Budjet hisobi


Asosiy vositalar inventarizatsiyasi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Asosiy vositalar inventarizatsiyasi
Inventarizatsiya boshlangunga qadar inventar kartochkalarning, 
inventar kitoblaming yoki xatlash ro'yxatlarining mavjudligini va 
holatini, texnik pasportlaming yoki boshqa texnik hujjatlarning borligini 
va holatini, tashkilot tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha 
foydalanishga berilgan yoki olingan asosiy vositalarga doir hujjatlarning 
borligini tckshirib chiqish zarur. Hujjatlar b o ‘lmasa, ulami olishni yoki 
rasmiylashtirishni ta ’minlash zarur. Buxgalteriya hisobi registrlarida 
yoki texnik hujjatlarda to ‘g ‘ri kelmasliklar va noaniqliklar topilganda 
ularga tegishli tuzatishlar va aniqliklar kiritilishi kerak.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasida komissiya majburiy tartibda 
obyektlami naturada ko‘rib ehiqishni amalga oshirish va inventarizatsiya 
xatlash ro‘yxatiga ulaming nomlari, tayinlanishi, inventar raqamlari va 
asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini yozadi. Hisobga qabul 
qilinmagan obyektlar hamda obyektlar bo‘yicha hisob registrlarida 
ulami tavsiflovchi m a’lumotlar yo ‘qligi yoki noto‘g‘ri m a’lumotlar 
ko'rsatilganligi aniqlanganda komissiya inventarizatsiya xatlash ro‘yxatiga 
bu obyektlar bo'yicha yetishmayotgan yoki noto‘g‘ri m a’lumotlar va 
texnik ko'rsatkichlami qo‘shib va to ‘g ‘rilab qo‘yishi kerak.
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobda y o ‘q obyektlami baholash 
joriy qiymat bo'yicha amalga oshirilishi kerak, eskirishi esa obyektlaming


haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi kerak. Baholanishi va eskirishi 
haqidagi bu m a’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiyada aniqlangan hisobda 
b o ‘lmagan obycktlar aachon va kimning farmoyishi bilan tiklangan(sotib 
olingan)ligini, ulami tiklash (sotib olish) xarajatlari qanday qilib hisobdan 
chiqarilganligini aniqlashi va buni bayonnomada qayd qilishi zamr.
Asosiy vositalar xatlash ro‘yxatiga obyektning asosiy tayinlanishiga 
muvofiq nomi b o ‘yicha kiritiladi. Agar obyekt qayta tiklashga, 
rekonstruksiyalashga, kengaytirishga yoki qayta uskunalashga uchragan 
va buning natijasida uning asosiy tayinlanishi o'zgarsa, u holda u 
xatlashga yangi tayinlanishiga to‘g ‘ri keladigan nomida kiritiladi. 
Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalarining inventarizatsiya xatlashiga 
yakka-yakka inventar raqami, ishlab chiqargan zavod, ishlab chiqarilgan 
yili, tayinlanishi, quvvati va boshqalar ko ‘rsatib yoziladi.
Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklash mumkin bo'lmagan asosiy 
vositalar inventarizatsiya xatlashiga yozilmaydi. Bu obyektlar uehun 
inventarizatsiya komissiyasi bu obyektlaming foydalanishga berilgan 
vaqtini va ulaming yaroqsiz holatga olib kelish sabablarini k o ‘rsatib 
alohida xatlash tuzadi. 0 ‘z mol-mulkining inventarizatsiyasi bilan bir 
vaqtda ijaraga olingan va mas’ul saqlashda turgan asosiy vositalar 
ham tekshiriladi. K o ‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha, bu obyektlar m as’ul 
saqlashga yoki ijaraga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga havola 
qilingan holda, alohida xatlash ro'yxati tuziladi.
M oddiy qiym atliklar inventarizatsiyasi
Moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi, odatda, muayyan xonadagi 
qiymatliklaming joylashuvi tartibida amalga oshiriladi. Qiymatliklar 
tekshirilgandan so‘ng xonaga kirish joyi plombalanadi va komissiya 
ishlash uehun keyingi xonaga o'tadi. Moddiy qiymatliklar inventarizatsiya 
xatlashlariga har birining alohida nomi b o ‘yicha nomenklatura raqami, 
turi, guruhi, artikuli, navi, bahosi va miqdori ko‘rsatib yoziladi. 
Inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig‘i bo'yicha 
komissiya a ’zolari ombor mudirining va boshqa moddiy javobgar


shaxslaming ishtirokida moddiy qiymatliklaming haqiqatda borligini 
ularni, albatta, qayta sanash, tortish yoki qayta o ‘lchash yo‘li bilan 
tekshiradilar.
Inventarizatsiya o ‘tkazilayotgan vaqtda kelib tushgan moddiy 
qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya 
komissiyasi a ’zolari ishtirokida qabul qilib olinadi va invetarizatsiyadan 
so‘ng kirim qilinadi. Bu moddiy qiymatliklar alohida «Inventarizatsiya 
vaqtida kelgan moddiy qiymatliklar» nomli xatlash ro'yxatiga yoziladi. 
Xatlash ro ‘yxatida ular qachon va kimdan kelganligi, hujjatning sanasi 
va raqami, nomi, miqdori, bahosi va summasi ko ‘rsatiladi. Bir vaqtning 
o ‘zida kirim hujjatiga inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi 
bilan bu qiymatliklar yozilgan xatlash ro‘yxati sanasiga havola qilinib 
«Inventarizatsiyadan keyin» degan belgi qilinadi.
Inventarizatsiya uzoq davr mobaynida o'tkazilganda kamdan-kam 
hollarda va faqat budjet tashkiloti rahbari va bosh buxgalterining yozma 
ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar 
tomonidan inventarizatsiya komissiyasining a ’zolari ishtirokida moddiy 
qiymatliklar chiqarilishi mumkin. Bu qiymatliklar «Inventarizatsiya 
vaqtida chiqarilgan moddiy qiymatliklar» nomli alohida inventarizatsiya 
xatlash ro‘yxatiga yoziladi. Bu xatlash ro‘yxati inventarizatsiya vaqtida 
kelgan moddiy qiymatliklar hujjatlariga o'xshash holda rasmiylashtirilgan 
b o ‘lishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisi 
imzosi bilan belgi qilinadi.
Boshqa tashkilotlarga tegishli b o ‘lgan va m as’ul saqlashda 
turgan moddiy qiymatliklar o ‘z moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda 
inventarizatsiya qilinadi. Bu qiymatliklarga, ana shu qiymatliklar m as’ul 
saqlashga qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarga havola 
qilingan holda, alohida inventarizatsiya xatlashi tuziladi. Kelib tushgan 
moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi aniqlanganda ularni qabul 
qilib olgan shaxslardan tushuntirish xati talab qilinishi kerak, suiiste’mol 
orqasidagi xiyonat aniqlanganda esa materiallar tergov organlariga 
berilishi kerak.
Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar ulaming 
turgan joylari va ularni m as’ul saqlashga olgan shaxslar b o ‘yicha 
inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya har bir buyumni ko‘rib
322


chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Inventarizatsiya xatlashlariga kam 
baholi va tez eskiruvchi buyumlar buxgalteriya hisobida qabul qilingan 
nomenklaturaga muvofiq nomlari bo'yicha yoziladi. Xodimlarga 
individual foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar 
inventarizatsiya qilinganda, bu buyumlarga javobgar b o ‘lgan shaxsiy 
kartochkalar ochilgan shaxslar k o ‘rsatilib, guruhli inventarizatsiya 
xatlash ro‘yxatlari tuzishga ijozat beriladi va ular xatlash ro‘yxatiga 
imzo qo‘yadilar.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish