Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Flora Inoyatova mamlakatimizda yangi avlod pediatr-gepatologlar ilmiy maktabini yaratgan atoqli olimadir. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiy markazi gepatologiya bo‘limining rahbari sifatida Flora Inoyatova zamonaviy o‘zbek tibbiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Atoqli oli- maning jigar sirrozini davolash bo‘yicha yaratgan ilmiy tadqiqotlari dolzarbligi, keng qamrovliligi, sog‘liqni saqlash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Uning kashfiyotlari Rossiya, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. Akademik Flora Inoyatova O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika sohasi bo‘yicha 1- darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Hulkar Hamroyeva
Odob – inson ziynati. Bu ziynat insonning axloqiy xislatlarida namoyon bo‘ladi.
Kamtarlik – insonning o‘z atrofidagilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatda ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydigan axloqiy xislat. Kamtar inson boshqalarni hurmat qiladi, izzattalab bo‘lmaydi, muvaffaqiyatlaridan kibr-u havoga berilmaydi, maqtan- choqlik qilmaydi.
Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab kelishgan, „Kamtarga ka- mol – manmanga zavol“ maqoli bekorga aytilmagan. Kibr-u havo –kamtarlikning aksi bo‘lib, insonning o‘ziga, o‘z qobiliyatiga ortiqcha baho berishi natijasida namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘rinda Kaykovusning
„Qobusnoma“ asarida o‘g‘li Gilonshohga aytgan pand-nasihatlari be- qiyos ahamiyatga egadir: „Men dunyoda nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat-ikrom ko‘rgizgaysan va insonga nomunosib hayvoniy-hirsiy ishlarni qilmagaysan, padaringga la’nat keltirmagaysan“.
O‘zbek xalqi qadimdan mehmondo‘stligi bilan mashhur. Meh- mondorchilikning o‘ziga xos an’ana va udumlari bor. O‘zini hurmat qilgan mezbon va mehmon bularga rioya qiladi.
Mehmondorchilikda „Mehmon – otangday ulug‘“ degan hikmatga amal qiladi.
Mehmonlarga izzat-hurmat ko‘rsatiladi. Mehmon ham shunga yarasha odob bilan ish tutadi. Dasturxon atrofida qo‘pol so‘zlar aytilmaydi, baland ovozda gapirilmaydi. Shirin muomala bilan suhbatlashadilar. Mehmon nojo‘ya xatti-harakatlar qilmasligi, dasturxonga qo‘yilgan ne’matlarga hadeb qo‘l cho‘zmasligi lozim. Uzoq vaqt mehmon bo‘lib turish odob qoidasiga ziddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |