Budjet hisobi


Budjet daromadlari hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

2.1. Budjet daromadlari hisobi
O ‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuniga 
muvofiq davlat budjeti daromadlari shakllantiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va to'lovlar amal 
qiladi:
1) umumdavlat soliqlari;
2) mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
28


Umumdavlat soliqlari tegishli budjetlar o ‘rtasida har yili budjet 
to‘g ‘risidagi qonunda belgilanadigan me’yor bo‘yicha taqsimlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
0 ‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Davlat budjetiga kelib tushgan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, 
bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar 0 ‘zbekiston Respublikasi banklari 
tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402 «Respublika 
budjeti mablag‘lari» hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Davlat budjetining 23402 «Respublika budjeti mablag‘lari» hisob- 
varag‘iga kelib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan belgilangan 
tartibda va miqdorda Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratma qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘laming 
kirim qilinganligi to‘g‘risida hisobvaraqdan ko'ehirma va ilovalar banklar 
tomonidan o‘matilgan tartibda soliq organlariga beriladi.
Jarima solish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan yuridik va 
jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan qabul 
qilinadi.
Banklar tomonidan qabul qilingan jarima summalari qonunchilikda 
belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shart- 
nomaga asosan tegishli hisobvaraqlarga o ‘tkazib beriladi. Bunda Davlat 
budjetiga o‘tkaziladigan jarima summalari Davlat budjeti daromadlar 
tasnifining «Yig‘imlar va boshqa soliq bo‘lmagan daromadlar» bo‘li- 
midagi tegishli shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Davlat budjetiga tushuvchi daromadlar, quyidagi ikkinchi tartibli 
schyotlari bo‘lgan, 04 passiv birinchi tartibli schyotda hisobga olinadi:
040 - «Budjet daromadlari» subschyoti;
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
042 - «Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan sum-
malar» subschyoti;
043 - «Mahalliy budjetga yuqori budjetning prognoz qilingan ko‘r-
satkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan 
daromadlar» subschyoti;


045 - «Maqsadli sxemalar bo'yicha mablag‘lar tushumi» sub- 
schyoti.
040-«Budjct daromadlari» subschyotida Qoraqalpog‘iston Respub- 
likasi va mahalliy budjetlarning bank muassasalaridagi hisobvaraqlariga 
kelib tushgan ulaming barcha daromadlari va vaqtincha mahalliy budjet 
daromadlariga o ‘tkazilgan summalar hamda budjet daromadlariga 
ortiqcha kelib tushgan summalami qaytarishga doir operatsiyalar hisobga 
olinadi. Bundan tashqari, daromadlarda maqsadli moliyalashtirish 
shakllari bo‘yieha kelib tushgan daromadlar va amaldagi qonunlarga 
muvofiq kelib tushgan boshqa tushumlar aks ettiriladi. Mahalliy budjet 
daromadlari hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati budjet 
tasnifining barcha bo‘limlari bo‘yicha olib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
muassasalarining ulaming bajarilganligi haqidagi bclgisi bo‘lgan to‘lov 
hujjatlarining nusxalari, mahalliy moliya organilariga yuboriladigan 
umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlar ajratmalar 
vedomosti mahalliy budjet hisobvarag‘idan ko'chirmalar bilan birga 
hamda tijorat banklari va 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
muassasalarining hisobotlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
shakllar va boshqalar budjet daromadlarini buxgalteriya hisobida qayd 
qilish uchun xizmat qiladi.
0 ‘zbekiston Respulikasi bank muassasalaridan ko'chirma olin- 
gandan so‘ng moliya organining buxgalteriya xizmati ko‘chirmaga 
ilova qilingan hujjatlami sinchiklab tekshirib chiqishi kerak. Mazkur 
budjet bo‘yicha tushgan summalami o'tkazilishi to‘g‘riligini aniqlash 
va tushgan summaning budjet tasnifining qaysi bo'linmasiga kiritilishini 
aniqlashi lozim. Kunlik tekshirilgan hujjatlar daromadlar turlari bo‘yicha 
guruhlanadi va budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy 
summalari avval bir kunda mahalliy budjet mablag‘larining asosiy 
hisobvarag‘iga tushgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga, 
so‘ngra «Daromadlar» kitobiga (5-shakl) yoziladi. Davlat soliq 
organining hisob bo‘limiga ko‘chirmaga ilova qilingan hujjatlami 
berish daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ulaming ma’lumotlari 
yozilganidan so‘ng amalga oshiriladi.


Daromadlar to‘g ‘risidagi ma’lumotnoma tuzilgunga qadar hamda 
ushbu hujjatni olganligi to‘g‘risida Davlat soliq organining hisob 
bo'yicha xodimining imzosisiz ilovalarni berish qat’iy man ctiladi. 
Oyning oxirgi kuni bo‘yicha to‘lov hujjatlari soliq organiga ulami bank 
muassasasidan olingan kuniyoq beriladi. Mazkur budjet daromadlariga 
tushgan summalarga taalluqligiga yetarli asoslar bo‘lmaganda yoki 
tushgan summa daromadlar tasnifining qaysi bo‘linmasiga o'tkazilishini 
aniqlashning imkoni boimasa, bu summalar aniqlanmagan tushumlar 
subschyotiga yoziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bank muassasalarining 
oylik hisobotiga muvofiq rcspublika budjetiga kclib tushgan daromadlar 
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 0 - « R e s p u b l ik a b u d jeti m a b l a g 'l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b - 
s c h y o ti;
K re d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d la r i» s u b s c h y o ti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy mo­
liya organlarida, bank muassasalari ko‘chirmalari asosida mahalliy 
budjetlarga tushgan daromadlar summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 011 - « M a h a ll i y b u d je t m ablagM ari d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti;
K red it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d la r i» s u b s c h y o ti.
Budjetda to‘lovlarni hisobga olish va ularni qaytarish tartibi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilanadi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning budjetga ortiqcha to'langan 
summalarining qaytarilishi bo‘yicha yozgan arizalari soliq organiga 
kelib tushadi. Soliq organi to'lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi 
m a’lumotlar asosida ko‘rsatilgan to'lov b o ‘yicha to‘lovchida ortiqcha 
to'langan summaning mavjudligi to‘g‘risida xulosa beradi va 
ko‘rsatilgan summani budjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to io v lar 
hisobiga o ‘tkazish to ‘g ‘risida qaror qabul qilish uchun to‘lovchining 
arizasi bilan birga moliya organiga yuboriladi. Soliq organida 
shaxsiy hisobvaraq yuritilmaydigan to'lovlar va soliqlar bo'yicha 
xulosa moliya organi tomonidan, shaxsiy hisobvaraq yuritilmaydigan 
to‘lovlar va soliqlarni to‘lovchi tomonidan to'lab qo‘yilganligini 
tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari asosida beriladi.
31


Moliya organi ortiqcha tushgan daromadlami to‘lovchilarga qayta- 
rilishini amalga oshiradi. Moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlangan 
amaldagi tartibga muvofiq qaytarish yoki bevosita moliya organi tasarrufida 
bo‘lgan daromadlar bo‘yicha summalami hisobga olish bo‘yicha 
xulosalami ijro etish uchun moliya organi bosh buxgalteriga beriladi. 
Budjet daromadlariga ortiqcha o'tkazilgan summalaming qaytarilishi 
uchun to‘lov topshiriqnomasini, moliya organining buxgalteriya 
xizmati hujjatlami to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirganidan so‘ng 
tayyorlaydi. Fuqarolaming soliqlar va yig‘imlarga o‘tkazgan ortiqcha 
summalarini qaytarish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida bu 
fuqarolar tomonidan maxsus ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga ortiqcha 
to‘langan summalami o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliya organining buxgalteriya xizmati daromadlarning qaytarilishi 
haqidagi xulosani 3 nusxada oladi. Xulosalar ulaming kclish tartibiga 
qarab raqamlanadi. Tegishli mahalliy budjet daromadlaridan qaytarilishi 
haqidagi xulosaning birinchi nusxasi moliya organining buxgalteriya 
xizmatida qoladi va memorial-orderga ilova qilinadi. Xulosaning ikkinchi 
nusxasi, to‘lov topshiriqnomalari bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
bank muassasalariga beriladi. Xulosaning uchinchi nusxasi to'lov 
topshiriqnomasining raqami, sanasi va summasini ko‘rsatilgan holda, 
to‘lovchilami shaxsiy hisobvaraqlariga yozish va o‘rnatilgan tartibda 
saqlash uchun ulami bergan soliq organlariga qaytariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy 
moliya organlarida, mahalliy budjet daromadlariga ortiqcha tushgan 
va mahalliy moliya organlari tomonidan to'lovchilarga qaytarilgan 
summalarga, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d it O i l - « M a h a l l i y b u d j e t m a b l a g 'l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti.
Daromadlami qaytarish budjet daromadlari tasnifining hisobga 
o'tkazilgan bo‘linmasi bo‘yicha, agar me’yoriy hujjatlar bilan boshqa 
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, amalga oshiriladi. 0 ‘tgan yili ortiqcha 
tushgan va bekor qilinishi natijasida joriy yilda tushishi ko‘zda 
tutilmagan hamda boqimanda hosil bo‘lishi va to'lovchilarda mablag‘ 
yo‘qligi natijasida joriy yilda kelib tushmagan summalar bo‘yicha 
budjetga to‘lovlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasnifining
32


12-«Yig‘imlar va har xil nosoliq daromadlar» bo‘limining 25-«Boshqa 
tushumlar» paragrafi bo‘yicha qaytariladi.
Moliya organi buxgalteriya xizmati toMovlaming har bir turi 
bo'yicha tugagan oyda tushgan va qaytarilgan daromadlar haqidagi 
ma’lumotlami har oy tegishli soliq organlari bilan solishtirib boradi. 
Tushgan va qaytarilgan to'lovlar haqidagi ma’lumotlami solishtirishda 
aniqlangan tafovutlar bartaraf etiladi. Moliya organlari tomonidan 
hisobga olinadigan davlat soliqlari va daromadlaridan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjetlarga ajratiladigan 
summalar, 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarining tegishli 
ma’lumotlari bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bank muassasalarining 
davlat soliqlari va daromadlarini budjetlar o‘rtasida taqsimlayotganda 
yo‘l qo'ygan xatolari aniqlansa, u holda moliya organi uni to‘g ‘rilash 
bo‘yicha choralar ko'rishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni ijro 
etuvchi moliya organlari, budjetga toiovlar o ‘tkazilishini bajarganligi 
bo‘yicha bank hujjatlarining nusxasi asosida daromadlarning kundalik 
hisobini olib boradilar. To‘lovlar pochtali o‘tkazmalarva to'lovchilaming 
bevosita to‘lovlari shaklida kelishi ham mumkin.
043-«Budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan ko'rsat- 
kichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan daromadlar» 
subschyotida mahalliy budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan 
ko'rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan mablag‘lar 
hisobga olib boriladi.
045-«Maqsadli sxemalar bo'yicha mablag‘lar tushumi» subschyotida 
maqsadli sxemalar bo'yicha hisob-kitoblami amalga oshirish uchun 
kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi. 045-«Maqsadli sxemalar 
bo‘yicha mablag‘lar tushumi» subschyotining kreditiga maqsadli 
sxemalar bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish uchun kelib tushgan 
pul mablag'lari summalari olib boriladi, 045-«Maqsadli sxemalar 
bo‘yicha mablag‘lar tushumi» subschyotining debetiga esa moliya 
yilining oxirida yakuniy aylanmalar sifatida 025-«Maqsadli sxemalar 
bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi» subschyotining kreditidan hisobdan 
chiqarilgan mablag‘lar summalari qayd qilinadi.
2 - Zak. 211
33



Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish