amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlaming har bir turi bo‘yicha
alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha
olib boriladi.
Memorial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g ‘risidagi ma’lumot-
nomalarga asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga,
har bir daromad turi
uchun belgilangan qatorlar bo‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari
va daromadlaridan ortiqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida
qator bo‘yicha yoziladi. Noto‘g ‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar,
«Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi.
Bu yozuvda memorial-
ordeming tartib raqami, daromadlaming bo‘limi, bobi, paragrafi
hamda summasi ko‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu operatsiyalar bir
xil alomatlarga ega bo‘lgan daromadlaming
qaytarilgan summalari
bo‘yicha operatsiyalar debet «Oy bo‘yicha jami» ustunining tegishli
qatorlarida, har bir daromad turi bo‘yicha qaytarilgan umumiy
summalar tartiblashtiriladi, so'ngra joriy oy bo‘yicha,
yil boshiga va
040-«Budjet daromadlari» subschyoti bo‘yicha jami hisoblab chiqiladi.
Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo'yicha yil boshidan
buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan
yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil
bo‘lgan manfiy qoldiq «Yil boshidan jami»
ustuniga qizil siyoh bilan
yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar summasi «Daromadlar» kitobiga
(5-shakl) 041-«Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo‘yicha yoziladi.
Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik operatsiyalarni yozish uchun
yetarli bo'lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha
kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi.
Mamlakat respublika budjeti daromadlarining kundalik analitik
hisobini yuritish bank muassasalariga yuklatilgan. Bank muassasalari
budjet
daromadlari tasnifining hamma b o ‘linmalari
bo‘yicha
respublika budjeti daromalarining analitik
hisobini olib boradi va har
oyda respublika budjetiga tushgan daromadlar haqida hisobotni tuzib,
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliyavazirligigataqdimetadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki hisobotiga asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma
b o ‘linmalari umumiy jami bo‘yicha «Daromadlar va
xarajatlar hisobi
uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar»da (5-mf-shakl) tugagan oy
uchun daromadlarni analitik hisobi olib boriladi. «Daromadlar va
xarajatlar hisobi uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar» (5-mf-
shakl) asosida memorial-order tuziladi, so‘ng «Bosh-jurnal» kitobiga
(1-shakl) yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: