Budjet hisobi


ishlarini sotish natijasida olingan foyda summasiga qanday buxgalteriya



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

ishlarini sotish natijasida olingan foyda summasiga qanday buxgalteriya 
provodkasi tuziladi?
20. Eksperimental qurilmalarni tayyorlash bilan bog'llq xarajatlar summasiga 
qan day buxgalteriya provodkasi tuziladi?
21. Materiallami tayyorlash va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar va 
ularning qiymati ham da tashib keltirish, saqlash va shunga o'xshashlar 
bo'yicha xarajatlar summ asiga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
22. Q ayta ishlash yoki tayyorlashda olingan qiymatliklarning summasiga 
qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?


0 ‘N I K K I N C H I B O B . 
B U D J E T T A S H K I L O T L A R I D A I N V E N T A R I Z A T S I Y A  
V A S C H Y O T L A R N I N G Y I L L I K Y A K U N L A N I S H I
1. B U D JE T T A S F IK IL O T L A R ID A M O L -M U L K
VA M A JB U R IY A T L A R IN V E N T A R IZ A T S IY A S I
Haqiqatda mavjud mol-mulkni aniqlash, haqiqatda mavjud mol- 
mulkni buxgalteriya hisobi m a’lumotlari bilan solishtirib chiqish, 
majburiyatlarning 
hisobda 
to‘la 
qayd 
qilinganligini 
tckshirish 
inventarizatsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Qayerda joylashganidan 
qat’iy nazar budjet tashkilotining barcha mol-mulki va moliyaviy 
majburiyatlarining barcha turlari invcntarizatsiya qilinadi. Bundan 
tashqari, budjet tashkilotiga tcgishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya 
hisobida turuvehi (mas’ul saqlashda turuvehi, ijaraga olingan, qayta 
ishlashga olingan) moddiy zaxiralar va boshqa mol-mulk hamda 
qandaydir sabablarga muvofiq hisobga olinmagan mol-mulk ham 
invcntarizatsiya qilinishi kerak. Mol-mulk joylashgan joyi va moddiy 
javobgar shaxsi bo‘yicha inventarizatsiya qilinadi.
Mol-mulk ijaraga bcrilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik 
moliyaviy hisobot tuzish oldidan, shu yilning 1-oktabrida inventarizatsiya 
qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o'tkazilishi shartdir. 
Moddiy zaxiralar yiliga kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. 
Asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa 
besh yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag‘lari, 
pul hujjatlari, qiymatliklar va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta, 
yoqilg'i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, 
qimmatbaho metallar tegishli tarmoq qoidalariga muvofiq inventarizatsiya 
qilinadi. Shuningdek asosiy vositalar va moddiy qiymatliklar qayta 
baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o ‘g ‘irlash yoki 
suiiste’mol hamda qiymatliklaming buzilishi aniqlanganda, tabiiy 
ofatlar, yong'in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan 
boshqa favqulodda hodisalar sodir bo'lganda, budjet tashkiloti 
tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo‘lish) balansini tuzish 
oldidan va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya
315


o ‘tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda budjet tashkilotining rahbari 
almashganda inventarizatsiya o ‘tkaziladi.
Budjet tashkilotlarida inventarizatsiya o ‘tkazish uchun doimiy 
faoliyat yurituvehi budjet tashkilotining rahbari yoki uning o ‘rinbosari 
(komissiya raisi), bosh buxgalter va boshqa m utaxassis(muhandislar, 
iqtisodchilar, 
texniklar 
va 
boshqajlardan 
iborat 
tarkibda 
inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. Ishlar koMami katta b o ‘lganda 
mol-mulk va moliyaviy m ajburiyatlar inventarizatsiyasini bir vaqtda 
amalga oshirish uchun inventarizatsiya tayinlagan budjet tashkiloti 
rahbarining vakili (komissiya raisi), muxandislar, mexaniklar, ish 
yurituvehilar, iqtisodchilar, buxgalteriya xizmatining xodimi va 
boshqalar tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. 
Kom issiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklarni, 
baholarni va boshlang ‘ich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar 
kiritilishi kerak. Bir moddiy javobgar shaxs javobgarligidagi mol- 
mulkni inventarizatsiya qilish komissiyasiga bir xodimni ketma-ket 
ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasiga rais sifatida tayinlash 
man qilinadi. Doimiy faoliyat yurituvehi va ishchi inventarizatsiya 
kom issiyalarining shaxsiy tarkibi budjet tashkiloti rahbarining 
b u yrug‘i bilan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya o ‘tkazishda komissiya 
a ’zolaridan loaqal bittasi qatnashmasligi inventarizatsiya natijalari 
haqiqiy emas, deb topilishiga asos b o ‘ladi.
Doimiy faoliyat yurituvehi inventarizatsiya komissiyalari qiy- 
matliklaming butligini ta’minlash bo‘yicha profilaktika ishlarini 
amalga oshiradi, inventarizatsiya o ‘tkazishni tashkil qiladi va ishchi 
inventarizatsiya 
komissiyalarining 
a ’zolariga 
yo‘l-yo‘riq 
beradi, 
invcntarizatsiyaning to‘g ‘ri o ‘tkazilishi ustidan nazorat tekshiruvini 
hamda inventarizatsiyalar o‘rtasidagi davrda saqlash va qayta ishlash 
joylarida moddiy zaxiralami tanlab-tanlab inventarizatsiyasini amalga 
oshiradi, inventarizatsiya natijalarini aniqlashning to ‘g ‘riligini va 
saqlanish joylarida qiymatliklar bir navdan boshqa navga o'tkazilishiga 
doir takliflaming asoslanganligini tekshiradi, zarur hollarda, budjet 
tashkiloti rahbarining topshirig‘i bo ‘yicha qayta to‘la inventarizatsiya 
o ‘tkazadi, qiymatliklarning kamomadi yoki buzilishiga hamda boshqa


tartib buzilishiga yo‘l qo ‘ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini 
k o‘rib chiqadi va aniqlangan qiymatliklaming kamomadi va buzilishidan 
k o‘rilgan zararlami qanday qilib tartibga solish to ‘g ‘risida takliflar 
beradi.
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari qiymatliklami va pul mab- 
lag‘larini saqlanish joylarida inventarizatsiya qilishni va ishlab 
chiqarishni inventarizatsiya qilishni amalga oshiradi, budjet tashki- 
lotining buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini 
aniqlashda qatnashadi va kamomadlarni berkitish va ortiqehaliklami bir 
navdan boshqa navga o ‘tkazish hamda kamomadlarni tabiiy kamayish 
m e’yori doirasida hisobdan chiqarish bo‘yieha takliflami ishlab chiqadi, 
moddiy qiymatliklami qabul qilib olish, saqlash va ombordan chiqarishni 
tartibga solish, ulaming hisobi va butligini nazorat qilishni yaxshilash 
masalalari bo‘yicha hamda m e’yoridan ortiq va ishlatilmayotgan moddiy 
qiymatliklami sotish haqida takliflar kiritadi.
Inventarizatsiya komissiyasi mol-mulkning haqiqatda borligini tek- 
shirish boshlanguneha inventarizatsiya vaqtiga bo'lgan oxirgi kirim va 
chiqim hujjatlarini yoki moddiy qiymatliklar va pul mablag‘lari harakati 
to‘g ‘risidagi hisobotlami olishi kerak.
Hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlariga 
inventarizatsiya komissiyasining raisi «invcntarizatsiyagacha» degan 
yozuv bilan sanani ko‘rsatib imzo qo‘yadi. Bu buxgalteriyaga inven­
tarizatsiya boshlanishidagi holatga muvofiq hisob m a’lumotlari bo ‘yicha 
mol-mulkning qoldig‘ini aniqlash uchun asos bo'ladi. Moddiy javobgar 
shaxs «Inventarizatsiya boshlanishidagi holatiga muvofiq mol-mulkning 
barcha kirim va chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirilgan yoki 
komissiyaga berilgan va ularning javobgarligiga kelib tushgan barcha 
qiymatliklar kirim qilingan, chiqarilganlari esa xarajatga o ‘tkazilgan», 
deb tilxat beradi.
Inventarizatsiya boshlanishi oldidan inventarizatsiya komissiyasi 
a ’zolarining qo‘liga buyruq, komissiya raisiga esa nazorat plombalagichi 
(plombalagich inventarizatsiya komissiyasi ishlagan vaqti davomida 
komissiya raisida saqlanadi)beriladi. Buyruqda inventarizatsiya o ‘tkazish 
bo‘yicha ishlaming boshlanish va tugash muddatlari belgilanadi.


Agar mol-mulk inventarizatsiyasi bir necha kun davomida o ‘tkazilsa, 
u holda moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xonalar inventarizatsiya 
komissiyasi chiqqanda muhrlangan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya 
komissiyasi ishlagan vaqtda, dam olish vaqtlarida xatlash q o g ‘ozi (opis) 
berk xonada shkaf yoki seyfda saqlanishi kerak. Buyruq buxgalteriyada 
«Inventarizatsiya o ‘tkazish to‘g ‘risidagi buyruqlarning bajarilishi ustidan 
nazorat qilish kitobi»da ro‘yxatga olinadi. Moddiy qiymatliklaming 
haqiqatda borligini tekshirishga kirishishdan avval inventarizatsiya 
komissiyasi alohida kirish va chiqish joylari b o ig a n qiymatliklar 
saqlaniladigan xonalar, yerto‘lalar va boshqa joylami plombalaydi, 
bareha o ‘lchagieh asboblarining ishga yaroqliligini va ulami belgilangan 
tamg'alash muddatlariga rioya qilinganligini tekshiradi.
Inventarizatsiya to‘satdan o'tkazilganda bareha moddiy qiymatliklar 
inventarizatsiyaga inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida tayyorlanadi, 
boshqa hollarda esa oldindan tayyorlanadi. Ulaming miqdorini hisoblash 
oson bo‘lishi uchun nomlari, navlari, hajmlari b o ‘yicha m a’lum tartibda 
guruhlangan, saralangan va joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi ularning har biri joylashuvi 
va bu qiymatliklar qaysi moddiy javobgar shaxsning tasarrufida 
b o ‘lsa, shu m oddiy javobgar shaxs bo'yicha o'tkaziladi. Haqiqatdagi 
qoldiqlarni aniqlash moddiy javobgar shaxsning albatta qatnashuvi 
bilan amalga oshiriladi. Qiymatliklaming borligi inventarizatsiyada 
albatta hisoblash, tortish, o ‘lchash y o ‘li bilan aniqlanadi. Xatlashlarda 
inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar va obyektlarning nomi va 
miqdori hisobda qabul qilingan nomenklatura va o ‘lchov birligida 
k o ‘rsatiladi. Xatlashlar inventarizatsiya komissiyasining bareha a ’zolari 
va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Xatlash oxirida 
moddiy javobgar shaxslar qiymatliklar komissiya tomonidan ularning 
ishtirokida tekshirilganligini, komissiya a ’zolariga hech qanday 
e ’tirozlari y o ‘qligini va xatlashda sanab o ‘tilgan qiymatliklarni m a s ’ul 
saqlashga qabul qilganligini tasdiqlovchi tilxat beradi. Moddiy javobgar 
shaxslaming almashuvi munosabati bilan qiymatliklaming haqiqatda 
borligi tekshirilganda inventarizatsiya xatlashlarda qiymatliklarni 
qabul qilib oluvchi shaxslar ulam i qabul qilib olganligi haqida imzo


chekadi, topshiruvchi shaxslar esa ulami topshirganligi xususida imzo 
chekadi.
Tashkilotga tegishli b o‘lmagan, ammo unda turgan qiymatliklarga 
alohida xatlash ro ‘yxati tuziladi.
Inventarizatsiya xatlashlari qo‘lda aniq va tushunarli qilib to‘ldiriladi. 
Hech qanday b o ‘yash va tozalashlar qilinishiga yo‘l q o ‘yilmaydi. 
Inventarizatsiya xatlashining har bir betida mazkur betda yozilgan moddiy 
qiymatliklar tartib raqamlarining soni va barcha moddiy qiymatliklaming 
natura ko'rsatkichlaridagi, bu qiymatliklar qanday o'lchov birliklarida 
ko'rsatilganligidan qat’iy nazar, miqdorlarining umumiy jami so‘z bilan 
k o‘rsatiladi.
Xatolarni to ‘g ‘rilash xatlashlarning barcha nusxalarida xato 
yozuvlarni chizish va chizilganni ustiga to ‘g ‘ri yozuvni q o ‘yish y o ‘li 
bilan amalga oshiriladi. T o ‘g ‘rilashlar izohlangan va inventarizatsiya 
komissiyasining barcha a ’zolari va m oddiy javobgar shaxslar 
tomonidan imzolangan b o ‘lishi kerak. Inventarizatsiya xatlashlarida 
to ‘ldirilmagan qatorlar qoldirishga y o ‘l q o ‘yilmaydi. Xatlashlarning 
oxirgi betlarida to ‘ldirilmagan qatorlar ehizib q o ‘yiladi. Agar 
m oddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan s o ‘ng inventarizatsiya 
xatlashlarida y o ‘l q o ‘yilgan xatoliklarni aniqlaganda, ular tezlik bilan 
(ombor ochilgunga qadar) bu haqda inventarizatsiya kom issiyasiga 
m a ’lum qilishi kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kam om adlar 
yoki 
ortiqchaliklar 
moddiy 
qiym atliklar 
nomlaridagi, 
q o ‘yib 
ketilganligi, hisoblashdagi va shunga o ‘xshash xatolik natijasida sodir 
b o ‘lgani haqidagi arizalari ombor ochilgunga qadar qabul qilinadi. 
Inventarizatsiya komissiyasi k o ‘rsatilgan holatlarni tckshirib chiqadi 
va ular tasdiqlangan hollarda aniqlangan xatolarni belgilangan 
tartibda to ‘g ‘rilash amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining rahbarlari moddiy qiymatliklar va pul 
mablag‘lari inventarizatsiyasining to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida o'tkazilishiga 
va ulaming to'satdan o ‘tkazilishini ta ’minlashga javobgardirlar. 
Ular qisqa vaqt ichida qiymatliklaming haqiqatda borligi to‘la va 
aniq tekshirilishini ta ’minlaydigan sharoit yaratishga majburdirlar. 
Bosh buxgalter tegishli bo ‘linmalar va xizmatlaming rahbarlari bilan


inventarizatsiya o ‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini 
diqqat bilan nazorat qilishlari shart.
Inventarizatsiya tugagandan so‘ng inventarizatsiya qanchalik to‘g ‘ri 
o ‘tkazilganligini aniqlash uchun nazorat tekshiruvlari o ‘tkazilishi 
mumkin. Ulami, albatta inventarizatsiya o ‘tkazilgan ombor oehilgunga 
qadar inventarizatsiya komissiyalarining a ’zolari va moddiy javobgar 
shaxslaming qatnashuvi bilan o'tkazilishi kerak. Inventarizatsiya 
qanchalik to‘g ‘ri o ‘tkazilganligiga doir nazorat tekshiruvlarining 
natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va «Inventarizatsiya 
qanchalik to‘g ‘ri o ‘tkazilganligiga doir nazorat tekshiruvlarini hisobga 
olish kitobi»da ro ‘yxatga olinadi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish