Chunki u shunchalar zaif, nochorki!
Soddaligini
aytmaysanmi? 0 ‘zini himoya qilmoqqa to ‘rttagina
arzimas tikanidan boshqa narsasi yo‘q...
Men ham qumga muk tushdim, oyoqlarimdan
mador qochib, chalishib ketmoqda edim.
— Mana... tamom endi... — dedi u.
Bir lahza tek qoldi-yu, so‘ng o‘midan turdi. Bir
qadam ilgari bosdi...
Men esa hamon joyimdan qo‘zg‘alolmas edim.
Oyoqlari ostida go‘yo sariq yashin chaqnagandek
bo‘ldi, bir daqiqa qotib qoldi. Yig‘lamadi, bo‘zlamadi.
So'ng xuddi boita urilgan daraxtdek ohista quladi: na
bir sharpa, na bir sas... Illo,
qum zarralari tiq etgan
tovushni ham yutib yuboradi-da.
XXVII
Mana, o‘shandan buyon olti yil o‘tdi... Hanuzgacha
bu haqda biror kimsaga churq etib og‘iz ochganim
yo‘q. Qaytib kelganimda, do‘stlarim meni tag‘in eson-
omon ko‘rib sevindilar, biroq ko‘nglim benihoya g‘ash
edi, so‘ragan odamga:
— Charchabman shekilli... — deb qo‘ya qolardim.
Lekin, asta-sekin bari bir yupana boshladim.
Batamom emas, albatta. Biroq shu narsani yaxshi
bilamanki, u o ‘z sayyorasiga qaytib ketgan,
chunki
tong yorishgach, qum ustida jasadini ko‘rmadim. Uning
jismi unchalik og‘ir ham emasdi-da.
Kechalari yulduzlarga quloq tutib o ‘tirishni yaxshi
ko‘raman. G o‘yo besh million qo‘ng‘iroq shodumon
jiringlayotgandek...
Lekin, buni qarangki, qo‘zichoqqa no‘xta chizib
berayotganimda, tasmachasini unutgan ekanman. Endi
Kichkina shahzoda uni qo'zichoqqa taqa olmaydi. Shu
bois goh-goh o ‘zimdan so‘rayman: uyoqda, do‘stim-
ning sayyorasida ahvol qalay ekan? Tag‘in qo‘zichoq
gulni yeb qo‘ygan bo‘lsa-ya?
Ba’zan esa o‘zimga o‘zim: «Yo‘g‘-e, unday emasdir!
Kichkina shahzoda kechasilari feruza gulni shisha qalpoq
bilan yopib qo‘yardi, qo‘zichoqqa ham ko‘z-quloq
bo‘lib tursa kerak»,
deb taskin beraman-u, birdan qu-
vonib ketaman. Shunda yulduzlar ham ohista jilmayib
kulayotgandek tuyuladi.
Gohida esa: «Ba’zan nimadir xotirdan faromush
bo‘ladi-ku, axir... Unda, har balo ham bo‘lishi mum-
kin! Bordi-yu, Kichkina shahzoda bir kuni shisha qal-
poqni esidan chiqarib qo‘ysa yo qo‘zichoq kechasi
sezdirmay qutichasidan chiqib ketib qolsa-ya...» deb
o‘ylayman vahimaga tushib. Shunda osmondagi qo‘n-
g‘iroqlarim ham unsizgina yig‘layotgandek tuyuladi...
Bulaming barchasi allanechuk aql bovar etmay-
digan sirli hodisalardir. Aminmanki, sizga ham, Kich
kina shahzodani yaxshi ko‘rib qolgan boshqa har
qanday
odamga ham, xuddi men kabi, koinotning
allaqaysi burchagida biz hech qachon ko‘rmagan bir
qo‘zichoq bizga notanish bir gulni yeb qo‘ygan-qo‘y-
maganini aslo bari bir bo‘lmasa kerak; dunyoning
ko‘zimizga qanday ko‘rinishi ana shunga juda-juda
bog‘liq...
Boshingizni ko‘tarib, bepoyon osmonga boqing.
So‘ngra o‘zingizdan: « 0 ‘sha feruza gul omon bormikan?
Bordi-yu qo‘zichoq uni yeb qo‘ygan bo‘lsa-ya?» deb
so‘rang. Ana shunda ko‘rasiz — olam ko‘z o ‘ngingizda
butkul boshqacha jilvalana boshlaydi...
Va birorta katta
odam buning qanchalar muhim
ekanini hech qachon tushuna olmaydi!
89