Asosiy vositalar inventarizatsiyasi
Inventarizatsiya boshlangunga qadar inventar kartochkalarning,
inventar kitoblaming yoki xatlash ro'yxatlarining mavjudligini va
holatini, texnik pasportlaming yoki boshqa texnik hujjatlarning borligini
va holatini, tashkilot tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha
foydalanishga berilgan yoki olingan asosiy vositalarga doir hujjatlarning
borligini tckshirib chiqish zarur. Hujjatlar b o ‘lmasa, ulami olishni yoki
rasmiylashtirishni ta ’minlash zarur. Buxgalteriya hisobi registrlarida
yoki texnik hujjatlarda to ‘g ‘ri kelmasliklar va noaniqliklar topilganda
ularga tegishli tuzatishlar va aniqliklar kiritilishi kerak.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasida komissiya majburiy tartibda
obyektlami naturada ko‘rib ehiqishni amalga oshirish va inventarizatsiya
xatlash ro‘yxatiga ulaming nomlari, tayinlanishi, inventar raqamlari va
asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini yozadi. Hisobga qabul
qilinmagan obyektlar hamda obyektlar bo‘yicha hisob registrlarida
ulami tavsiflovchi m a’lumotlar yo ‘qligi yoki noto‘g‘ri m a’lumotlar
ko'rsatilganligi aniqlanganda komissiya inventarizatsiya xatlash ro‘yxatiga
bu obyektlar bo'yicha yetishmayotgan yoki noto‘g‘ri m a’lumotlar va
texnik ko'rsatkichlami qo‘shib va to ‘g ‘rilab qo‘yishi kerak.
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobda y o ‘q obyektlami baholash
joriy qiymat bo'yicha amalga oshirilishi kerak, eskirishi esa obyektlaming
haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi kerak. Baholanishi va eskirishi
haqidagi bu m a’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiyada aniqlangan hisobda
b o ‘lmagan obycktlar aachon va kimning farmoyishi bilan tiklangan(sotib
olingan)ligini, ulami tiklash (sotib olish) xarajatlari qanday qilib hisobdan
chiqarilganligini aniqlashi va buni bayonnomada qayd qilishi zamr.
Asosiy vositalar xatlash ro‘yxatiga obyektning asosiy tayinlanishiga
muvofiq nomi b o ‘yicha kiritiladi. Agar obyekt qayta tiklashga,
rekonstruksiyalashga, kengaytirishga yoki qayta uskunalashga uchragan
va buning natijasida uning asosiy tayinlanishi o'zgarsa, u holda u
xatlashga yangi tayinlanishiga to‘g ‘ri keladigan nomida kiritiladi.
Mashinalar, uskunalar va kuch qurilmalarining inventarizatsiya xatlashiga
yakka-yakka inventar raqami, ishlab chiqargan zavod, ishlab chiqarilgan
yili, tayinlanishi, quvvati va boshqalar ko ‘rsatib yoziladi.
Foydalanishga yaroqsiz va qayta tiklash mumkin bo'lmagan asosiy
vositalar inventarizatsiya xatlashiga yozilmaydi. Bu obyektlar uehun
inventarizatsiya komissiyasi bu obyektlaming foydalanishga berilgan
vaqtini va ulaming yaroqsiz holatga olib kelish sabablarini k o ‘rsatib
alohida xatlash tuzadi. 0 ‘z mol-mulkining inventarizatsiyasi bilan bir
vaqtda ijaraga olingan va mas’ul saqlashda turgan asosiy vositalar
ham tekshiriladi. K o ‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha, bu obyektlar m as’ul
saqlashga yoki ijaraga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga havola
qilingan holda, alohida xatlash ro'yxati tuziladi.
M oddiy qiym atliklar inventarizatsiyasi
Moddiy qiymatliklar inventarizatsiyasi, odatda, muayyan xonadagi
qiymatliklaming joylashuvi tartibida amalga oshiriladi. Qiymatliklar
tekshirilgandan so‘ng xonaga kirish joyi plombalanadi va komissiya
ishlash uehun keyingi xonaga o'tadi. Moddiy qiymatliklar inventarizatsiya
xatlashlariga har birining alohida nomi b o ‘yicha nomenklatura raqami,
turi, guruhi, artikuli, navi, bahosi va miqdori ko‘rsatib yoziladi.
Inventarizatsiya komissiyasi raisi yoki uning topshirig‘i bo'yicha
komissiya a ’zolari ombor mudirining va boshqa moddiy javobgar
shaxslaming ishtirokida moddiy qiymatliklaming haqiqatda borligini
ularni, albatta, qayta sanash, tortish yoki qayta o ‘lchash yo‘li bilan
tekshiradilar.
Inventarizatsiya o ‘tkazilayotgan vaqtda kelib tushgan moddiy
qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya
komissiyasi a ’zolari ishtirokida qabul qilib olinadi va invetarizatsiyadan
so‘ng kirim qilinadi. Bu moddiy qiymatliklar alohida «Inventarizatsiya
vaqtida kelgan moddiy qiymatliklar» nomli xatlash ro'yxatiga yoziladi.
Xatlash ro ‘yxatida ular qachon va kimdan kelganligi, hujjatning sanasi
va raqami, nomi, miqdori, bahosi va summasi ko ‘rsatiladi. Bir vaqtning
o ‘zida kirim hujjatiga inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi
bilan bu qiymatliklar yozilgan xatlash ro‘yxati sanasiga havola qilinib
«Inventarizatsiyadan keyin» degan belgi qilinadi.
Inventarizatsiya uzoq davr mobaynida o'tkazilganda kamdan-kam
hollarda va faqat budjet tashkiloti rahbari va bosh buxgalterining yozma
ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar
tomonidan inventarizatsiya komissiyasining a ’zolari ishtirokida moddiy
qiymatliklar chiqarilishi mumkin. Bu qiymatliklar «Inventarizatsiya
vaqtida chiqarilgan moddiy qiymatliklar» nomli alohida inventarizatsiya
xatlash ro‘yxatiga yoziladi. Bu xatlash ro‘yxati inventarizatsiya vaqtida
kelgan moddiy qiymatliklar hujjatlariga o'xshash holda rasmiylashtirilgan
b o ‘lishi kerak. Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya komissiyasi raisi
imzosi bilan belgi qilinadi.
Boshqa tashkilotlarga tegishli b o ‘lgan va m as’ul saqlashda
turgan moddiy qiymatliklar o ‘z moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda
inventarizatsiya qilinadi. Bu qiymatliklarga, ana shu qiymatliklar m as’ul
saqlashga qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarga havola
qilingan holda, alohida inventarizatsiya xatlashi tuziladi. Kelib tushgan
moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi aniqlanganda ularni qabul
qilib olgan shaxslardan tushuntirish xati talab qilinishi kerak, suiiste’mol
orqasidagi xiyonat aniqlanganda esa materiallar tergov organlariga
berilishi kerak.
Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar ulaming
turgan joylari va ularni m as’ul saqlashga olgan shaxslar b o ‘yicha
inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya har bir buyumni ko‘rib
322
chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Inventarizatsiya xatlashlariga kam
baholi va tez eskiruvchi buyumlar buxgalteriya hisobida qabul qilingan
nomenklaturaga muvofiq nomlari bo'yicha yoziladi. Xodimlarga
individual foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar
inventarizatsiya qilinganda, bu buyumlarga javobgar b o ‘lgan shaxsiy
kartochkalar ochilgan shaxslar k o ‘rsatilib, guruhli inventarizatsiya
xatlash ro‘yxatlari tuzishga ijozat beriladi va ular xatlash ro‘yxatiga
imzo qo‘yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |