilangan.
Ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun
xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash
0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bir oylik o ‘rtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar
summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga
muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan
kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda
zarar hajmi inventarizatsiya o ‘tkazish davrida mazkur joyda amal
qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo'lgan yetkazilgan zarar summasi
uning o'rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan
boshlab bir oylik muddat o ‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga
oshiriladi.
Ish beruvchining mulki o ‘g ‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan
yo'qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda
yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini
aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ulaming rasmiy dilerlaridan,
tovar xomashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma
shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to ‘g ‘risidagi
m a’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi
va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslaming nisbati shaklida
aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish
sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boMganda) mol-mulklaming
erkin konvertatsiyalanadigan valuta (EKV)dagi qiymati to ‘g ‘risidagi
m a’lumotlar;
d) tegishli davlat idoralarida mavjud bo ‘lgan narxlar darajasi
to‘g ‘risidagi m a’lumotlar;
e) inventarizatsiya o ‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari
va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan narx darajalari to‘g ‘risidagi
m a’lumotlar;
0 tegishli mol-mulkning qiymati to‘g ‘risida baholovchining ekspert
xulosasi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar suiiste’mol qilinishi natijasida
sodir b o ‘lgani aniqlanganda, tegishli materiallar kamomadlar va
nobudgarchiliklar aniqlangandan so‘ng 5 kun ichida tergov organlariga
beriladi, aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar summasiga
fuqarolik da’vosi qilinadi. Kamomadlar va nobudgarchiliklaming aniq
aybdorlari aniqlanilmagan hollarda qiymatliklar tabiiy kamayishining
m e’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklaming buzilishidan ko ‘rilgan
nobudgarchiliklami budjet tashkiloti moliyalashtirilishining kamayishiga
hisobdan chiqarish mumkin. Bunda, qiymatliklar tabiiy kamayishining
m e’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklaming buzilishidan ko'rilgan
nobudgarchiliklami hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim
etiladigan hujjatlarda shunday kamomadlar va nobudgarchiliklaming
oldini olish b o ‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ko'rsatilgan b o ‘lishi
kerak.
Navlar almashuvi natijasidagi ortiqchaliklar va kamomadlami o ‘zaro
hisobga o ‘tkazish faqat istisno tariqasida ayni shu tekshirilayotgan
davrda, ayni shu tekshirilayotgan shaxsda, ayni shu nomdagi va shu
miqdordagi moddiy qiymatliklarga nisbatan budjet tashkiloti rahbarining
ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslar y o ‘l
qo ‘yilgan navlar almashuvi haqida budjet tashkilotining rahbariga
batafsil tushuntirish xati bcradi.
Moddiy javobgar shaxslaming aybisiz paydo b o ‘lgan kamomadlar
tomoniga navlar almashuvidagi qiymatlar farqiga inventarizatsiya
bayonnomasida bu farq aybdor shaxslar hisobiga o ‘tkazilmaganligi
sabablari haqida batafsil tushuntirish berilishi kerak. Inventarizatsiya
natijalari inventarizatsiya tugallangan oyda hisobda va hisobotda, yillik
inventarizatsiya bo'yicha natijalar esa yillik moliyaviy hisobotda qayd
qilinishi kerak.
Inventarizatsiyada aniqlangan qiymatliklaming haqiqatda mavjudi
va buxgalteriya hisobi m a’lumotlarining tafovutlarini tärtibga solish
haqidagi takliflar budjet tashkilotining rahbariga k o‘rib chiqish uchun
taqdim etiladi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar kirim qilinganida quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 010-013, 01 5 -0 1 9 -« A sosiy vositalar» subsehyotlari;
K redit 250 - «A sosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Ortiqcha chiqqan materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari kirim qilin
ganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 060-069-«M ateriallar va oziq-ovqat m ahsulotlari» subsehyotlari;
K redit 140 - «Tashkilot xarajatlari va b o sh q a tadbirlar u chun bud jetd an
m oliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |