ishlarini sotish natijasida olingan foyda summasiga qanday buxgalteriya
provodkasi tuziladi?
20. Eksperimental qurilmalarni tayyorlash bilan bog'llq xarajatlar summasiga
qan day buxgalteriya provodkasi tuziladi?
21. Materiallami tayyorlash va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar va
ularning qiymati ham da tashib keltirish, saqlash va shunga o'xshashlar
bo'yicha xarajatlar summ asiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
22. Q ayta ishlash yoki tayyorlashda olingan qiymatliklarning summasiga
qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
0 ‘N I K K I N C H I B O B .
B U D J E T T A S H K I L O T L A R I D A I N V E N T A R I Z A T S I Y A
V A S C H Y O T L A R N I N G Y I L L I K Y A K U N L A N I S H I
1. B U D JE T T A S F IK IL O T L A R ID A M O L -M U L K
VA M A JB U R IY A T L A R IN V E N T A R IZ A T S IY A S I
Haqiqatda mavjud mol-mulkni aniqlash, haqiqatda mavjud mol-
mulkni buxgalteriya hisobi m a’lumotlari bilan solishtirib chiqish,
majburiyatlarning
hisobda
to‘la
qayd
qilinganligini
tckshirish
inventarizatsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Qayerda joylashganidan
qat’iy nazar budjet tashkilotining barcha mol-mulki va moliyaviy
majburiyatlarining barcha turlari invcntarizatsiya qilinadi. Bundan
tashqari, budjet tashkilotiga tcgishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya
hisobida turuvehi (mas’ul saqlashda turuvehi, ijaraga olingan, qayta
ishlashga olingan) moddiy zaxiralar va boshqa mol-mulk hamda
qandaydir sabablarga muvofiq hisobga olinmagan mol-mulk ham
invcntarizatsiya qilinishi kerak. Mol-mulk joylashgan joyi va moddiy
javobgar shaxsi bo‘yicha inventarizatsiya qilinadi.
Mol-mulk ijaraga bcrilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik
moliyaviy hisobot tuzish oldidan, shu yilning 1-oktabrida inventarizatsiya
qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o'tkazilishi shartdir.
Moddiy zaxiralar yiliga kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi.
Asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa
besh yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag‘lari,
pul hujjatlari, qiymatliklar va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta,
yoqilg'i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda,
qimmatbaho metallar tegishli tarmoq qoidalariga muvofiq inventarizatsiya
qilinadi. Shuningdek asosiy vositalar va moddiy qiymatliklar qayta
baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o ‘g ‘irlash yoki
suiiste’mol hamda qiymatliklaming buzilishi aniqlanganda, tabiiy
ofatlar, yong'in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan
boshqa favqulodda hodisalar sodir bo'lganda, budjet tashkiloti
tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo‘lish) balansini tuzish
oldidan va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya
315
o ‘tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda budjet tashkilotining rahbari
almashganda inventarizatsiya o ‘tkaziladi.
Budjet tashkilotlarida inventarizatsiya o ‘tkazish uchun doimiy
faoliyat yurituvehi budjet tashkilotining rahbari yoki uning o ‘rinbosari
(komissiya raisi), bosh buxgalter va boshqa m utaxassis(muhandislar,
iqtisodchilar,
texniklar
va
boshqajlardan
iborat
tarkibda
inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. Ishlar koMami katta b o ‘lganda
mol-mulk va moliyaviy m ajburiyatlar inventarizatsiyasini bir vaqtda
amalga oshirish uchun inventarizatsiya tayinlagan budjet tashkiloti
rahbarining vakili (komissiya raisi), muxandislar, mexaniklar, ish
yurituvehilar, iqtisodchilar, buxgalteriya xizmatining xodimi va
boshqalar tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi.
Kom issiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklarni,
baholarni va boshlang ‘ich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar
kiritilishi kerak. Bir moddiy javobgar shaxs javobgarligidagi mol-
mulkni inventarizatsiya qilish komissiyasiga bir xodimni ketma-ket
ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasiga rais sifatida tayinlash
man qilinadi. Doimiy faoliyat yurituvehi va ishchi inventarizatsiya
kom issiyalarining shaxsiy tarkibi budjet tashkiloti rahbarining
b u yrug‘i bilan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya o ‘tkazishda komissiya
a ’zolaridan loaqal bittasi qatnashmasligi inventarizatsiya natijalari
haqiqiy emas, deb topilishiga asos b o ‘ladi.
Doimiy faoliyat yurituvehi inventarizatsiya komissiyalari qiy-
matliklaming butligini ta’minlash bo‘yicha profilaktika ishlarini
amalga oshiradi, inventarizatsiya o ‘tkazishni tashkil qiladi va ishchi
inventarizatsiya
komissiyalarining
a ’zolariga
yo‘l-yo‘riq
beradi,
invcntarizatsiyaning to‘g ‘ri o ‘tkazilishi ustidan nazorat tekshiruvini
hamda inventarizatsiyalar o‘rtasidagi davrda saqlash va qayta ishlash
joylarida moddiy zaxiralami tanlab-tanlab inventarizatsiyasini amalga
oshiradi, inventarizatsiya natijalarini aniqlashning to ‘g ‘riligini va
saqlanish joylarida qiymatliklar bir navdan boshqa navga o'tkazilishiga
doir takliflaming asoslanganligini tekshiradi, zarur hollarda, budjet
tashkiloti rahbarining topshirig‘i bo ‘yicha qayta to‘la inventarizatsiya
o ‘tkazadi, qiymatliklarning kamomadi yoki buzilishiga hamda boshqa
tartib buzilishiga yo‘l qo ‘ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini
k o‘rib chiqadi va aniqlangan qiymatliklaming kamomadi va buzilishidan
k o‘rilgan zararlami qanday qilib tartibga solish to ‘g ‘risida takliflar
beradi.
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari qiymatliklami va pul mab-
lag‘larini saqlanish joylarida inventarizatsiya qilishni va ishlab
chiqarishni inventarizatsiya qilishni amalga oshiradi, budjet tashki-
lotining buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini
aniqlashda qatnashadi va kamomadlarni berkitish va ortiqehaliklami bir
navdan boshqa navga o ‘tkazish hamda kamomadlarni tabiiy kamayish
m e’yori doirasida hisobdan chiqarish bo‘yieha takliflami ishlab chiqadi,
moddiy qiymatliklami qabul qilib olish, saqlash va ombordan chiqarishni
tartibga solish, ulaming hisobi va butligini nazorat qilishni yaxshilash
masalalari bo‘yicha hamda m e’yoridan ortiq va ishlatilmayotgan moddiy
qiymatliklami sotish haqida takliflar kiritadi.
Inventarizatsiya komissiyasi mol-mulkning haqiqatda borligini tek-
shirish boshlanguneha inventarizatsiya vaqtiga bo'lgan oxirgi kirim va
chiqim hujjatlarini yoki moddiy qiymatliklar va pul mablag‘lari harakati
to‘g ‘risidagi hisobotlami olishi kerak.
Hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlariga
inventarizatsiya komissiyasining raisi «invcntarizatsiyagacha» degan
yozuv bilan sanani ko‘rsatib imzo qo‘yadi. Bu buxgalteriyaga inven
tarizatsiya boshlanishidagi holatga muvofiq hisob m a’lumotlari bo ‘yicha
mol-mulkning qoldig‘ini aniqlash uchun asos bo'ladi. Moddiy javobgar
shaxs «Inventarizatsiya boshlanishidagi holatiga muvofiq mol-mulkning
barcha kirim va chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirilgan yoki
komissiyaga berilgan va ularning javobgarligiga kelib tushgan barcha
qiymatliklar kirim qilingan, chiqarilganlari esa xarajatga o ‘tkazilgan»,
deb tilxat beradi.
Inventarizatsiya boshlanishi oldidan inventarizatsiya komissiyasi
a ’zolarining qo‘liga buyruq, komissiya raisiga esa nazorat plombalagichi
(plombalagich inventarizatsiya komissiyasi ishlagan vaqti davomida
komissiya raisida saqlanadi)beriladi. Buyruqda inventarizatsiya o ‘tkazish
bo‘yicha ishlaming boshlanish va tugash muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulk inventarizatsiyasi bir necha kun davomida o ‘tkazilsa,
u holda moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xonalar inventarizatsiya
komissiyasi chiqqanda muhrlangan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya
komissiyasi ishlagan vaqtda, dam olish vaqtlarida xatlash q o g ‘ozi (opis)
berk xonada shkaf yoki seyfda saqlanishi kerak. Buyruq buxgalteriyada
«Inventarizatsiya o ‘tkazish to‘g ‘risidagi buyruqlarning bajarilishi ustidan
nazorat qilish kitobi»da ro‘yxatga olinadi. Moddiy qiymatliklaming
haqiqatda borligini tekshirishga kirishishdan avval inventarizatsiya
komissiyasi alohida kirish va chiqish joylari b o ig a n qiymatliklar
saqlaniladigan xonalar, yerto‘lalar va boshqa joylami plombalaydi,
bareha o ‘lchagieh asboblarining ishga yaroqliligini va ulami belgilangan
tamg'alash muddatlariga rioya qilinganligini tekshiradi.
Inventarizatsiya to‘satdan o'tkazilganda bareha moddiy qiymatliklar
inventarizatsiyaga inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida tayyorlanadi,
boshqa hollarda esa oldindan tayyorlanadi. Ulaming miqdorini hisoblash
oson bo‘lishi uchun nomlari, navlari, hajmlari b o ‘yicha m a’lum tartibda
guruhlangan, saralangan va joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi ularning har biri joylashuvi
va bu qiymatliklar qaysi moddiy javobgar shaxsning tasarrufida
b o ‘lsa, shu m oddiy javobgar shaxs bo'yicha o'tkaziladi. Haqiqatdagi
qoldiqlarni aniqlash moddiy javobgar shaxsning albatta qatnashuvi
bilan amalga oshiriladi. Qiymatliklaming borligi inventarizatsiyada
albatta hisoblash, tortish, o ‘lchash y o ‘li bilan aniqlanadi. Xatlashlarda
inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar va obyektlarning nomi va
miqdori hisobda qabul qilingan nomenklatura va o ‘lchov birligida
k o ‘rsatiladi. Xatlashlar inventarizatsiya komissiyasining bareha a ’zolari
va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Xatlash oxirida
moddiy javobgar shaxslar qiymatliklar komissiya tomonidan ularning
ishtirokida tekshirilganligini, komissiya a ’zolariga hech qanday
e ’tirozlari y o ‘qligini va xatlashda sanab o ‘tilgan qiymatliklarni m a s ’ul
saqlashga qabul qilganligini tasdiqlovchi tilxat beradi. Moddiy javobgar
shaxslaming almashuvi munosabati bilan qiymatliklaming haqiqatda
borligi tekshirilganda inventarizatsiya xatlashlarda qiymatliklarni
qabul qilib oluvchi shaxslar ulam i qabul qilib olganligi haqida imzo
chekadi, topshiruvchi shaxslar esa ulami topshirganligi xususida imzo
chekadi.
Tashkilotga tegishli b o‘lmagan, ammo unda turgan qiymatliklarga
alohida xatlash ro ‘yxati tuziladi.
Inventarizatsiya xatlashlari qo‘lda aniq va tushunarli qilib to‘ldiriladi.
Hech qanday b o ‘yash va tozalashlar qilinishiga yo‘l q o ‘yilmaydi.
Inventarizatsiya xatlashining har bir betida mazkur betda yozilgan moddiy
qiymatliklar tartib raqamlarining soni va barcha moddiy qiymatliklaming
natura ko'rsatkichlaridagi, bu qiymatliklar qanday o'lchov birliklarida
ko'rsatilganligidan qat’iy nazar, miqdorlarining umumiy jami so‘z bilan
k o‘rsatiladi.
Xatolarni to ‘g ‘rilash xatlashlarning barcha nusxalarida xato
yozuvlarni chizish va chizilganni ustiga to ‘g ‘ri yozuvni q o ‘yish y o ‘li
bilan amalga oshiriladi. T o ‘g ‘rilashlar izohlangan va inventarizatsiya
komissiyasining barcha a ’zolari va m oddiy javobgar shaxslar
tomonidan imzolangan b o ‘lishi kerak. Inventarizatsiya xatlashlarida
to ‘ldirilmagan qatorlar qoldirishga y o ‘l q o ‘yilmaydi. Xatlashlarning
oxirgi betlarida to ‘ldirilmagan qatorlar ehizib q o ‘yiladi. Agar
m oddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan s o ‘ng inventarizatsiya
xatlashlarida y o ‘l q o ‘yilgan xatoliklarni aniqlaganda, ular tezlik bilan
(ombor ochilgunga qadar) bu haqda inventarizatsiya kom issiyasiga
m a ’lum qilishi kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kam om adlar
yoki
ortiqchaliklar
moddiy
qiym atliklar
nomlaridagi,
q o ‘yib
ketilganligi, hisoblashdagi va shunga o ‘xshash xatolik natijasida sodir
b o ‘lgani haqidagi arizalari ombor ochilgunga qadar qabul qilinadi.
Inventarizatsiya komissiyasi k o ‘rsatilgan holatlarni tckshirib chiqadi
va ular tasdiqlangan hollarda aniqlangan xatolarni belgilangan
tartibda to ‘g ‘rilash amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining rahbarlari moddiy qiymatliklar va pul
mablag‘lari inventarizatsiyasining to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida o'tkazilishiga
va ulaming to'satdan o ‘tkazilishini ta ’minlashga javobgardirlar.
Ular qisqa vaqt ichida qiymatliklaming haqiqatda borligi to‘la va
aniq tekshirilishini ta ’minlaydigan sharoit yaratishga majburdirlar.
Bosh buxgalter tegishli bo ‘linmalar va xizmatlaming rahbarlari bilan
inventarizatsiya o ‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini
diqqat bilan nazorat qilishlari shart.
Inventarizatsiya tugagandan so‘ng inventarizatsiya qanchalik to‘g ‘ri
o ‘tkazilganligini aniqlash uchun nazorat tekshiruvlari o ‘tkazilishi
mumkin. Ulami, albatta inventarizatsiya o ‘tkazilgan ombor oehilgunga
qadar inventarizatsiya komissiyalarining a ’zolari va moddiy javobgar
shaxslaming qatnashuvi bilan o'tkazilishi kerak. Inventarizatsiya
qanchalik to‘g ‘ri o ‘tkazilganligiga doir nazorat tekshiruvlarining
natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va «Inventarizatsiya
qanchalik to‘g ‘ri o ‘tkazilganligiga doir nazorat tekshiruvlarini hisobga
olish kitobi»da ro ‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |