Budjet hisobi


Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy 
budjetlardan moliyalashtirish bo'yicha budjet mablag'larini uchin- 
chi daraja tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi 
buxgalteriya provodkalari tuziladi:


1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy 
budjetlardan, budjet m ablag‘larini bosh tasarruf qiluvchidan tashkilotni 
saqlash xarajatlari uchun moliyalashtirish olinganida budjet tashkilotining 
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 100 - « T ashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga q a d ar depozit 
h is o b v a ra g ‘i» subschyoti;
K redit 140 - « T ashkilot xarajatlari va b oshqa tadbirlar u chun budjetdan 
m oliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti.
2) Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat budjetidan va mahalliy 
budjetlardan, budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchidan kapital 
q o‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarga moliyalashtirish olinganida budjet 
mablag‘larining uchinchi daraja tasarruf qiluvchi (budjet tashkiloti) 
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 103 - «K apital q o 'y ilm a la r uchun talab qilib olgunga q a d ar depozit 
h is o b v a ra g ‘i» subschyoti;
K redit 143 - «K apital q o 'y ilm a la m i budjetdan m oliyalashtirishga d o ir hisob- 
k itoblar» subschyoti.
4. B U D JE T T A S H K IL O T L A R ID A P U L M A B L A G ‘LA R I H IS O B I
Budjet tashkilotlari o ‘z pul mablag‘larini bank muassasalaridagi 
depozit hisobvaraqlarida saqlaydi. Budjet tashkilotlari barcha xarajatlami 
(naqd pulsiz amalga oshirish mumkin bo‘lmaydigan xarajatlar bundan 
mustasno) banklarning muassasalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar 
y o‘li bilan to‘laydi.
Respublika budjetida turuvchi tashkilotlarda budjetdan moliya­
lashtirish b o ‘yicha berilgan budjet mablag‘larining hisobi uchun birinchi 
tartibli (sintetik) 09-«Respublika budjeti b o ‘yicha talab qilib olgunga 
qadar depozit hisobvaraqlari» schyoti tayinlangan. Bu sintetik schyot 
quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyoti;
091 - «Respublika budjeti b o ‘yicha tasarrufidagi tashkilotlarga
o ‘tkazib berish va boshqa tadbirlar uchun talab qilib olgunga 
qadar depozit hisobvarag‘i» subschyoti;


093 - «Respublika budjeti bo ‘yicha kapital qo'yilmalar uchun talab 
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyoti.
Bu subschyotlarning hammasi aktiv schyotlar hisoblanadi. Ular- 
ning debetiga budjetdan moliyalashtirish bo‘yicha berilgan budjet 
mablag‘larining summasi va budjet mablag'larini tiklashga qo ‘yilgan 
summalar yoziladi, kreditiga esa kassa xarajatlari summalari, tashki- 
lotlarga o'tkazilgan budjet mablag‘larining summalari, chaqirib olingan 
va berkitilgan budjet mablag‘larining summalari yoziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda 
turuvehi budjet m ablag‘larini tasarruf qiluvehilar pul m ablag‘larining 
hisobi uchun sintetik 10-«Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti 
va mahalliy budjetlar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvaraqlari» schyoti tayinlangan. Bu sintetik schyot quyidagi ikkinchi 
tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi:
100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit
hisobvarag'i» subschyoti;
101 - «Tasarrufidagi tashkilotlarga o ‘tkazib bcrish va boshqa tad-
birlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» 
subschyoti;
103 - «Kapital q o ‘yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvarag‘i» subschyoti.
Yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar hamda fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo ‘lgan fuqarolar 
qatnashadigan hisob-kitoblar banklaming muassasalari orqali faqat naqd 
pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Bank muassasalaridan olingan naqd pullar ular qaysi maqsadlarga 
olingan bo'lsa, faqat xuddi shu maqsadlargagina xarajat qilinadi.
Budjet mablag‘lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy 
depozit hisobvarag‘iga moliyalashtirishni kelib tushishi va tasarrufidagi 
tashkilotlariga o'tkazib berish bilan bog‘liq b o ‘lgan operatsiyalar va 
bu operatsiyalarga tuziladigan buxgalteriya provodkalari muayyan 
mavzuning avvalgi paragraflarida keltirilgan.
Budjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlarini, reja- 
lashtirilgan budjetdan moliyalashtirish natijasida kelib tushgan


m ab la g ‘lam ing tejalgan (foydalanilmagan) (kapital q o ‘yilm alarni 
moliyalashtirish uchun k o 'z d a tutilgan m ablag‘lar bundan mustasno) 
m ab la g ‘lar hisobi 
uchun quyidagi 
ikkinchi tartibli 
schyotlar 
(subschyotlar) q o ‘llaniladi:
1 1 4 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari 
mablag‘lar b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit 
hisobvarag'i» subschyoti;
134 - «Moliyaviy qo ‘yilmalar fondi» subschyoti;
215 - «Budjetdan tashqari fondlar bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
275 - «Kreditorlik qarzlarini birinchi navbatda to ‘lash uchun zaxira» 
subschyoti.
Bunda shuni hisobga olish kerakki, I guruh «Ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to 'lo v lar» b o ‘yicha tejalgan, uning chorakdagi 
oxirgi oyning ikkinchi yarm iga tegishli m ehnat haqini to'lash uchun 
m oliyalashtirilgan m ab lag ‘lar, m oliyalashtirilmaganligi sababli yoki 
budjet m ablag‘lari b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit 
h isobvarag‘idagi 
m ablag 'n in g yetmaganligi 
sababli 
olinmagan 
deponent qilingan m ehnat haqi va stipendiyalar hamda nafaqalarning 
summalari tejalgan summa, deb hisoblanmaydi va budjet tashkilotini 
rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari m ab lag 'lar b o ‘yicha talab qilib 
olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga o ‘tkazilmaydi. II guruh «Ish 
bcruvchilarning ajratm alari» b o'yicha hisoblangan, lekin o ‘tkazib 
berilm agan ish haqiga hisoblashlar hisoblangan, lekin to ‘lanmagan 
pensiyalar, vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizligi uchun to ‘lanadigan, 
bola tu g ‘ilganda beriladigan va vafot etganda beriladigan nafaqalar 
summ alari, budjet tashkilotini rivojlantirish fo n d i-b u d je td a n tashqari 
m ab la g 'la r b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga 
o ‘tkazilmaydi.
Chorakning oxirgi ish kuni tejalgan summalar va budjet m ablagiari 
b o ‘yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag‘ida qolgan 
m ablag‘lar budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari 
m ablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 
o'tkazilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) o ‘tkazilgan mablag* summasiga:


D eb et 114 - «B udjet tashkilotini rivojlantirish fondi - budje td an tashqari m a b ­
la g 'la r b o 'y ic h a talab qilib o lgunga qadar depozit h is o b v a ra g ‘i» 
subschyoti;
K redit 090 - «R espublika budjeti b o 'y ic h a tashkilot xarajatlari u ch u n talab qilib 
olgunga qadar depozit h is o b v a ra g 'i» subschyoti 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish