Buddaviylik va xristiandini tarixi va falsafasi


Xristianlikdagi asosiy oqimlar



Download 95,25 Kb.
bet7/12
Sana23.05.2022
Hajmi95,25 Kb.
#608407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BUDDAVIYLIK VA XRISTIANDINI TARIXI VA FALSAFASI

4.4.Xristianlikdagi asosiy oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va Sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.
XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lYuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari Shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi.
1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning Sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va Shakllandi. Bu oqim asosan SHarqiy Evropa, YAqin SHarq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi Yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada Shakllandi, chunki bu yo‘nalish u erdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, Shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari uShbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning SHarqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, PolSha, CHexoslovakiya, Amerika cherkovlari Shakllangan.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. CHerkov ta’limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi.
CHo‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi.
Badanga eleyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi Shundaki, dindor o‘z gunohlarini din peShvosi oldida tan oladi, din peShvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu Shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun episkopning qo‘lini o‘Sha Shaxs badaniga tegizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga oshiriladi.
Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslaviyasining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin.
BuYuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may oyining birinchi yakShanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan avval o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog‘liq bo‘lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.
Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug‘ilishi, Sretenie, Isoni cho‘qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga ko‘tarilishi, Blagoveùanie (Injilning nozil bo‘lishi), Rojdestvo Bogorodisû (Isoning xochga osilishi) va hakozo.

Download 95,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish