Mehnat darslarida qirqib applekatsiya usulida yasatasiz.
Yo’l harakati darslarida bolalarga yo’ldan o’tish qoidalari, qaerlardan o’tish mumkin. Qaerlardan o’tish mumkin emasligini tushintirishda foydalanasiz.
Matematika darsida esa vaqt, tezlik va masofani o’rgatishda foydalanasiz.
Tabiat darsida esa mashinadan tarqalayotgan gazning zararlarini tushuntirish maqsadida qo’llaysiz.
Bu ko’rgazma ikkinchi sinfning ikkinchi yarmida keng qo’llaniladi. Bola lola yasamoqchi bo’lib ko’paytirishni o’rganib oladi. Lolalar rangi uch rangda berish mumkin och qizil va sariq rangda. CHunki bizning mamlakatimizda lola uch xil rangda ochiladi. Poyasi doim bir xil yashil rangda bo’ladi. Yuqorida berilgan ko’rgazmani bir joyidan qirqib kirib yana o’sha joydan chiqilsa, eskiz qoladi. Undan bemalol andoza sifatida foydalanish mumkin.
A norzordan beso’roq
Anor uzibdi Abror.
Bog’bon uning ishidan,
Xabar topibdi darhol.
Baxorda bobom bilan,
Bog’ga bodom ektirdik.
Buloq boshiga borib,
Tagiga suv keltirdik.
D aftaring toza bo’lsa,
Xating kulib turadi.
Sening qandayligingni,
Undan bilsa bo’ladi.
E kinzorda Erkinjon
Echkilarni boqadi.
Kechga borib onasi,
Bir chelak sut sog’adi.
Filning katta qulog’i,
O’xshaydi yelpig’ichga.
Agar sichqonni ko’rsa,
Nafasin yutar ichga.
Gulzordagi atirgul,
Go’zal bo’lib ochildi.
Uning xushbo’y hidlari,
Hovlimizga sochildi.
H andalak xushbo’y hidi,
Dimog’ingni yoradi.
SHirasi juda o’tkir,
Tomog’ingni oladi.
I lhomjon inni yasab
Daraxtga ilib qo’ydi.
Qushlar minnatdor bo’lib,
Inga ko’p tuxum qo’ydi.
J o’jalarim chiroyli
Ola-chipor, sap-sariq,
O’sib ulg’aysin deya,
Kunda sepaman tariq.
K o’klamda gulzorimda,
Uchib yurar kapalak.
Guldan-gulga qo’nadi,
Kapalak juda halak.
B ahor kelsa tog’larda,
Ochar lola yuzini.
Lov-lov yonib borliqqa,
Ko’z-ko’z qilar o’zini.
M oshxon sichqon inidan
CHiqishini kutadi.
Bilmayin chiqib qolsa,
Miyovlaydi, tutadi.
M evalarning ichida,
Nokning ta’mi o’zgacha.
Nokimizning pishishin,
Biz kutamiz kuzgacha.
O lmazordan Oltinoy,
Olma terib kelibdi.
Olib-olib saralab,
Oydinoyga beribdi.
Oltindan ham qimmatli,
Oq paxtamiz, tolamiz.
CHunki undan kiyim bosh,
SHyolxa va yog’ olamiz.
Q obiljon ovga borib,
Ola quyon otibdi.
Quyonni quva-quva,
Rosa terga botibdi.
K atta bo’lib ulg’ayib,
Raketada uchgim bor.
Oshib dengiz tog’lardan,
Keng samoni quchgim bor.
Salima soat olib
Sobirga qildi sovg’a.
U soat jiringlasa,
Uyqudan turar zo’rg’a.
T o’lanboyning tovug’i
Yaxshi gapni uqadi.
Vaqtida don suv bersa,
Kunda tuxum tug’adi.
Ishkomda pishgan uzum
Bizga kulib boqadi,
Uning yoqimli taьmi,
Hammamizga yoqadi.
V ali yasagan varrak
Osmonga uchib ketdi.
Eng yuksakda uchayotgan,
Burgutdan o’zib ketdi.
Xo’rozim qichqirganda
Tong otganin bilaman.
Maktabga kech qolmay deb,
Tez harakat qilaman.
Yo’ldoshali o’rmonda
Yo’lbarsni ko’rib qoldi.
U qo’rqdi, yo qo’rqmadi,
Joyida turib qoldi.
Z iyrak qiz Zebuniso
Ko’zada suv keltirar.
Bu esa uning juda
Ziyrakligin bildirar.
Do’stim G’ani uyida
D on sepib boqadi g’oz.
Uning go’shti, tuxumi
Bizga juda ma’qul, soz.
D adam bilan tuproqqa
Mehr-la ekdik sholg’om.
Kimki uni ko’p yesa,
Doim bo’ladi sog’lom.
C Hoynak o’zidan kichik
Piyolaga egilar.
Bu esa uning juda
Kamtarligin bildirar.
P olizlarda pishibdi
Yam-yashil to’nli bodring.
Bizning polizga kelib
Ta’mini totib ko’ring.
O’rikning pishganini
Quritsak qoq bo’ladi.
Turshakni kim ko’p yesa,
Albatta sog’ bo’ladi.
HARFLARNI YoZISH SIRLARI
Harflarning yozilishi misoli dur
yozganimda qo’llarimga qarab tur.
Bir–biridan naqshinkor har birlari,
O’zgachadur har birining sirlari.
A
ri uchdi havoda
kelib qo’ndi bir gulga.
sharbat olib savatga
soldi uni iniga.
Boqqa borib behi uzdim
Boshi bilan bog’lab qo’ydim.
Damin aka dalada
Dam olibdi soyada
yopinchig’i qo’lida
Davom etar yo’lida.
Echki o’tloq, qir kezib,
Katta yo’lga chiqibdi.
Yo’l chetidagi ko’ldan
Miriqib suv ichibdi.
Fil fontanda cho’mildi
faqat yarmi ko’rindi.
Belida bor belbog’i,
to’rtta uning tuyog’i.
Gulchi gulzor aylanib,
erga urug’ qadadi.
Mehnat tagi rohat deb,
Gulga mehr bog’ladi.
H
alinchak ho halinchak,
osib quydim belanchak.
U aylanar havoda.
Orom olsin Ziyoda.
Men ketaman piyoda,
Yurishim konu foyda.
Ilon inidan chiqib,
Atrofga bir qaradi.
ovqat topolmagach jim,
Tuproqqa yonboshladi.
Juja tuxumdan chiqib,
erdan chuvalchang izlar.
tumshug’ida chuvalchang,
onasiga yugurar.
Tap – tap etib koptogim,
sakraydi ko’kka.
Sekingina ushladim.
Bo’yni uzun laylakvoy,
Bir oyoqda turadi.
Xavf xatarni sezsa gar,
Sekingina yuradi.
Mushuk sichqonni ko’rib,
Asta yotib poyladi.
Sezdi, epchil sichqoncha,
Mushuk uni quvladi.
M
en tayoqcha kelishgan,
Ilgaklarim yonimga.
Saf tortamiz bo’ylashib,
Barcha bilan do’stlashib.
Nodir chiqdi narvonga,
Yiqilib tushdi ayvonga.
Og’riqdan oyoq bilan
sakrab chiqdi u tomga.
Oymomomiz osmonda
Aylanar rosa.
Oymomojon, ketmagin,
deydi dangasa.
Parpining piyolasi
Polga tushibdi.
To’ntarilgan piyola,
Boshga chiqibdi.
Tut bargini poyasida
pilla qurt, ipak o’radi.
Pillasini boshga qo’yib,
Rosa uxladi...
Xo’ppa semiz qovoqvoy
Dumi ham bor hoynahoy.
Rasul olib taxtani
Aylantirdi randani.
Ilmoqcha qo’yib romga
Sovg’a qildi Bahromga
Ra’no raqsga tushsa
Ro’moli boshda.
Ro’molining chiroyi
ilmoqli qoshda.
Samolyotlar havoda
Uchib yurar samoda
O’lkam bag’ri bepoyon
Biz vatanga mard polvon.
Tarvuz tushdi dumalab
Jo’yaklarda oralab.
Boshida qalpoqchasi
Dehqon turar saralab.
Katta ilgak savatli
Belbog’i bor davlatli.
Bog’bon bobo Musurmon
Uzum uzdi saralab,
Uzumlarni asalari
Ketmoqda- da yaralab
Valining varragi yerga quladi,
Varrakka dum qani, Vohid so’radi.
Birgalashib dumni qo’ydilar.
Varrakni uchirib mazza qildilar.
Yuqori-yu pastda ham,
Bordir to’rtta ilmog’im.
do’stimga xabar bersam
Rosa chog’dir dimog’im.
Yo’lbarscha ovga chiqib,
Kiyik ketidan quvdi.
Epchil, chaqqon ohuga
Etolmay, afsus qildi.
Zag’cha zoldirni topib,
Quvonchidan sayradi.
Og’zidagi zoldiri
erga tushib nishladi.
O’quvchining bosh harfi
Misli oydek dumaloq
Xuddi Olim magistrdek
kiyib olgan u qalpoq.
G’ildiragi aylanar,
Tekis yo’lga shaylanar.
Manzilga borib qaytar
G’ir – g’ir qushig’in aytar.
SHamol kabi aylanib
Kelib qundi u yerga
Rosa sakrab havoda
Pishib ketdi u terga.
Kelin misol egilar,
CHoynakning bosh harfi.
Yonida kuyov turar,
Belin bog’lab g’o’ddayib.
Bitta bir tayoq
Yonida ilmoq
Yarim doira
O’zing bir qara.
Orgami o’yini
Dunyodagi eng qadimiy o’yinlardan bo’lgan. Orgami o’yinini xitoyliklar kashf etishgan. Bu o’yinda quyidagi geometrik tavirdagi shakllarni o’quvchilar sanab nechta geometrik shakl mavjud. Yana qancha shakl hosil qilish mumkinligini aytishlari orqali biz geometr shakllarni farqlashni va hosil qilishni o’rgatamiz. SHu bilan bir qatorda har xil rasmlar hosil qilish mumkin. Mehnat va matematika darslarida keng qo’llash mumkin (ilova qilib ko’rsatilgan).
1- ilova
2- ilova
3- ilova
Bu esa o’quvchilardan katta aqliy mehnatni talab qiladi va ulardagi intellektual salohiyatning oshishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |